O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Qimmatli qog‘ozlar bozorini huquqiy tartibga solish. Qimmatli



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   161
Moliya huquqi

Qimmatli qog‘ozlar bozorini huquqiy tartibga solish. Qimmatli 
qog‘ozlar 
– bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi 
mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend 
yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan 
kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini 
nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir. 
Qimmatli qog‘ozlar: 
blankalar shaklida; sertifikatlar shaklida; 
schotlardagi yozuv shaklida 
bo‘lishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar hisob-
kitob qilishda, shuningdek kreditlar bo‘yicha garov sifatida foydalanilishi 
mumkin. 
Qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik 
asosida tarqatiladi. 
Qimmatli qog‘ozlarning qimmati milliy pul birligida, ularni chiqarish 
shartlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valutasida (aksiyalar 
bo‘yicha – mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan ham) ifodalanadi va 
to‘lanadi. 
Qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari 
mavjud: 
aksiyalar; 
obligatsiyalar; xazina majburiyatlari; depozit sertifikatlari; veksellar.
Aksiyalar, obligatsiyalar va xazina majburiyatlarida aks ettirila-
digan rekvizitlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, depozit 
sertifikatlari va veksellarda aks ettiriladigan rekvizitlarni esa O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki belgilaydi. 
Qimmatli 
qog‘ozlar: 
egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlar,
ya’ni qimmatli qog‘ozlar, 
basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan bog‘liq holda 
ro‘yobga chiqarish uchun emitent tomonidan yoki uning topshirig‘iga 
binoan qimmatli qog‘ozlar borasida kasb faoliyatini amalga oshirayotgan 
tashkilot tomonidan egasining nomini qayd etish zarur bo‘lsagina, egasi 
yozilgan bo‘ladi. Egasi yozilgan qimmatli qog‘ozni bir miqdordan 
ikkinchisiga berish hisob-kitobdagi tegishli yozuvlarni o‘zgartirishda aks 
etadi;
 taqdim etuvchiga tegishli bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar,
ya’ni 
qimmatli qog‘ozlar, basharti mulkiy huquqlarni ularga egalik qilish bilan 


280
bog‘liq holda ruyobga chiqarish uchun qimmatli qog‘ozni taqdim 
etishning o‘zi yetarli bo‘lsa, taqdim etuvchiga tegishli hujjatlar deb 
hisoblanadi. Taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar erkin 
muomilada bo‘ladi. 
Aksiyalar. Aksiyalar 
– aksionerlik jamiyatining ustav fondiga yuridik 
va jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi, aksiya 
egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga 
dividend olish va qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda 
qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan 
qimmatli qog‘ozdir. 
Aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlik jamiyati 
muassislari tomonidan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
tomonidan qabul qilinadi. Sotib olingan aksiya uni chiqargan aksiyadorlik 
jamiyatiga, basharti bu narsa jamiyat ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
sotilishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan 
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasiga binoan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin