281
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarga aksiyalar
o‘rniga ularning nominal qiymatiga teng summada
sertifikatlar berishi
mumkin.
Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish,
ular bo‘yicha dividendlar to‘lash tartibi
aksiyadorlik jamiyatining
ustavida qonun hujjatlariga muvofiq belgilab qo‘yiladi.
Mazkur qonunning 35-moddasiga binoan jamiyat o‘z aksiyalarini
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tarqatadi (sotadi).
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganda
davlatga
qarashli aksiyalarni dastlabki va keyinchalik tarqatish davlat mulkini
tasarruf etish vakolatiga ega bo‘lgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mol-mulkini tasarruf etish vakolatiga ega bo‘lgan organ
davlatga qarashli aksiyalarni sotish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy
axborot vositalarida e’lon qiladi.
Jamiyatning aksiyalariga haq to‘lash bozor qiymatida amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: