O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161
Moliya huquqi

quyi taqsimlovchilar 
o‘zlariga 
berilgan xuquqlar hajmiga qarab ikki guruhga bo‘linadi. 
Birinchi 
guruhga 
mustaqil xarajatlar smetasiga ega bo‘lib, budjet mablag‘larini 
budjetdan ajratiladigan mablag‘larni bosh taqsimlovchilardan o‘zlari 
boshqarayotgan tashkilotlar xarajatlari uchun va tasarrufdagi tashkilotlar 
o‘rtasida ularni taqsimlash uchun oladigan tashkilotlar rahbarlari kiradi. 
Ularga, masalan, vazirliklar va idoralarning budjetdan ajratiladigan 
mablag‘larni tegishli vazirlik – budjetdan ajratiladigan mablag‘larni bosh 
taqsimlovchidan oladigan ayrim tuzilmalar rahbarlari kirishi mumkin. 
Ikkinchi guruh 
individual xarajatlar smetasiga ega bo‘lib, budjet 
mablag‘larini budjetdan ajratiladigan mablag‘larni bosh taqsimlovchi-
lardan faqat ushbu tashkilotning ehtiyojlari uchun ishlatadigan tashkilotlar 
rahbarlari kiradi. Bu guruhga, oliy o‘quv yurtlari, davolash-profilaktika
muassasalari rahbarlari kiradi. 
Budjetdan ajratiladigan mablag‘larni bosh taqsimlovchilar Respub-
lika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari, 
Toshkent shahar budjeti, shahar va tumanlar budjetlaridan olingan 
mablag‘larni belgilangan tartibda tasarrufidagi tashkilotlar, muassasalar, 
korxonalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobva-
raqlariga o‘tkazadi. 
Budjet muassasalari, korxonalar, xo‘jalik tashkilotlari hamda budjet 
mablag‘larini oluvchi boshqa shaxslar budjet mablag‘larini xarajatlar 
smetalarida nazarda tutilgan, ajratilgan mablag‘lar miqdori va maqsadli 


135
yo‘nalishiga qat’iy rioya etgan holda xarajat qilishlari shart. Budjet 
mablag‘larini xarajatlar smetalarida nazarda tutilmagan tadbirlarga 
yo‘naltirish man etiladi. 
Bank muassasalari xodimlariga ish haqi uchun va budjet tashkilotlari 
xarajatlari uchun tegishli moliya organi tomonidan berilgan ro‘yxatga 
olish varaqchasi taqdim etilganida, ularga mablag‘lar beradi.
Respublikamiz budjet qonunchiligida qabul qilingan davlat budjeti 
mavjud bo‘lmagan holda budjetni ijro etish tartibi nazarda tutilgan. Agar 
keyingi moliya yili uchun bu yil boshlanguniga qadar davlat budjeti qabul 
qilinmagan bo‘lsa, davlat budjeti qabul qilingunicha bo‘lgan davrda 
xarajatlar quyidagi shartlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi: 
– 
boshlangan moliya yilida xarajatlar har oyda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va 
miqdorlarda oldingi moliya yilining so‘nggi choragida budjetdan 
ajratilgan mablag‘larning uchdan bir qismidan oshirilmagan holda amalga 
oshiriladi; 
– 
oldingi moliya yilida qilinmagan budjet xarajatlari amalga 
oshirilmaydi; 
– 
oldingi moliya yilida amal qilgan soliq solish va majburiy 
to‘lovlarni amalga oshirish tartibi davlat budjeti qabul qilinguniga qadar 
o‘z kuchini yo‘qotmaydi. 
Davlat budjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan 
vaqtda moliya yili davomida sarflangan xarajatlar umumiy summasi 
qabul qilingan davlat budjetiga muvofiqlashtirilishi lozim. 
Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va 
mahalliy budjetlarni ijro etish ushbu budjetlar qabul qilingan yilning 1 
yanvaridan boshlanib, 31 dekabrida tugaydi.
Budjet mablag‘larini oluvchilarning joriy yil xarajatlar smetasida 
nazarda tutilgan budjetdan ajratilgan mablag‘larni xarajat qilish huquqi 
joriy moliya yilining 31 dekabrida tugaydi. 
Davlat budjetining foydalanilmagan budjet mablag‘lari, jumladan 
kapital xarajatlar uchun nazarda tutilgan va hisobot yilining 31-dekabriga 
moliyalanmagan qismi o‘zining maqsadli yo‘nalishi kuchini yo‘qotadi va 
keyingi moliya yilida foydalanilmaydi. Davlat budjeti daromadlari va 
xarajatlari moddalari ijro etilgan barcha depozit hisobvaraqlar yopiladi, 
buni adabiyotlarda 
budjetni yakunlash 
deb atash qabul qilingan. Budjetni 
yakunlash 31-dekabrda amalga oshiriladi, bundan keyin hyech qanday 
operatsiyalar qilinmaydi. Joriy yilning 31-dekabrigacha davlat budjetiga 


136
hisoblangan, ammo to‘lanmagan daromadlar ushbu budjet hisobiga 
keyingi moliya yilida o‘tkazilishi kerak. 
Davlat budjetining budjet tashkilotlari tomonidan 31-dekabrgacha 
foydalanilmagan mablag‘lari (kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish 
uchun nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari) olib qo‘yilmaydi. Ular 
joriy moliya yilining oxirgi bank ish kuni Budjet tashkilotlarini 
rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi va qonunchilikda belgilangan 
tartibda foydalaniladi.
Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasiga belgilangan 
muddatlarda o‘tkazilmagan mablag‘lar (agar keyingi moliya yili budjetida 
talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘ida qoldiq mavjud 
bo‘lgan budjet mablag‘larini oluvchilar uchun mablag‘lar ajratilishi 
nazarda tutilgan bo‘lsa) keyingi moliya yili xarajatlarini moliyalashtirish 
hisobiga o‘tkazilishi kerak. Aks holda, ular keyingi moliya yili yanvar 
oyining birinchi o‘n kuni davomida tegishli budjetga o‘tkaziladi.
Budjet tashkilotlari bo‘lmay, budjetdan ajratiladigan mablag‘larni 
oluvchilarning budjet mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit 
hisobvaraqlaridagi budjet mablag‘lari qoldiqlari O‘zbekiston Respublika-
sining xizmat ko‘rsatuvchi banklari tomonidan joriy moliya yilining 
so‘nggi bank ish kuni tegishli budjetlarning asosiy hisobvaraqlariga 
o‘tkaziladi. 
Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va 
mahalliy budjetlarning kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun 
o‘tkazilgan va buyurtmachilarning talab qilib olinguncha asosiy depozit 
hisobvaraqlarida bo‘lgan hamda joriy moliya yilining 31-dekabrigacha 
foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi moliya yili xarajatlarini 
moliyalashtirish uchun hisobga o‘tkaziladi.
Agar keyingi moliya yili budjetida buyurtmachining kapital qo‘yil-
malar uchun xarajatlarini moliyalashtirish uchun budjetdan mablag‘lar 
ajratilishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, joriy moliya yilining 31-dekabrida 
buyurtmachining talab qilib olinguncha asosiy depozit hisobvarag‘idagi 
budjet mablag‘lari qoldig‘i keyingi moliya yili yanvar oyining birinchi 
o‘n kunligi davomida tegishli budjetga o‘tkazilishi kerak.
Davlat budjetini ijro etish barcha darajalardagi hokimiyat ijroiya va 
vakillik organlarining doimiy 
nazorati 
ostida bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining ijro etilishini nazorat 
qilish bo‘yicha asosiy funksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi va uning joylardagi organlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi 


137
Moliya vazirligi, viloyat, tuman, shaharlar hokimiyatlarining moliya 
boshqarmalari va bo‘limlari) zimmasiga yuklatilgan. Bunday nazorat 
jarayonida ular turli darajadagi budjetlar ijrosining yakunlarini ko‘rib 
chiqadi, soliq va bojxona organlari hamda davlat maqsadli 
jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan turli darajalardagi budjetlarga 
mablag‘larning kelib tushishi to‘g‘risidagi axborot, ma’lumotlarni oladi. 
Budjetdan ajratilgan mablag‘larni oluvchilardan budjet mablag‘larining 
kelib tushishi va xarajat qilinishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oladi, 
banklardan budjet mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi, 
budjet mablag‘larini oluvchilarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘z 
vakolati doirasida taftish qiladi va tekshiradi. 
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan taqdim etiladigan davlat budjeti ijrosi yakunlarini har 
chorakda ko‘rib chiqadi. 
Davlat budjetini ijro etish bo‘yicha muhim funksiyalarni o‘z vakolati 
doirasida soliq va bojxona organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari bajaradi. 
Davlat budjetining ijro etilishini nazorat qilish barcha darajalardagi 
hokimiyat vakillik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ushbu 
organlarning nazorat vakolatlari o‘z mazmuniga ko‘ra ijroiya hokimiyat 
organlari vakolatidan farq qiladi. Vakillik hokimiyat organlari davlat 
budjeti ijro etilishini amalga oshirmaydi, balki uning ijrosini faqat nazorat 
qiladi. Nazorat vakolatlari esa, masalan, moliya organlarining Moliya 
vazirligi boshchiligidagi nazorat vakolatlari ularning barcha darajalardagi 
budjetlarni ijro etish funksiyalari bilan uzviy bog‘liqdir. 
Davlat budjetining ijrosini doimiy ravishda nazorat etib turish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi har chorakda uning ijro 
etilishi ahvolini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan taqdim etiladigan axborot asosida ko‘rib chiqadi va u bo‘yicha 
tegishli qarorlar chiqaradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi va Xalq deputatlari Kengashlari ijroiya hokimiyati 
organlaridan tegishli darajalardagi budjetlarning ijrosi to‘g‘risida 
ma’lumotlarni talab qilish, budjetlarga zarur bo‘lgan tegishli tuzatishlar 
kiritish to‘g‘risida topshiriqlar berish va keyin ularni tasdiqlash huquqiga 
ega. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin