144
hisobvarag‘ida
to‘planadi. Ushbu budjetdan tashqari jamg‘arma
quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
– aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan
davlat korxonalarining
birlamchi emissiyasi aksiyalarini sotishdan tushgan daromadlar;
– davlat mulki obyektlarining kimoshdi savdolari, tanlovlar, birja
savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotilishidan tushgan mablag‘lar;
– yer uchastkalarini kimoshdi savdolarida fuqarolarga umrbod meros
qilib sotishdan va qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yer
uchastkalarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar;
– davlat mulkini ijaraga berishda ijara to‘lovidan tushgan daromadlar.
Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan ilgari qarz
oluvchilarga berilgan
kreditlar va qarzlardan olingan kreditlar va ular bo‘yicha hisoblab
yozilgan foizlarning ular tomonidan qaytarilishi shaklida olinadigan
daromadlar va amaldagi qonunchilik bilan belgilangan ayrim boshqa
daromadlar.
Ko‘rsatilgan kreditlar Davlat mulki qo‘mitasining O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar bosh boshqarmasi Hisob-
kitob markazidagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida hamda
Davlat mulki qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
hududiy bosh boshqarmalarida ochilgan talab qilib olinguncha
ikkilamchi
depozit hisobvaraqlarida to‘planadi.
Davlat mulki qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining ikkilamchi
depozit hisobvaraqlarida to‘planadigan davlat mulkini tasarrufdan
chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar har haftada Davlat
mulki qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent
shahar bosh boshqarmasi Hisob-kitob markazidagi
talab qilib olinguncha
depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Davlat mulkini tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan
mablag‘larni taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi
tomonidan har oyda quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
– mablag‘larning 65 foizi davlat budjetiga budjet taqchilligini
qoplash manbai sifatida, ko‘rsatilgan mablag‘lardan investitsion loyiha-
larni moliyalashtirish uchun maqsadli foydalanishga;
– 25 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar hokimiyatlari va Toshkent shahar hokimiyatiga ijtimoiy-
iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirish, bozor infratuzilmasi
institutlarini
shakllantirish uchun;
145
– 5 foizi O‘zbekiston Sanoat-savdo palatasiga tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash uchun;
– 1 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi xarajat-
lariga davlat mulkini sotishda tender savdolarni olib borish bo‘yicha
Davlat komissiyasining qarori bilan xususiylashtirish va axborot ta’minot
bo‘yicha Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun;
– 2 foizi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish,
raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi huzuridagi
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini shakllantirish va korxo-
nalarni
qayta tuzish uchun;
– 2 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi hisob-
varag‘iga farmoyishlar berish va boshqaruv vazifalarini bajarish bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun;
– davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelib
tushadigan xorijiy valutadagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mi-
tasining maxsus valuta hisobvarag‘iga keyinchalik belgilangan tartibda va
to‘liq hajmda Markaziy bankga majburiy sotish sharti bilan o‘tkaziladi.
Milliy valutada olingan mablag‘lar «Davlat mulkini davlat tasarrufidan
chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni hisobga olish,
taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibi»ning 3-bandiga
muvofiq taqsimlanadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari yoki Huku-
matning ayrim qarorlari bilan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar
yoki ularning bir qismi boshqa maqsadlar uchun yo‘naltirilsa, davlat
mulkini tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar
hisobini yuritish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibi
ularning qolgan qismiga amal qiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartib bo‘yicha taqsimlanadigan mablag‘-
larning maqsadli va samarali foydalanishi ustidan nazoratni Moliya
vazirligi amalga oshiradi.
Davlat mulki qo‘mitasi har yili keyingi hisobot oyining 10 sanasiga
qadar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelib tushgan
mablag‘lar va ularning harakati to‘g‘risidagi, shuningdek depozit
hisobvarag‘idan maqsadi ko‘rsatilgan holda amalga oshirilgan xarajatlar
to‘g‘risidagi axborotni Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelib tushadigan
mablag‘lar va ularni sarflash bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar Moliya
vazirligi tomonidan bir yilda kamida bir marotaba tekshiriladi.
146
Aholini ish bilan band qilish sohasida davlat siyosatini amalga
oshirish va mehnat organlarining samarali ish
faoliyatini tashkil etish
bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respub-
likasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida (yangi tahrirda)»
1998-yil 1-maydagi qonuni 21-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respub-
likasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibida ish
bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi
Dostları ilə paylaş: