291
O‘zbekiston Respublikasining «Chet ellik investorlar
huquqlarining
kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi qonun qabul
qilindi.
Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiya
faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik
investorlar huquqlarining
kafolatlari va ularni himoya qilish choralarini belgilaydi.
Mazkur qonunning 2-moddasida chet ellik investorlar huquqlarining
kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
ko‘rsatilgan bo‘lib, bu
moddaga asosan, chet ellik investorlar
huquqlarining kafolatlarini berish va ularni himoya qilish choralarini
amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu qonun, «Chet el
investitsiyalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa
qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida chet ellik
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni
himoya qilish choralari
to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ushbu qonuning
3-moddasida
esa, chet ellik investorlar huquqla-
rining kafolatlari keltirilgan bo‘lib, bu moddaga asosan, Davlat O‘zbe-
kiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi
chet ellik investorlarning huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amalga oshiri-
lishi ta’minlanishini hisobga olgan holda fuqaroligi, yashash joyi, diniy
e’tiqodi, iqtisodiy faoliyati qayerda amalga oshirilayotganligiga,
shuningdek investorlar yoki investitsiyalarning qaysi mamlakatga
mansubligiga qarab chet ellik investorlarning kamsitilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Qonun
hujjatlari, shu jumladan idoraviy normativ hujjatlar, agar
ularning ijrosi chet ellik invetorlarga yoki chet el investitsiyalariga zarar
yetkazsa, ular orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investit-
siyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet el investitsiyalariga
nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investit-
siyalash paytidan boshlab o‘n yil mobaynida qo‘llaniladi.
Chet ellik
investor o‘z xohishiga ko‘ra, yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash
shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarni qo‘llash huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasida chet ellik investorlarga keng kafolatlar
yaratilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
292
siyosiy tavakkalchilikdan sug‘urtalash ta’minlangan (bu maqsadlar
uchun respublikada «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyat
ko‘rsatadi);
iqtisodiy faoliyat natijasida olingan foyda va boshqa mablag‘larni
chet el valutasida chet elga o‘tkazish;
foydani respublika hududida qayta investitsiya qilish yoki o‘z
ixtiyoriga ko‘ra
boshqa maqsadlarda foydalanish;
davlat idoralari tomonidan chet ellik investorlarning huquqlarini
kamsituvchi me’yoriy hujjatlar qabul qilingan taqdirda ularga yetkazilgan
zararni sud yo‘li bilan to‘lash (qoplash);
Bundan tashqari, chet ellik investorlarga bir
qator huquqiy va
iqtisodiy imtiyozlar belgilangan. Jumladan:
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni hyech qanday litsenziyasiz va
to‘siqsiz olib chiqish ketish;
chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan
korxonalar daromadining ishlab chiqarishni va texnologiyani yangilash
uchun qayta investitsiyalanadigan qismini soliq to‘lashdan ozod qilish;
ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslarning davlat mulkini
xususiylashtirish
jarayoniga, shu jumladan ularga keng doiradagi
ko‘chmas mulkni sotish va xususiylashtiriladigan korxonalar aksiya-
larining 100% ga qadar miqdorini sotib olishlariga erkin kirishini
ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: