O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   161
Moliya huquqi

moliyalashtirish –
bu 
qaytarib bermaslik sharti bilan davlat pul mablag‘laridan foydalanish 
bo‘lib, korxona, muassasa va tashkilotlarga o‘z faoliyatlarini amalga 
oshirishlari uchun beriladi. 
Davlat mablag‘larini moliyalashtirish jarayonida asosan quyidagi 
tamoyillarga amal qilinadi: 
1) budjet mablag‘larining qaytarib berilmasligi, ya’ni budjetdan 
moliyalashtirish yo‘li bilan ajratiladigan mablag‘lar qaytarib berilmaydi; 
2) maqsadga muvofiqlik, ya’ni ajratiladigan barcha budjet mab-
lag‘lari maqsadga muvofiq foydalanilishi lozim; 
3) ishni bajarganligiga qarab moliyalashtirish,
ya’ni budjet 
mablag‘lari belgilangan yillik rejalar asosida avtomatik tarzda ajratilmay, 
balki ishning faktik bajarilishiga qarab ajratiladi; 
4) moliyaviy intizomga qat’iy rioya etish, ya’ni budjet mablag‘laridan 
qonunda belgilangan tartibda, to‘g‘ri va samarali foydalanishdir. 
Yuqorida sanab o‘tilgan tamoyillarning hayotga tatbiq etilishi, 
birinchi navbatda, korxona, muassasa va tashkilotlarni to‘xtovsiz pul 
mablag‘lari bilan ta’minlaydi hamda pul mablag‘laridan foydalanishda 
moliyaviy intizomga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi.
Professor L.K.Voronovaning ta’kidlashicha, davlat xarajatlari asosan 
davlat budjetida to‘planadigan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi. 


175
Davlat sarf-xarajatlari korxonalarning daromadidan, amortizatsion 
ajratmalardan, uzoq muddatli bank ssudalaridan va boshqalardan ham 
qoplanishi mumkin. 
Davlat xarajatlari budjet xarajatlariga qaraganda keng tushuncha 
bo‘lib, budjet xarajatlari uning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Davlat budjeti xarajatlari – budjet mablag‘lari hisobidan qoplana-
digan va davlat vazifa va funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat 
xarajatlaridir. 
Davlat xarajatlari qaysi yo‘nalishda bo‘lishidan qat’i nazar, 
quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
mablag‘larni maqsadli 
yo‘naltirish; mablag‘lardan maksimal foydalanish; iqtisodiyot rejimiga 
rioya etish; davlat moliyaviy intizomiga rioya etilishini ta’minlash 
maqsadida moliyaviy nazoratni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodida, xalq xo‘jaligida yuz bergan 
o‘zgarishlar budjet mablag‘larini moliyalashtirishda ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatdi. Endilikda budjet mablag‘larini olish zarurati yuzaga kelganda 
va yuqoridagi tamoyillarga asoslanib budjet mablag‘larini ajratish 
imkoniyati bulmagan holatlarda, moliyalashtirish ishtirokchilari qonunga 
asosan ma’lum bir haq evaziga qaytarib berish sharti bilan budjetdan pul 
mablag‘larini olishlari mumkin.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, davlat budjeti mablag‘lari – moddiy ishlab 
chiqarishga va davlat zahiralarini tashkil etishga xarajat qilinadi. Davlat 
budjeti xarajatlarining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, budjet 
moliyalashtirishining quyidagi ikki rejimi mavjud: tijorat tashkilotlarini 
moliyalashtirish rejimi va smeta-budjet rejimi. 
Xalq xo‘jaligini moliyalashtirish. 
Xalq xo‘jaligiga qilinadigan 
xarajatlarning asosiy qismi sanoatni, uning sohalarini rivojlantirishga 
yo‘naltiriladi. Xalq xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar ichida mamlakat 
agrosanoat kompleksini, yerlarning melioratsiyasini moliyalashtirishga 
ketadigan xarajatlar markaziy o‘rinni egallaydi. 
Xalq xo‘jaligi sohalariga pul mablag‘lari (investitsiya)ni jalb etish, 
davlat organlari va korxonalarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Bunda asosiy jamg‘armalarni tashkil etishni investitsiyalash – kapital 
qo‘yilmalar shaklida amalga oshiriladi. 
Kapital quyilmalar davlat va jamiyat rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. 
Mamlakatda aholining moddiy va madaniy hayot tarzini oshirish, ishlab 
chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, mehnat 
unumdorligini yaxshilash uchun kapital qo‘yilmalar hajmini ko‘paytirish 
lozim bo‘ladi. 


176
Davlat va mahalliy budjetlarda kapital qo‘yilmalar maxsus guruhlarda 
ko‘rsatib o‘tiladi. Kapital qo‘yilmalarning majmui – budjet rivojlanishini 
tashkil etadi. 
Budjet xarajatlari ichida kapital qo‘yilmalar alohida ahamiyatga ega 
bo‘lib, budjet mablag‘larini (davlat va mahalliy zahiralarni tashkil etish 
uchun) asosiy jamg‘armalarga va nomoddiy aktivlarga jalb etish bilan 
bog‘liqdir. 
Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishni tartibga soluvchi asosiy 
normativ hujjat – O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi 
to‘g‘risida»gi qonuni. 
Kapital quyilmalarni moliyalashtirish 
– bu yangi jamg‘armalarni 
tashkil etish, harakatda bo‘lgan jamg‘armalarni kengaytirish va qayta 
tiklash maqsadida davlat pul mablag‘larini yig‘ish, taqsimlash va 
foydalanish bo‘yicha huquqiy me’yorlar bilan tartibga solingan davlat 
faoliyati. 
Davlat hokimiyati organlari kapital quyilmalarni tartibga solishda bir 
necha shakl va usullardan foydalanadi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin