O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Naqd pulsiz shakldagi pul muomilasining asosiy uch turi mavjud



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   161
Moliya huquqi

Naqd pulsiz shakldagi pul muomilasining asosiy uch turi mavjud 
bo‘lib, bularning 
birinchisi 
– bu yuridik yoki jismoniy shaxsning 
bankdagi (boshqa kredit muassasasidagi) hisob raqamidan boshqa yuridik 
yoki jismoniy shaxsning shu bankdagi yoki boshqa bankdagi (kredit 
muassasasidagi) hisob raqamiga ma’lum bir pul summasini o‘tkazish 
to‘g‘risidagi ko‘rsatmasidir.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar o‘z mablag‘larini banklarda yoki 
boshqa kredit muassasalarida ochilgan hisob raqamlarda (hisob-kitob, 
joriy va hisob raqamlarda) saqlaydilar. 
Hozirgi vaqtda naqd pulsiz shakldagi to‘lovlarni amalga oshirishda 
elektron qurilmalardan keng foydalanilmoqda. Bu elektron qurilmalari-
ning qulaylik tomonlari shundaki, ular yordamida nafaqat bir hudud 
miqyosida, balki butun mamlakat, hatto xalqaro makonda hisob-kitoblar 
to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar qisqa muddatlarda beriladi. 
Boshqa davlatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham naqd pulsiz 
shakldagi pul muomilasidan foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilishi lozim. 
Chunki, naqd pul muomilasida pul birliklari (banknotlar va tangalar) 
yaroqsiz holga kelishi (eskirishi) mumkin va ularni yangisi bilan 


253
almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, naqd pul birliklarini 
(banknotlar va tangalarni) inkassatsiya qilish, saqlash va tashish 
qo‘shimcha xarajatlarni talab etadi. Naqd pulsiz shakldagi hisob-kitoblar 
esa, bunday kamchiliklardan holidir. Naqd pulsiz shakldagi hisob-
kitoblarning tannarxi banknotlar va tangalar muomilasining tannarxiga 
qaraganda katta emas. Shu sababli davlatlar – ba’zi bir naqd pul 
ishtirokidagi harakatlarni amalga oshirishni taqiqlab, naqd pulsiz 
shakldagi hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yadilar. 
Naqd pulsiz shakldagi to‘lovlarni amalga oshirish bir qancha 
me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Asosiy me’yoriy hujjat – bu 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998-yil 20-apreldagi 60-
sonli qarori bilan tasdiqlangan «Naqd pulsiz shakldagi hisob-kitoblar 
to‘g‘risida»gi nizomdir. Bu nizomda hisob-kitoblarni amalga oshirish 
tartibi, muddatlari va boshqalar ko‘rsatib o‘tilgan. Nizomga ko‘ra, naqd 
pulsiz shakldagi hisob-kitoblarning tashkiliy-texnik va texnik-huquqiy 
ko‘rinishlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladi. 
Bundan tashqari, naqd pulsiz shakldagi to‘lovlar O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-iyuldagi 356-sonli 
«Muomiladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar 
to‘g‘risida»gi hamda 1995-yil 26-yanvardagi 21-sonli «Xalq xo‘jaligida 
hisob-kitoblarni normalllashtirish, ularning o‘z vaqtida amalga oshirilishi 
uchun mas’uliyatni oshirish va to‘lov intizomini mustahkamlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari bilan ham tartibga solinadi.
Naqd pulsiz shakldagi pul muomilasining 
ikkinchi turi 
bu veksellar 
va boshqa shunga o‘xshash pul majburiyatlari yordamida hisob-kitob 
qilishdir. 
Veksellar ularda ko‘rsatilgan muddat kelganda veksel beruvchi 
muayyan pul summasini veksel egasiga (veksel oluvchiga) so‘zsiz 
to‘lashi lozim bo‘lgan majburiyatdan guvohlik beruvchi qimmatli 
qog‘ozdir. 
Veksellar xazina va tijorat veksellariga, oddiy va yuboriladigan 
veksellarga bo‘linadi. 
Veksellarni chiqarish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan 
birgalikda belgilaydi. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz shakldagi pul 
muomilasida veksellarning qo‘llanilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan. 


254
Naqd pulsiz shakldagi pul muomilasining 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin