9-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hudidagi
chet el investitsiyalari uchun huquqiy rejim belgilangan bo‘lib, u
quyidagichadir:
Davlat O‘zbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar
investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari chog‘ida ularning barcha
huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.
Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolati va teng
huquqli rejim, ularning to‘liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi
ta’minlanadi. Bunday rejim O‘zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomalarida belgilab qo‘yilgan rejimga qaraganda noqulayroq
bo‘lishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi O‘zbekiston Respublikasi
yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan
investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo‘lishi
mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida xalqaro huquqning
umume’tirof etilgan normalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining
milliy xavfsizligi manfaatlarini himoya qilish maqsadida iqtisodiyot va
faoliyatning muayyan sohalarida chet el investitsiyalari uchun cheklashlar
yoki taqiq nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
Chet ellik investorlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan
kafolatlangan huquqlari va manfaatlari buzilganda ularni tiklash
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, shu jumladan xalqaro
shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Ushbu qonuning 21-moddasiga binoan chet ellik investorlar va chet
el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi ustidan nazorati soliq
organlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan boshqa
davlat organlari O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlarida belgilangan
vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Nazorat qiluvchi organ nazorat vazifalarini amalga oshirishda tijorat
siri saqlanishini ta’minlashi shart. Tijorat sirini oshkor qilish O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga binoan ta’qib qilinadi.