O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash, ko‘rib



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161
Moliya huquqi

Budjetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash, ko‘rib 
chiqish va tasdiqlash. 
Davlat budjetini ijro etish tugashi bilan budjetdan 
ajratiladigan mablag‘larni barcha oluvchilar, moliya va soliq organlari 


138
budjetning daromadlar va xarajatlar qismining ijrosi to‘g‘risida hisobot 
tuzadilar. Davlat budjetini ijro etish to‘g‘risidagi hisobotni tuzish, ko‘rib 
chiqish va tasdiqlash tartibi «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining normativ hujjatlari bilan 
tartibga solinadi. 
Budjet mablag‘larini oluvchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilangan hajm va shakllarda xarajatlar 
smetalarining ijrosi to‘g‘risida yillik buxgalteriya hisobotini tuzib, tegishli 
moliya organlariga taqdim etadi. Ko‘rsatilgan hisobotni tuzish tartibi va 
muddatlari hamda uni ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining 2001-yil 22-yanvarda 13-sonli buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti hisobida turgan 
tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlari va balanslari to‘g‘risidagi 
Nizomda belgilab berilgan. 
Budjet mablag‘larini oluvchilar budjetdan ajratilgan mablag‘lardan 
foydalanish to‘g‘risida hisobotlar tuzib, ularni o‘zlarini moliyalashtirgan 
moliya organlariga taqdim etadilar. Demak, respublika budjetidan 
moliyalashtiriladigan, budjet mablag‘larini oluvchilar – O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti 
va mahalliy budjetlardan oluvchilar esa, tegishli moliya organlariga 
hisobot beradilar. 
Ma’muriy-hududiy tuzilmalar moliya organlari tegishli budjetning 
ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni joylardagi hokimiyat ijroiya organlari 
(hokimiyatlar)ga hamda yuqori moliya organlariga taqdim etadi. Masalan, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar moliya organlari hisobot davri uchun tegishli budjetlarning ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotlarni muvofiq ravishda Qoraqalpog‘iston Respubli-
kasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimiyatlarga hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga topshiradi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Tosh-
kent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari budjetlarning ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqib, tasdiqlaganlaridan keyin ularni 
muvofiq ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va 
joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlariga taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona 
qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot davrida 
davlat budjetiga soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy 
to‘lovlardan kelib tushgan tushumlar to‘g‘risida hisobot beradi. 


139
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot moliya yilida davlat maqsadli 
jamg‘armalariga kelib tushgan mablag‘lar va ulardan foydalanish 
to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetidan 
mablag‘ oluvchilar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar moliya organlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlar 
asosida Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzadi va uni 
hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayidan kechiktirilmagan holda 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat budjetining 
ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqadi va har yili hisobot davridan 
keyingi yilning o‘n beshinchi mayidan kechiktirilmagan holda 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi davlat budjetining ijrosi 
to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli qaror 
qabul qiladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning 
ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi va joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan 
ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin