160
mikrofirmalar va kichik korxonalardan olinadigan yagona soliq; jismoniy
shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq; tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar daromadlariga
solinadigan,
qayd etib qo‘yiladigan soliq;
–
egri soliqlar:
qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz solig‘i; bojxona boji;
jismoniy shaxslardan olinadigan yagona bojxona to‘lovi; transport
vositalarida benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatilishi uchun jismoniy
shaxslardan olinadigan yagona boj to‘lovi;
–
resurslar uchun to‘lovlar va mol-mulk solig‘i:
mol-mulk solig‘i; yer
solig‘i; yer osti boyliklaridan foydalanganlik
uchun soliq; suv
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
–
infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq;
–
boshqa daromadlar.
Davlat budjeti daromadlari bir butun holda soliq to‘lovlari hisobidan
shakllantirilib, ularning salmog‘i, uning umumiy daromadlarining 97
foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Shu sababli moliya huquqining huquqiy
institutlaridan biri soliq huquqi bo‘lib, u soliq to‘lovlarini joriy etish va
undirib olish vaqtida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat budjeti daromadlarining boshqa tizimi soliq bo‘lmagan
to‘lovlarning har xil turlarini o‘z ichiga olib, ular undirib olinish shakli va
usullari, manbai, subyektlari va boshqa asoslariga ko‘ra
soliq
to‘lovlaridan farq qiladi. Ular soliq to‘lovlaridan farqli ravishda ixtiyoriy
(masalan, davlat krediti bo‘yicha to‘lovlar) va majburiy (davlat va
moliyaviy aktivlar, davlat va mahalliy mulkdan foydalanish va h.k.)
to‘lovlar bo‘lishi mumkin. Soliq bo‘lmagan to‘lovlarning boshqa
guruhlari ham mavjud, xususan, bular – davlat tomonidan ko‘rsatiladigan
xizmatlar uchun undirib olinadigan to‘lovlar (davlat boji) hamda huquq
normalarini buzganlik uchun yuridik sanksiyalar sifatida undirib
olinadigan to‘lovlar (jarimalar, penya, musodara qilingan mulkdan
daromadlar va boshqa ko‘rinishdagi) daromadlardir.
Davlat budjeti daromadlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga
kelib
tushadigan to‘lovlar ham kirib, ular amaldagi budjet qonunchiligiga
muvofiq yagona umumdavlat markazlashtirilgan pul mablag‘lari
jamg‘armasiga kiritiladi. Bular davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha, yo‘l
jamg‘armasi, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘ar-
masiga to‘lanadigan va boshqa to‘lovlardir.
Yuridik tabiatiga ko‘ra, ushbu to‘lovlar soliq to‘lovlari bilan juda
ko‘p o‘xshash tomonlarga ega, ya’ni: ularning amalga kiritilishi tegishli
161
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan; har bir to‘lov bo‘yicha
to‘lovchilar, obyektlar, stavkalar, imtiyozlar va soliq to‘lovlariga xos
bo‘lgan boshqa jihatlar belgilangan. Qayd etilgan holat ayniqsa davlat
ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarga xosdir, chunki budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar to‘lanishini nazorat
qilish vazifasi davlat
soliq xizmatining zimmasiga yuklatilgan.
Davlat budjeti daromad qismini to‘ldirishning yangi manbalarini
qidirib topish va ularni moliya huquqi me’yorlarida mustahkamlab
qo‘yish budjetning xarajatlar qismida nazarda tutilgan tadbirlarni
uzluksiz
moliyalashtirish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Bunda daromad qismini
turli yo‘llar bilan to‘ldirish mumkin.
Shunday eng oddiy yo‘llardan biri – yangi soliqlarni joriy etish va
ularni huquqiy jihatdan mustahkamlash, amaldagi soliq to‘lovlari
stavkalarini oshirish hisoblanadi. Lekin jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
soliqlarning nihoyatda yuqori bo‘lishi tadbikorlarda yuqori daromad
olish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirishga bo‘lgan
qiziqish yo‘qolib boradi. Natijada xo‘jalik yurituvchi subyektlar
daromadlari pasayib ketadi va muvofiq ravishda budjetga soliqlardan
kelib tushadigan tushumlar kamayadi.
Bu yerda bir xil bo‘lmagan, nostandart va noan’anaviy choralarga
asoslangan boshqacha yondashuvlar talab qilinadi. Bunday choralardan
biri respublikamizda amalga oshirilayotgan qayishqoq soliq siyosatidir.
Ushbu siyosatning mohiyati
shundan iboratki, bir tomondan, budjet
daromadlarining to‘ldirilishini ta’minlash, ikkinchi tomondan, ishchanlik,
ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirishdan iborat.
Davlat budjeti daromadlarini belgilangan soliq to‘lovlari hisobiga eng
ko‘p darajada yo‘naltirish ko‘p jihatdan soliq organlarining aniq-puxta
ishlashiga bog‘liq bo‘lib, ular budjetga kelib tushishi lozim bo‘lgan
tushumlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida kelib tushishini nazorat etishga
qaratilgan. Zero, bu shuning uchun
ham muhim ahamiyatga egaki,
ko‘pgina soliq to‘lovchilar, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslar amalda
soliqlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzadilar. Soliq solish obyektlarini
yashirish yoki kamaytirib ko‘rsatish, soliq summalarini hisob-kitob qilish
uchun asos bo‘ladigan hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish
kabi hollar
hali kam emas.
Budjet daromadlariga qo‘shimcha mablag‘larni jalb etishning muhim
manbai davlat qimmatli qog‘ozlari va, xususan, davlat zayom
obligatsiyalarini chiqarish hamda ularni jismoniy va yuridik shaxslar
162
o‘rtasida joylashtirish hisoblanadi. Ushbu manba davlat tomonidan
ko‘proq yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi, davlat qimmatli
qog‘ozlarini jismoniy shaxslar o‘rtasida joylashtirish esa amalda yo‘q.
Davlat budjeti daromad qismini mustahkamlash uchun mahalliy
budjetlarni rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Joylardagi davlat
hokimiyati organlarining mintaqalar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidagi
mas’uliyatini ta’minlashdagi huquqlarini kengaytirish va mas’uliyatini
oshirish maqsadida ular moliyaviy bazasini shakllantirish tartibiga
prinsipial o‘zgarishlar kiritilmoqda. Hududiy moliyaviy budjetni
rejalashtirish qayta qurilmoqda, mahalliy budjetlarning tegishli
hududlarda joylashgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy faoliyati
natijalariga qaramliligi kuchayib bormoqda, mahalliy budjet mablag‘-
aridan foydalanish sohasi kengayib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: