O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161
Moliya huquqi

Valuta operatsiyalari 
bu davlatning pul birligi yoki xorij davlatining 
pul birligi yoki qimmatli qog‘ozlar ishtirokidagi tegishli organlarning 
faoliyati tushuniladi. Valuta operatsiyalari banklar tomonidan ham, bank 
muassasasi hisoblanmagan tashkilotlar tomonidan ham amalga oshirilishi 
mumkin. Lekin amaliyotda valuta operatsiyalarining aksariyati, bank 
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
qonunga binoan Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududi va 
uning tashqarisida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga 
hamda xalqaro amaliyotga muvofiq xorij valutasidagi operatsiyalarni 
amalga oshirishga haqli.
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga binoan esa, banklar 
xorij valutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik 
hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotishga haqlidirlar. 


276
O‘zbekiston Respublikasida xorij valutasidagi operatsiyalarni amalga 
oshirish, shuningdek valuta operatsiyalarini amalga oshirishda xorij 
valutasidagi to‘lov hujjatlaridan foydalanish tartibini O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
bilan kelishib olgan holda belgilaydi.
Valuta operatsiyalarining har xil ko‘rinish va turlari mavjuddir. 
«Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonu-
nida 
valuta operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
– valuta boyliklariga nisbatan bo‘lgan egalik huquqining o‘tishi bilan 
bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshirishda xorij valutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining 
pul birligidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq ope-
ratsiyalar; 
– valuta boyliklarini xorijdan O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish 
va jo‘natish hamda O‘zbekiston Respublikasidan xorijga olib chiqish va 
jo‘natish; 
– xalqaro ko‘lamda pul o‘tkazish ishlarini amalga oshirish kabilar. 
Valuta operatsiyalari 
joriy operatsiyalarga 
va 
kapitalning harakati 
bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga 
bo‘linadi.
Joriy valuta operatsiyalari
:
a) mollarni eksport va import qilish, valuta boyliklarini oldi-sotdisi 
bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, intellektual mulkka bo‘lgan 
huquqni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq, hisob-kitoblari to‘lov 
muddatini kechiktirmaslik sharti bilan amalga oshiriladigan, zayom 
mablag‘lari berilishi yoki jalb etilishini nazarda tutmaydigan operat-
siyalar; 
b) bank omonatlari, kreditlari, investitsiyalar va boshqa moliya 
operatsiyalaridan foizlar, dividendlar hamda o‘zga daromadlarni xorijga 
va xorijdan o‘tkazish; 
d) savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan mablag‘larni, shu jumladan ish 
haqi, pensiya, aliment, meros pullarni o‘tkazish, shuningdek shunga 
o‘xshash boshqa operatsiyalar kiradi. 
Kapital harakati bilan bog‘liq valuta operatsiyalariga
:
a) investitsiyalar, shu jumladan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va 
sotish; 
b) kreditlar berish va olish; 
d) mablag‘larni jalb etish hamda ularni hisob raqamlarga va 
omonatlarga qo‘yish; 


277
ye) to‘lovlar amalga oshiriladigan yoki egalik huquqi muayyan 
muddatdan keyin valuta boyliklariga o‘tadigan moliyaviy operatsiyalar 
kiradi.
Valuta operatsiyalari ularni amalga oshiruvchi subyektlarga qarab: 
a) banklar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarga; 
b) bank muassasasi hisoblanmagan tashkilotlar tomonidan amalga 
oshiriladigan operatsiyalarga bo‘linadi. 
O‘z navbatida banklar tomonidan amalga oshiriladigan valuta 
operatsiyalari: barcha bank operatsiyalariga xos bo‘lgan – 
umumiy 
operatsiyalarga
(masalan, passiv va aktiv operatsiyalar) hamda faqat 
valuta operatsiyalariga xos bo‘lgan – 
maxsus operatsiyalarga 
bo‘linadi. 
Valuta operatsiyalari banklar tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan 
xizmatga qarab: 
rezidentlarga 
va 
norezidentlarga 
ko‘rsatiladigan 
operatsiyalarga bo‘linadi. 
Valuta operatsiyalarining rezidentlariga quyidagilar kiradi: 
– O‘zbekiston Respublikasida muqim yashash joyi bo‘lgan, shu 
jumladan vaqtincha O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan 
jismoniy shaxslar; 
– O‘zbekiston hududida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi 
qonunlariga muvofiq tuzilgan va ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar, shu 
jumladan xorij investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar; 
– O‘zbekiston Respublikasining immunitetga va diplomatiya 
imtiyozlariga ega bo‘lgan xorijdagi diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy 
vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi korxona va 
tashkilotlarning xorijdagi xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan 
shug‘ullanmaydigan o‘zga vakolatxonalari kabilar. 
Norezidentlarga quyidagilar kiradi: 
– xorijda muqim yashash joyi bo‘lgan, shu jumladan vaqtincha 
O‘zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxslar;
– O‘zbekiston Respublikasining tashqarisida joylashgan bo‘lib, 
ajnabiy davlatlarning qonunlariga muvofiq tashkil etilgan va shu qonunlar 
asosida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston 
Respublikasining korxona va tashkilotlari ishtirokidagi yuridik shaxslar; 
– O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo‘lib, immunitetga 
va diplomatiya imtiyozlariga ega bo‘lgan xorij diplomatiya, savdo va 
boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari, 
shuningdek xo‘jalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shug‘ullan-
maydigan tashkilot va firmalarning vakolatxonalari kabilar. 


278
Valuta operatsiyalarini amalga oshirish katta ahamiyatga egadir. 
Valuta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarida integratsiyalashishida (birlashishida), xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda, 
mamlakat iqtisodiga xorij investitsiyasini jalb etishda, mamlakat 
aholisining valutaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda katta ahamiyatga ega. 
Valuta nazorati moliyaviy kontrolning bir qismi bo‘lib, moliyaviy 
kontrolning barcha xususiyatlari valuta nazoratiga ham xosdir. Lekin, shu 
bilan birga, valuta nazoratining o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin