O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   161
Moliya huquqi

Plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar 
qonunchilikda nazarda tutilgan 
naqd pulsiz hisob-kitoblarning nisbatan yangi shakli bo‘lib, jahon 
amaliyotida keng qo‘llaniladi. Plastik kartochka hisob-kitob hujjati sifatida 
bank tomonidan chiqarilgan alohida to‘lov vositasi bo‘lib, tegishli bankda 
varaqcha egasining hisobvarag‘i mavjudligini tasdiqlaydi va unga tovarlar
ishlar yoki xizmatlarni naqd pul to‘lamay turib, olish huquqini beradi.


269
Plastik kartochkalar bir tomondan – jismoniy shaxslar, yuridik 
shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan, ikkinchi tomondan – 
yuridik shaxslar yoki tovarlarni realizatsiya qiluvchi, ish bajaruvi yoki 
xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar o‘rtasidagi naqd pulsiz hisob-
kitoblarni amalga oshirishda, shuningdek, naqd pullarni berish punktlari 
va bankomatlarda naqd pullarni olish uchun qo‘llaniladi.
Vakolatli banklar xalqaro plastik kartochkalarni chiqarishi va xizmat 
ko‘rsatishi mumkin, bunda ular xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzilgan 
shartnomalar hamda «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi nizomga 
muvofiq ravishda operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga rioya 
qilishlari shart.
Plastik kartochkalar bo‘yicha hisob-kitoblar ularga xizmat ko‘rsatish 
shartnomasiga asosan amalga oshiriladi. Qonunchilikda bunday sharnoma 
majburiy shartlari ro‘yxati belgilab berilgan. Ularga tomonlar nomi
shartnoma predmeti, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda 
javobgarligi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, shartnoma amal 
qilish muddati va uni buzish shartlari, nizolarni hal etish tartibi
tomonlarning yuridik manzillari kiradi.
Qonunchilikda plastik kartochkani personalizatsiyalashda rioya 
etilishi majburiy bo‘lgan qoidalar bor. Xususan, bu rekvizitlarning aniq 
to‘plamiga aloqador bo‘lib, ular plastik varaqchada majburiy ravishda 
mavjud bo‘lishi lozim. Qonunchilikda bunday rekvizitlarga quyidagilar 
kiritilgan:
a) identifikatsiyalangan ma’lumotlar (karta nomeri seriyasi va 
boshq.);
b) emitent bank (plastik kartochkalar chiqargan bank)ning kodi;
d) kartochka egasi hisobvarag‘i nomeri va shaxsiy ma’lumotlari 
(tashkilot nomi);
ye) kartochkaning amal qilish muddati. 
Plastik kartochkalardan foydalanib, operatsiyalarni amalga oshirish 
vaqtida tuzilgan hujjatlar rekvizitlarida tomonlar bilan kelishib olingan 
belgilar mavjud bo‘lib, ular plastik kartochkalar va bank hisobvaraqlari 
rekvizitlari o‘rtasidagi, shuningdek, korxonalar identifikatorlari, naqd 
pullarni berish punktlari, bankomatlar va korxonalarning bank 
hisobvaraqlari o‘rtasidagi muvofiqlikni to‘g‘ri belgilash uchun imkon 
beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin