O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   161
Moliya huquqi

Davlat ichki qarzlari turlari. «
Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunga 
muvofiq ichki va tashqi qarzlarni amalga oshirish vaqtida quyidagi qarz 
majburiyatlaridan foydalanilishi mumkin: 
1) qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (bir yildan besh 
yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq) davlat qimmatli qog‘ozlari; 
2) kreditlar (qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli 
kreditlar); 
3) O‘zbekiston Respublikasi kafolatlari; 
4) budjet daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi vaqtincha uzilishni 
qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar va ularning qonunchilikda nazarda 
tutilgan boshqa turlari. 


168
Sanab o‘tilgan qarz majburiyatlaridan davlat ichki qarzlariga 
quyidagilar tegishli:
a) qisqa muddatli, o‘rta muddatli va uzoq muddatli 
davlat qimmatli qog‘ozlari; b) budjet daromadlari bilan xarajatlari 
o‘rtasidagi vaqtincha uzilishni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat ichki qarzlari bo‘yicha qarz 
majburiyatlari sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan davlat qimmatli 
qog‘ozlariga 
respublika ichki zayomlari obligatsiyalari 
va 
O‘zbekiston 
Respublikasi xazina majburiyatlari 
kiradi. 
Obligatsiya 
– egasi tomonidan pul mablag‘lari kiritilganligini hamda 
unda nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog‘ozning nominal qiymatini 
qoplash hamda qayd etilgan foizni to‘lash majburiyatini tasdiqlovchi 
qimmatli qog‘ozdir (agar uni chiqarish shartlarida boshqacha tartib 
nazarda tutilgan bo‘lmasa). 
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin 
muomalada yuradigan yoki muomala doirasi cheklangan holda 
chiqarilishi mumkin. Maqsadli obligatsiyalarning majburiy rekviziti ular 
ostida chiqarilgan tovar (xizmatlar)ni ko‘rsatish hisoblanadi.
Respublika ichki zayomlari obligatsiyalari, 
odatda, taqdim etuvchiga 
deb chiqariladi. Ularni chiqarish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinib, unda emitent, 
obligatsiyalarni chiqarish sharti va joylashtirish tartibi belgilangan 
bo‘lishi kerak. 
O‘zbekiston Respublikasi 
xazina biletlari 
ularning egalari tomonidan 
budjetga pul mablag‘lari kiritilgani va ushbu qimmatli qog‘ozlarga egalik 
qilinadigan butun muddat davomida qayd etilgan daromadni taqdim 
etuvchiga olish huquqini tasdiqlovchi davlat qimmatli qog‘ozlari turidir. 
Ular quyidagi turlarda chiqarilishi mumkin: uzoq muddatli – 5 yilga va 
undan ortiq muddatga; o‘rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha; qisqa 
muddatli – bir yilgacha.
Uzoq muddatli va o‘rta muddatli xazina majburiyatlarini chiqarish 
to‘g‘risidagi qaror – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan, qisqa muddatlilarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror esa – 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinib, 
ularda daromadlarni to‘lash va majburiyatlarni so‘ndirish tartibi belgilab 
beriladi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining davlat qisqa muddatli 
obligatsiyalari (DQMO) muomalada bo‘lib, ularni chiqarish O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi davlat 


169
qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqarish to‘g‘risida» 1996-yil 26-
martdagi 119-sonli qarori bilan nazarda tutilgan edi. Ushbu normativ 
hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 1996-yil aprel 
oyidan boshlab 4 mlrd. so‘mlik hajmda DQMO chiqarish uchun ruxsat 
berilgan hamda likvidlilik shartlari, emitent, DQMOni chiqarish va 
joylashtirishning umumiy tartibi belgilab berilgan edi.
1996-yilgi DQMO emissiyasi uch oy muddatga har oyda chiqarish 
shaklida amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining «O‘zbekiston Respublikasi davlat qisqa muddatli obligatsiyalari 
bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1997-yil 30-yanvar-
dagi 57-sonli qarori bilan 1997-yilda DQMOni uch oy va olti oylik 
muddat bilan muomalada bo‘lishi sharti bilan chiqarish uchun ruxsat 
berilgan edi.
DQMO likvidliligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi 
barcha aktivlar bilan ta’minlanadi. 
DQMO emitenti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidir. 
Obligatsiyalarning navbatdagi chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan hamkorlikda qabul 
qilinadi, unda obligatsiyalarni chiqarishning chegara hajmi, joylashtirish 
sanasi va potensial egalari uchun cheklanishi belgilanadi. DQMOning 
navbatdagi chiqarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar uni joylashtirish 
boshlanishidan oldingi yetti kundan kechiktirilmagan holda e’lon qilinadi. 
Agar obligatsiyalarni joylashtirish davrida chiqarilishi mo‘ljallangan 
obligatsiyalar sonidan kamida yigirma foizi sotilgan bo‘lsa, mazkur 
chiqarilish amalga oshirilgan hisoblanadi. 
DQMO emissiyasi davriy ravishda alohida chiqarilish shaklida, 
odatda, bir oyda bir marta amalga oshiriladi. 
Obligatsiyalar egalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi 
yuridik shaxslari – rezidentlari va norezidentlari bo‘lishi mumkin. DQMO 
egasi sotib olinayotgan keyingi chiqarilish obligatsiyalariga haq to‘lash 
vaqtida so‘ndiriladigan obligatsiyalar qiymatini hisobga olish - qarz 
surashga haqli.
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari daromadliligi ularning egalari 
uchun ular tomonidan sotib olinadigan obligatsiyalar narxi bilan 
obligatsiyalar so‘ndirilayotgan nominal narx o‘rtasidagi farq hisobiga 
ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalar chiqarili-
shiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bosh vakil – agentdir. Obligatsiyalar 


170
chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish uchun savdo, hisob-kitob tizimlari va 
depozitariy tuzish O‘zbekiston Respublikasi Valuta birjasining zimmasiga 
yuklatiladi.
Obligatsiyalarni joylashtirish, ularning muomalasi bo‘yicha barcha 
operatsiyalar hamda hisob-kitoblar va obligatsiyalar egalarining hisobini 
yuritish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalari yoki 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan 
dilerlar orqali amalga oshiriladi. Diler ko‘rsatilgan operatsiyalarni 
Markaziy bank bilan diler o‘rtasida diler funksiyalarini bajarish uchun
tuzilgan shartnomada kelishib olingan tartibda amalga oshiradi. Diler 
obligatsiyalar egalariga ularni so‘ndirishni tuzilgan shartnomalarga 
muvofiq ravishda so‘ndirish vaqtidagi obligatsiyalar nominal qiymatini 
naqd pulsiz shaklda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
Obligatsiyalar chiqarilishini joylashtirish va so‘ndirishning aniq 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 
normativ hujjatlari bilan qat’iy tartibga solinadi. Ularga O‘zbekiston 
Respublikasi davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqarishning asosiy 
shartlari, Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari chiqarilishi bo‘yicha 
xizmat ko‘rsatish va ularning muomalada bo‘lishi to‘g‘risida nizom, 
Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida diler funksiyalarini 
bajarish uchun shartnoma tuzish tartibi kiradi. 
Budjet daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik 
uzilishni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar 
Markaziy bank 
to‘g‘risidagi qonunning 48-moddasida belgilangan tartibda hukumatni 
kreditlash uchun foydalaniladi. 
Markaziy bank hukumatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan tasdiqlangan miqdorda bir yilgacha muddatga so‘ndirish sharti 
bilan aktivlar garovi ostida kreditlar berishi mumkin. Kredit berish 
to‘g‘risidagi dalolatnoma hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida 
tuziladigan alohida kredit shartnomasi bilan rasmiylashtirilib, unda ssuda 
miqdori, so‘ndirish muddatlari, to‘lanadigan foizlar me’yori hamda 
so‘ndirish tartibi kelishib olinadi. 
Ayrim hollarda Markaziy bank hukumatga nisbatan uzoqroq mud-
datga, xususan, obuna bo‘yicha badallar yoki respublikaning u yoki bu 
xalqaro tashkilotga a’zoligidan kelib chiqadigan boshqa to‘lovlar uchun 
kredit berishi mumkin. 
Markaziy bank, qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardan 
tashqari, hukumatga moliyaviy yordam berishga haqli emas. 


171
Markaziy bank tomonidan hukumatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlash-
ning qonunchilik bilan cheklanishi ko‘pgina bozor iqtisodiyoti mamla-
katlari qonunchiligida o‘rin olgan. Bunday cheklash Markaziy bankka 
pul-kreditni tartibga solishning yanada samaraliroq amalga oshirilish 
imkoniyatini ta’minlash uchun kiritilgan. 
Davlat qarzlarini amalga oshirishda Vazirlar Mahkamasi yoki 
vakolatli organ davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish hamda davlat qarzlari 
bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri nazorat etilishi 
bo‘yicha vakillar funksiyalarini bajarish uchun banklar, moliyaviy 
tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin