O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   161
Moliya huquqi

qoplangan (deponentlangan), 
qoplanmagan (kafolatli), chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan 
akkreditivlar. 
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv 
ochilayotganida emitent 
bank uni ochish vaqtida mijozning o‘z mablag‘larini yoki unga berilgan 
kreditni ijrochi bank ixtiyoriga emitent bank majburiyati amal qilgan 
barcha muddatga o‘tkazishi shart. 
Qoplanmagan akkreditiv 
ochilayotganida emitent bank ijrochi bankka 
ijrochi bankda yuritilayotgan emitent bank hisobvarag‘idan akkreditiv 
barcha summasini hisobdan chiqarish huquqini beradi. 
Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar chaqirib olinadigan va 
chaqirib olinmaydigan bo‘lishi mumkin. Uning matnida bunday 
ko‘rsatma yo‘q bo‘lsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.
Chaqirib olinadigan akkreditiv 
emitent bank tomonidan mablag‘larni 
oluvchini oldindan xabardor qilmasdan turib, o‘zgartirilishi yoki bekor 
qilinishi mumkin. Akkreditivni chaqirib olish mablag‘larni oluvchi oldida 
emitent bank zimmasiga yuklanishi mumkin bo‘lgan hyech qanday 
majburiyatlarni yuzaga keltirmaydi. Chaqirib olinadigan akkreditiv 
shartlarining o‘zgarishi to‘g‘risidagi barcha farmoyishlarni to‘lovchi 
mablag‘larni oluvchiga faqat emitent bank orqali berishi mumkin, u 
mablag‘larni oluvchi bankiga (ijrochi bank), bu bank esa mablag‘larni 
oluvchiga xabar beradi. Ijrochi bank (agar bu vaqtda u akkreditiv 
shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risida xabar olmagan bo‘lsa) 
chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘yicha to‘lovlarni va boshqa 
operatsiyalarni amalga oshirishi lozim. 
Chaqirib olinadigan akkreditivdan farqli ravishda
chaqirib olin-
maydigan akkreditiv 
uning foydasiga ochilgan bo‘lib, mablag‘larni 
oluvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 
Ijrochi bank emitent bank bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan 
akkreditivni tasdiqlashi mumkin.


267
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblarning amal qilish muddati va tarkibi 
pul mablag‘larini to‘lovchi va oluvchi o‘rtasidagi shartnomada 
belgilanadi, unda quyidagilar mavjud bo‘lishi shart: emitent bank nomi, 
mablag‘larni oluvchini akkreditiv olish to‘g‘risida xabardor qilish usuli
akkreditiv bo‘yicha mablag‘larni olish uchun oluvchilar tomonidan 
taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi, tovarlar 
yuklab jo‘natilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan, ish bajarilgan)idan keyin 
hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yilgan 
talablar.
Akkreditivni ijro etish uchun mablag‘larni oluvchi akkreditiv muddati 
tugaguniga qadar akkreditiv barcha shartlarining bajarilishini tasdiqlovchi 
hujjatlarni ijrochi bankka taqdim etishi kerak. Akkreditiv shartlaridan 
hyech bo‘lmasa, bittasi bajarilmagan taqdirda, u bo‘yicha hisob-kitoblar 
amalga oshirilmaydi. Akkreditivning yopilishi oluvchi uchun noxush 
bo‘lgan muayyan oqibatlarga olib kelishi (masalan, tovarlarni yetkazib 
bergani uchun mablag‘ olish kafolatidan uni mahrum etishi) mumkinligi 
sababli qonunchilikda akkreditivni yopish uchun asoslar ro‘yxati nazarda 
tutilgan. 
Akkreditivni yopish to‘g‘risida ijrochi bank emitent bankka xabar 
beradi. Foydalanilmagan summa to‘lovchi bankining mablag‘lar depo-
nentlangan hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Akkreditiv to‘liq ishlatilmagan va 
emitent bankka qaytarilgan holda, mablag‘lar qoldig‘i to‘lovchining talab 
qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Tijorat banki hisob-kitob cheklari bilan hisob-kitoblar.
Tijorat banki 
hisob-kitob cheki mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka chek 
beruvchining hisobvarag‘idan chek egasi hisobvarag‘iga mablag‘lar 
muayyan summasini to‘lashni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriq-
nomasidan iborat.
Amaldagi qonunchilik bo‘yicha naqd pulsiz hisob-kitoblarning 
bunday shakli jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) bilan 
yuridik shaxslar o‘rtasida tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun faqat o‘zaro 
munosabatlardagina qo‘llanishi mumkin.
Chek berilayotganida bank jismoniy shaxsning arizasiga muvofiq 
balans hisobvarag‘i – «Jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha 
depozitlari»da chek summasiga alohida ikkilamchi shaxsiy hisobvaraq 
ochadi va chekka faqat shu hisobvaraqdan haq to‘laydi. Chek jismoniy 
shaxsning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida mavjud bo‘lgan 
mablag‘lar yoki u tomonidan kiritilgan naqd pullar hisobidan beriladi.


268
Chek ikki qismdan iborat: chekning o‘zi va uning koreshogi (milki). 
Koreshokda chekda ko‘rsatilgan summani tasdiqlash uchun mo‘ljallangan 
nazorat raqamlari bo‘ladi.
Chekning amal qilish muddati tijorat banklari tomonidan mustaqil 
belgilanadi. Agar chekning amal qilish muddati tugashi bilan u bankka 
taqdim etilmagan bo‘lsa, chek summasi maxsus balans hisobvarag‘ida 
hisobga olinadi. Chekning amal qilish muddati tugashi bilan uning egasi 
bankka murojaat qilsa, bank chek egasining pasporti (yoki uning o‘rnini 
bosadigan boshqa hujjati) mavjud bo‘lgan holda, to‘sqinliksiz chekni 
qabul qiladi va so‘ndiradi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida nizom cheklarni to‘lash tartibi, 
hisob-kitob cheklarini qabul qilish funksiyalari zimmasiga yuklatilgan 
bank xodimlarining majburiyatlarini qat’iy tartibga soladi. 
Amaldagi qonunchilik bo‘yicha, agar sotilayotgan tovar, bajarilgan 
ish, ko‘rsatilgan xizmat qiymati chek summasidan past bo‘lsa, chek egasi 
bo‘lgan tashkilot chek summasidan 25 foizgacha bo‘lgan miqdorda naqd 
pul bilan qaytim beradi. 
Tovarlar, ishlar va xizmatlarga haq to‘lash uchun qabul qilingan 
cheklar chek egasi bo‘lgan tashkilotlar tomonidan ularga xizmat 
ko‘rsatuvchi bank muassasasiga inkassatorlar orqali belgilangan tartibda 
pul tushumi bilan birga topshiriladi. 
Chek muddatidan qat’i nazar, notarial tasdiqlangan tegishli hujjatlar 
mavjud bo‘lgan holda, merosxo‘rlar yoki ishonchli shaxslar tomonidan 
taqdim etilishi mumkin. Chek tekshirilgach, bank boshqaruvchisi va bosh 
buxgalteri uni so‘ndirish uchun ruxsat beradi. 
Foydalanilmagan chek taqdim etilgan vaqtda, taqdim etilgan 
chekning asl yoki asl emasligi tekshiriladi, chek berilishiga asos bo‘lib 
xizmat qilgan hujjat bo‘yicha chek egasining shaxsi tasdiqlanadi, 
foydalanilmagan chek summasi esa, chek egasining depozit hisob-
varag‘iga o‘tkaziladi.
Qonunchilik bo‘yicha chek yo‘qotilgan bo‘lsa, bank ushbu chek 
bo‘yicha mablag‘larni hisobdan chiqarish uchun javobgar bo‘lmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin