O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161
Moliya huquqi

Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar 
naqd pulsiz hisob-kitoblar shakli 
bo‘lib, unga muvofiq bank to‘lovni oluvchining inkasso topshiriqno-
masiga asosan uning nomidan va uning hisobidan to‘lovchidan to‘lov 
yoki aksept (to‘lovni amalga oshirish uchun roziliknoma) olish bo‘yicha 
harakatlarni amalga oshiradi. Mijozdan inkasso topshiriqnomasini olgan 
bank 
emitent 
deb ataladi. To‘lovchiga to‘lovni amalga oshirish yoki 
aksept to‘g‘risida bevosita talab qo‘yuvchi bank 
ijrochi bank 
hisoblanadi. 
Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar, ilgari qayd etilganidek, to‘lov 
talabnomasi, inkasso topshiriqnomasi yordamida mablag‘larni so‘zsiz 
hisobdan chiqarish uchun amalga oshirilishi mumkin. Boshqa 


263
mamlakatlar hisob-kitoblar amaliyotida pul-hisob-kitob hujjatlarining 
veksellar va cheklar kabi turlaridan ham foydalaniladi. 
To‘lov talabnomasi –
mablag‘larni oluvchi tomonidan emitent 
bankka jo‘natiladigan va to‘lovchiga muayyan summani ijrochi bank 
orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. 
Bunday talab yuklab jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan 
xizmatlar uchun hamda tomonlar shartnomasida nazarda tutilgan boshqa 
to‘lovlar bo‘yicha qo‘yilishi mumkin.
To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar to‘lovchining aksepti 
bilan ham, uning akseptisiz ham amalga oshirilishi mumkin. Aksept bilan 
to‘lanadigan talablar to‘lov summasi to‘lovchisi tomonidan aksept (tan 
olish) mavjud bo‘lgan holda qondiriladi.
To‘lov talabnomasi aksepti muddati to‘lovchi bank tomonidan 
belgilanadi va qonunchilik bo‘yicha quyidagicha tuziladi:
a) talab kelib tushgan kun hisobga olinmagan holda uch ish kuni – bir 
shahar hisob-kitoblarida;
b) besh ish kuni – boshqa shaharlar mijozlari uchun;
d) o‘n kungacha – to‘lovchining asoslab berilgan iltimosnomasi 
bo‘yicha.
Aksept bilan to‘lanadigan talabnoma nusxasi bankka kelib tushgan 
kundan keyingi kundan kechiktirilmagan holda to‘lov vakiliga topshirilib, 
1-kartoteka – «To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari»ga 
joylashtiriladi.
To‘lovchi belgilangan muddatda bankka aksept to‘g‘risidagi belgi 
bilan talabnomani qaytarishi shart. Agar to‘lovchi aksept uchun 
belgilangan muddatda o‘zining roziligi yoki to‘lovni to‘liq yoxud qisman 
rad etishi to‘g‘risida ma’lum qilmagan bo‘lsa, talabnoma bank tomonidan 
umumiy tartibda akseptlanadi va mablag‘lar to‘lovchi hisobvarag‘idan 
oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
To‘lovchining depozit hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan 
taqdirda, to‘lov talabnomasi 2-kartoteka – «Muddatida to‘lanmagan hisob-
kitob hujjatlari»ga joylashtirilib, 3 kun davomida oluvchining bankiga 
majburiy tartibda xabarnoma jo‘natiladi. To‘lov talabnomasini to‘lash ushbu 
holda mablag‘larning kelib tushish darajasiga qarab qonunchilikda 
belgilangan to‘lovlar navbati hisobga olinib, amalga oshiriladi. To‘lovchining 
depozit hisobvarag‘ida mablag‘lar yetishmagan taqdirda, bank talabnoma 
bo‘yicha qisman haq to‘lab, qolgan summa talabnomasi qisman to‘langan 
summa ko‘rsatilib, 2-kartotekaga joylashtiriladi.


264
To‘lovchiga akseptdan qisman yoki to‘liq bosh tortish huquqi 
berilgan bo‘lib, bunda u rad etish sababi ko‘rsatilgan yozma xabarnomani 
o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka albatta jo‘natishi shart. Bunday rad 
etish to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasi aksepti uchun qonunchilikda 
nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi. To‘lov talabnomasi akseptini 
rad etish bo‘yicha belgilangan muddatlarda rad javobi olinmagan holda, u 
akseptlangan hisoblanadi va to‘lanishi kerak bo‘ladi. 
Ayrim hollarda qonun banklarga akseptsiz to‘lovchilar hisobvaraq-
laridan mablag‘larni hisobdan chiqarish huquqini beradi. Bu qoida, 
masalan, elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarga amal qiladi. 
Akseptsiz to‘lanishi kerak bo‘lgan va to‘lovchi bankiga operatsiya kuni 
davomida kelib tushgan talabnomalar shu kunning o‘zida to‘lanadi, 
to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki 
yetishmagan taqdirda esa, ular 2-kartotekaga joylashtiriladi.
Olingan (inkasso qilingan) summalar ijrochi bank tomonidan zudlik 
bilan emitent banka berilishi shart, u esa, ushbu mablag‘larni mijoz 
hisobvarag‘i hisobiga o‘tkazishi kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin