287
– qimmatli qog‘ozlarni saqlash;
– naqd va naqd bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni
hisobga olish va tegishli guvohnoma berish yo‘li
bilan buni tasdiqlash;
– qimmatli qog‘ozlar zimmasiga majburiyatlar yuklangan holatlarni,
shuningdek ular tugatilgan holatlarni hisobga olish.
O‘zbekiston Respublikasida
depozitariylar tizimi ikki bosqichli
bo‘lib, ular: depozitariylar; markaziy depozitariy hisoblanadi.
Har bir depozitariy davlat ro‘yxatidan o‘tib, litsenziya olgandan so‘ng
vakolatli davlat organi tasdiqlagan tartibda markaziy depozitariyda
vakillik hisobvarag‘ini ochishi kerak.
Depozitariylar o‘z deponentlarining markaziy depozitariy vakillik
hisobvaraqlarida jamlab hisobga olib boriladigan naqd bo‘lmagan
qimmatli qog‘ozlariga bo‘lgan huquqlar hisobini yuritadilar, shuningdek
naqd qimmatli qog‘ozlarni saqlashni amalga oshiradilar va ular bo‘yicha
huquqlar hisobini yuritadilar.
Qimmatli qog‘ozlarning
Dostları ilə paylaş: