O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   161
Moliya huquqi

 Pul tizimi elementlari 
jumlasiga quyidagilar kiradi: 
rasmiy pul 
birligi; naqd pul emissiyasining tartibi; pul muomilasini tashkil etilishi va 
tartibga solinishi.
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi SO‘Mdir. Bir so‘m 
yuz tiyindan iborat. So‘m O‘zbekiston Respublikasida yagona, cheklan-
magan va qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 1994-yil 16-iyunda e’lon qilingan «O‘zbekiston Respub-
likasi milliy valutasini muomilaga kiritish to‘g‘risida»gi farmoniga asosan 
1994-yil 1-iyuldan boshlab muomilaga kiritildi.


250
O‘zbekiston Respublikasining Milliy valutasi – «SO‘M» O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankning qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 SO‘M, 
1996- yildan boshlab 200 SO‘M, 1999-yildan boshlab 500 so‘m va 2001-
yildan boshlab 1000 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari, 1, 3, 5, 10, 20, 50 
«tiyin» va 1, 5, 10, 25, 50 «SO‘M» bo‘lgan metal tangalar naqd pul 
muomilasiga chiqarildi. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi 
hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘ri-
nishidagi pul belgilarini muomilaga chiqarishda mutloq huquqqa ega
ularni qalbakilashtirish va noqonuniy tarzda tayyorlash qonun hujjatlariga 
muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodini pul-kredit tartibga solish O‘zbe-
kiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbe-
kiston Respublikasi Markaziy banki: zahiralarning majburiy me’yorlarini, 
kreditlar bo‘yicha stavkalarni belgilaydi; tijorat banklari uchun iqtisodiy 
normativlarni o‘rnatadi; qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq bo‘lgan 
operatsiyalarni amalga oshiradi va boshq. 
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga 
binoan Markaziy bank, Hukumat bilan hamkorlikda pulning mustah-
kamligini ta’minlashga qaratilgan yagona davlat kredit-pul siyosatini 
ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin