Obligatsiyalarning shakllari: oddiy obligatsiyalar; yutuqli obligat-
siyalar; foizli obligatsiyalar; foizsiz (maqsadli) obligatsiyalar. Maqsadli
obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar qaysi mollar (xizmatlar) uchun
chiqarilgan bo‘lsa, shu mollarni (xizmatlar) aks ettirishi shart;
erkin muomilada yuritiladigan obligatsiyalar; muomila doirasi cheklangan obligatsiyalar. Obligatsiyalar yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik
asosida tarkatiladi.
Xazina majburiyatlari. Davlat ichki zayomlari davlat xazina
majburiyatlarini chiqarish orqali ham rasmiylashtirilishi mumkin. Xazina
majburiyatlari budjetni ijro etish va pul qadrsizlanishini kamaytirish
maqsadlarida chiqariladi.
O‘zbekiston Respublikasining xazina majbu- riyatlari – ularning egalari budjetga pul mablag‘lari berganlik-larini
tasdiqlovchi hamda bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun
muddati davomida qayd etilgan daromadni olish huquqini beruvchi,
taqdim etuvchiga tegishli qimmatli qog‘ozlar turidir.
Xazina majburiyatlarining quyidagi turlari mavjud: – uzoq muddatli – besh yil va undan ko‘proq muddatga mo‘ljallangan
xazina majburiyatlari;
– o‘rtacha muddatli – bir yildan besh yilgacha muddatga mo‘ljal-
langan xazina majburiyatlari;
– qisqa muddatli – bir yilgacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan
xazina majburiyatlaridir.
Uzoq, o‘rtacha muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risi-
dagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
qabul qilinadi.
Qisqa muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
283
Xazina majburiyatlarini chiqarish to‘g‘risidagi qarorlarda daromad-
larni hamda majburiyat qarzlarini to‘lash shartlari belgilab qo‘yiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar xazina majburiyatlarining egalari bo‘lishi
mumkin.