O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Hisob-kitob intizomini buzganlik uchun javobgarlik



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   161
Moliya huquqi

Hisob-kitob intizomini buzganlik uchun javobgarlik. 
Barcha 
qatnashchilar tomonidan hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish 


270
qoidalariga qat’iy rioya etish shartnoma va to‘lov intizomini mus-
tahkamlashning muhim vositasi bo‘lib, ularni buzganlik uchun 
qonunchilikda pul jarimalari shaklidagi maxsus sanksiyalar qo‘llanishi 
nazarda tutilgan. 
Ushbu sanksiyalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular faqat 
banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda 
qo‘llaniladi. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, amaldagi qonunchilikka 
muvofiq, barcha hisob-kitob operatsiyalari va ular bilan bog‘liq hujjat 
aylanishi banklar orqali o‘tadi. Shu sababli hisob-kitob operatsiyalarini 
amalga oshirish qoidalari buzilganligi uchun jarimalarni mijoz korxona 
faqat xizmat ko‘rsatuvchi bankdan (tabiiyki, shartnoma munosabatlari 
mavjud bo‘lgan taqdirda) undirib olishi mumkin.
To‘lov intizomini buzganligi uchun tijorat banklarining mulkiy 
javobgarligi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan chiqariladigan qoidalar bilan belgilanadi. Buni 
hisobga olgan holda, ushbu hujjatlar me’yorlari hisob-kitob munosabatlari 
tomonlari kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas va ular shartnoma 
shartlariga kiritilgan yoki unda yo‘q bo‘lishidan qat’i nazar, amal qiladi. 
Zeroki, qonunchilikda bank bilan mijoz o‘rtasidagi shartnoma matniga 
majburiy tartibda tijorat banklarining jarimalar ko‘rinishida nazarda 
tutilgan javobgarlik choralari kiritilishi kerakligi to‘g‘risidagi talab 
mavjud.
Banklarning mulkiy javobgarligini belgilaydigan normativ hujjatlar 
orasida hisobvaraqlarni ochish, mijozlarning hisobvaraqlariga mablag‘-
larni kiritish va hisobdan chiqarish, ish haqi va qonunchilikda nazarda 
tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun naqd pullarni berish bo‘yicha 
belgilangan talablarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan 
jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom alohida o‘rin tutadi 
(bundan keyingi o‘rinlarda Jarimalar to‘g‘risida nizom deb yuritiladi). 
Bank (agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha muddatlar 
nazarda tutilgan bo‘lmasa). mijoz hisobvarag‘iga kelib tushgan pul 
mablag‘larini mijozning farmoyishi bo‘yicha tegishli to‘lov hujjati kelib 
tushgan sanadan keyingi kundan kechiktirilmagan holda ularni berishi 
yoki hisobvaraqdan o‘tkazishi lozim. Ushbu majburiyat bajarilmagani 
uchun bank Jarimalar to‘g‘risida nizom 6-bandiga muvofiq ravishda bank 
ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foiz miqdorida jarima to‘laydi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan barcha zaruriy hujjatlar topshiril-
ganidan keyin hisobvaraqlar ochish banklar tomonidan asossiz ravishda 


271
kechiktirilgani yoki rad etilgani uchun bank ustav kapitalining 
belgilangan eng kam miqdoridan 0,05 foiz miqdorida jarima to‘laydi. 
Xuddi shunday javobgarlik ushbu turdagi hisobvaraq uchun ortiqcha 
hujjatlar so‘ralgan vaqtda ham nazarda tutilgan. 
Mijozlar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga ish haqi va 
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ehtiyojlari uchun, ularning 
hisobvaraqlarida mablag‘lar mavjud bo‘lib, bank naqd pullarni o‘z 
vaqtida bermagan taqdirda, bank ustav kapitalining belgilangan eng kam 
miqdoridan 0,005 foiz miqdorida jarima to‘laydi. 
Hujjatlar kelib tushguniga qadar bankda bank operatsiyalarini amalga 
oshirish bo‘yicha majburiyatlar bo‘lmaydi va shu sababli u mablag‘lar 
bo‘la turib, mablag‘larni kiritish hamda ish haqi va qonunchilikda nazarda 
tutilgan boshqa ehtiyojlar uchun mijozlarga naqd pul berish hisob-kitob 
operatsiyalari boshqa qatnashchilarining harakatlari natijasida kechikkani 
uchun javob bera olmaydi.
Jarimalar to‘g‘risida nizomda nazarda tutilgan javobgarlik ushbu 
normativ hujjat 7-bandida ko‘rsatilgan vaziyatlar mavjud bo‘lgan holda, 
xizmat ko‘rsatuvchi bankka nisbatan qo‘llanishi mumkin. Fors-major 
vaziyatlar yuzaga kelgan, banklararo elektron to‘lovlar tizimida uzilish 
sodir bo‘lgan, mijoz amaldagi qonunchilikda belgilangan talablarga 
muvofiq kelmaydigan to‘lov hujjatlarini bankka taqdim etgan, bank yoki 
mijoz hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar qonunchilikda belgilangan 
tartibda (masalan: soliq organlari tomonidan) to‘xtatib qo‘yilgan taqdirda, 
banklar jarima sanksiyalaridan ozod etiladi. 
Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki tegishli tarzda 
bajarilmagan holda, qarzdor kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan penyani 
hisoblash va undirib olish uchun banklar javob bermaydi. Yetkazib 
berilgan mahsulot uchun to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmagan holda, sotib 
oluvchi – to‘lovchi, yetkazib beruvchi – oluvchi bilan sotib oluvchi 
o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan tartibda penya to‘laydi.
Jarimalar to‘g‘risida nizomga muvofiq ravishda bank tomonidan 
to‘langan jarima summasi tartibbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bank yoki uning 
filiali rahbari va bosh buxgalteri tomonidan qisman qoplanishi kerak. 
Tijorat banklari tomonidan hisob-kitob intizomiga rioya etilishini 
nazorat qilish maqsadida qonunchilikda ularning har oyda Markaziy 
bankka banklar tomonidan yo‘l qo‘yilgan tartibbuzarliklar bo‘yicha 
da’volar hamda chiqarilgan sud qarorlari va xulosalari to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni taqdim etish majburiyati nazarda tutilgan. 


272
Hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini buzganlik 
uchun jarimalar undirib olish bo‘yicha banklar bilan ularning mijozlari 
o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar shartnoma shartlariga muvofiq 
ravishda hal qilinadi. Yuzaga kelgan nizolarni o‘zaro kelishuv bo‘yicha 
hal qilish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ular sud tartibida ko‘rib chiqiladi. 
Mablag‘larni to‘lovchi bilan oluvchi o‘rtasida hisob-kitoblar bo‘yicha 
yuzaga kelgan o‘zaro e’tirozlarni tomonlar fuqarolik qonunchiligida 
belgilangan me’yorlar tartibida ko‘rib chiqishadi. 
Hisob-kitob intizomiga rioya etilishi uchun nafaqat tijorat banklari, 
balki mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar ham javobgar hisoblanadi. Agar xo‘jalik subyektlari hisob-
kitoblar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini muntazam ravishda bajarmasalar
ular amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lovga noqobil deb 
e’lon qilinishi mumkin, bu haqda tovar-moddiy qimmatliklarni yetkazib 
beruvchilar va yuqori organga ma’lum qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin