282
Korxonalarning obligatsiyalarini emitentlarning ustav fondini
shakllantirish va to‘ldirish uchun, shuningdek ularning xo‘jalik faoliyati
bilan bog‘liq zararlarni qoplash uchun chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aksiyadorlik jamiyatlari chiqarilgan barcha aksiyalar haqi to‘liq
to‘langanidan keyingina ustav fondi miqdorining qonun hujjatlarida
belgilangan foizidan ko‘p bo‘lmagan summada
obligatsiyalar chiqarishi
mumkin.
Mulkchilikning boshqa shakllariga mansub korxonalarda obligatsiya-
lar chiqarish summasining miqdorlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: