134
Budjetdan ajratiladigan mablag‘larni bosh taqsimlovchilar
quyidagi huquqlarga ega: budjet mablag‘larini
tegishli vazirlik, idora
boshqaruv apparatini saqlash uchun xarajat qilish (agar bu
davlat
budjetida nazarda tutilgan bo‘lsa); bevosita ushbu organlar tomonidan
markazlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajat qilish;
ularga
berilgan budjet mablag‘larini tasarrufidagi muassasalar o‘rtasida
taqsimlash va h.k.
Masalan, respublika budjeti budjetdan ajratilgan mablag‘larni bosh
taqsimlovchilar O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining
rahbarlari hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar budjetlari hamda shahar va tumanlar budjetlari bosh
taqsimlovchilari esa, tegishli ma’muriy-hududiy birliklar
ijroiya hoki-
miyati organlarining tarmoq bo‘limlari va boshqarmalari rahbarlaridir.
Budjetdan ajratilgan mablag‘larni bosh taqsimlovchilar bevosita u
yoki bu darajadagi moliya organlaridan oladi.
Budjetdan ajratiladigan mablag‘larni
Dostları ilə paylaş: