O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   161
Moliya huquqi

Depozit sertifikatlari. Depozit sertifikatlari 
– bu pul mablag‘lari 
omonat qo‘yilgani to‘g‘risidagi, omonatchi yoki uning huquqiy vorisining 
belgilangan muddat tugaganidan keyin omonat summasini va unga 
tegishli foizlarni olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi bank-emitent 
guvohnomasidir. 
Depozit sertifikatlarini chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi. 
Veksellar. Veksellar 
– ularda ko‘rsatilgan muddat kelganda veksel 
beruvchi muayyan pul summasini veksel egasiga (veksel oluvchiga) 
so‘zsiz to‘lashi lozim bo‘lgan majburiyatdan guvohlik beruvchi qimmatli 
qog‘ozdir. 
Veksellar quyidagi turlarga bo‘linadi: 

xazina veksellari. 
Bu qimmatli qog‘ozlarning turlari davlat 
tomonidan budjet xarajatlarini qoplash maqsadida chiqariladi. Xazina 
veksellari davlatning qisqa muddatli majburiyatlari hisoblanadi;

tijorat veksellari;

oddiy veksellar;

yuboriladigan veksellar.
Veksellarni chiqarish hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston 
Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi, 
«Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi 
to‘g‘risida»gi, «Qimmatli qog‘ozlar bozorida depozitariylar faoliyati 
to‘g‘risida»gi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi 
to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasiga binoan 
qimmatli qog‘ozlar 
muomilasi 
deganda – ularni sotib olish va sotish, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan, qimmatli 
qog‘ozlar egasi almashinuviga olib keladigan boshqa harakatlar 
tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlarni (depozit 
sertifikatlari va veksellardan tashqari) muomilaga chiqarish hamda ularni 


284
ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tasdiqlaydi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hamda belgilangan tartibda ro‘yxat 
raqamini olgan qimmatli qog‘ozlarnigina O‘zbekiston Respublikasi 
hududida chiqarilishiga va muomilada bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikada ro‘yxatga 
olingan qimmatli qog‘ozlar yagona davlat reyestrini yuritadi hamda 
ularning ro‘yxatini muntazam e’lon qilib boradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin