O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161
Moliya huquqi

ta’minlanishi;
mablag‘larni oluvchilar bilan to‘lovchilarning shartnoma va hisob-
kitoblar intizomiga rioya etishlarini o‘zaro nazorat qilishlari, shuningdek, 
hisob-kitob munosabatlari ustidan bank nazorati uchun zarur bo‘lgan 


259
shart-sharoitlarni 
tashkil etish;
hisob-kitoblardan ortiqcha bo‘g‘inlarni 
chiqarish, to‘lovlarni amalga oshirishning elektron usullarini joriy etish 
yo‘li bilan hisob-kitob operatsiyalarini 
optimallashtirish
; aholi naqd 
pulsiz hisob-kitoblarini kengaytirish va h.k.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, 
tovar va 
tovarsiz 
operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarga bo‘linadi. 
Tovar 
operatsiyalariga realizatsiya qilingan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan 
ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun korxonalar, tashkilotlar o‘rtasida 
amalga oshiriladigan hisob-kitoblar kiradi. 
Tovarsiz 
operatsiyalar 
moliyaviy majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblar (budjetga to‘lovlar, bank 
ssudalarini to‘lash, sug‘urta to‘lovlari va boshq)dir. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar yetkazib beruvchi bilan xaridor, yetkazib 
beruvchi bilan bank, xaridor bilan bank o‘rtasida yuzaga keladigan 
iqtisodiy munosabatlarni aks ettiradi. Shu munosabat bilan naqd pulsiz 
hisob-kitoblarga muayyan xususiyatlar xos bo‘lib, ular ikki omil bilan 
bog‘liqdir. 
Birinchidan,
har bir hisob-kitob operatsiyasi uchun ayni bir 
vaqtda uch qatnashchi mavjud bo‘lishi shart: 
bank, to‘lovchi va oluvchi. 
Ularning 
hisob
-kitob munosabatlari sohasidagi o‘zaro aloqalari ko‘p 
hollarda fuqarolik-huquqiy shartnomalari bilan tartibga solinadi. 
Ikkinchidan,
hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish tartibi Markaziy 
bank tomonidan belgilanib, ushbu munosabatlarda u o‘ziga tegishli 
hokimiyat vakolatlari berilgan davlat organi sifatida qatnashadi. Shu 
sababli hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish vaqtida yuzaga 
keladigan ijtimoiy munosabatlar fuqarolik huquqi va moliya huquqi 
me’yorlari bilan tartibga solinadi. 
Fuqarolik huquqi me’yorlari turli subyektlar o‘rtasida shartnoma 
majburiyatlarini bajarish vaqtida yuzaga keladigan hisob-kitob 
operatsiyalarini tartibga soladi. Fuqarolik huquqiy shartnomalarni tuzish 
vaqtida ushbu shartnomalarda tomonlar kelishuvi bo‘yicha belgilanadigan 
hisob-kitoblar shartlari (shakli, muddatlari va h.k.) nazarda tutilgan 
bo‘lishi lozim.
Ammo barcha hisob-kitob munosabatlari uchun moliyaviy-huquqiy 
tartibga solishning mavjud bo‘lishi xosdir. Bu shu bilan belgilanadiki, 
naqd pulsiz hisob-kitoblarning majburiy subyektlaridan biri sifatida 
banklar qatnashib, ular o‘z mijozlari (to‘lovchilar va oluvchilar – 
fuqarolik huquqiy munosabatlari subyektlari)ning farmoyishlarini passiv 
bajaruvchi rolida chiqish bilangina cheklanib qolmaydi. Hisob-kitob 
munosabatlari subyektlaridan biri bo‘lib, banklar hisob-kitoblarni tashkil 


260
etadi va amalga oshiradi, hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish 
uchun belgilangan qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi, zarur asoslar 
mavjud bo‘lgan hollarda esa, davlat majburlov choralarini ham qo‘llaydi. 
Tabiiyki, banklar bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlarning 
ushbu guruhi fuqarolik huquqi me’yorlari bilan tartibga solinishi mumkin 
emas. Mazkur holda davlat-hokimiyat xususiyatidagi moliyaviy-huquqiy 
munosabatlarning barcha belgilari yaqqol ko‘rinib turibdi va shu 
munosabat bilan ular moliya huquqi tomonidan o‘rganilmoqda.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni moliyaviy-huquqiy tartibga solish 
asoslari «Markaziy bank to‘g‘risida»gi qonun bilan belgilangan. Mazkur 
qonunning 36-moddasiga muvofiq naqd pulsiz hisob-kitoblar O‘zbekiston 
Respublikasi hududida banklar orqali amalga oshiriladi. Markaziy bank 
O‘zbekiston Respublikasining naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga 
oshiruvchi, qonunchilikda «mijozlar» deb ataladigan barcha yuridik va 
jismoniy shaxslari uchun majburiy bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitoblar 
shakllari va qoidalarini belgilash huquqiga ega. Markaziy bank normativ 
hujjatlari hisob-kitoblarni tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi kredit 
muassasalari uchun ham majburiy hisoblanadi. «Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasiga muvofiq banklar zimmasiga 
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning 
hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob 
qilish vazifalari yuklatilgan.
Hisob-kitoblar to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik hisob-kitoblar 
tamoyillari va tartibini belgilovchi moliyaviy-huquqiy me’yorlarni o‘z 
ichiga olgan. Ularda, shuningdek, hisob-kitoblarni amalga oshirish 
jarayonida banklar bilan mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 
mazmun va shakllari tartibga solinadi. Hisob-kitoblarni amalga oshirish 
vaqtida banklar barcha mijozlar tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini 
amalga oshirish qoidalari, shartnoma intizomiga rioya etilishi, hisob-kitob 
hujjatlarining tegishli tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanishini 
nazorat qiladi.
Naqd pulsiz muomalani tashkil etishni tartibga soluvchi asosiy 
normativ hujjat – bu «O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-
kitoblar to‘g‘risida»gi nizom (yangi tahrirda) hisoblanadi. Ushbu hujjat 
naqd pulsiz hisob-kitoblarning barcha shakllari bo‘yicha pul-hisob-kitob 
hujjatlarini rasmiylashtirish, hisob-kitob intizomiga rioya etilishini 
nazorat qilish va u buzilgan taqdirda ta’sir choralarini qo‘llash tartibini 
belgilaydi. 


261

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin