125
va tasdiqlashning batafsil tartibi (reglamenti) nazarda tutilishi tasodifiy
hol bo‘lmasa kerak.
Masalan, Rossiya Federatsiyasida bunday reglament 1994 va 1995-
yillarda qabul qilingan «Federal budjetni ko‘rib
chiqish va tasdiqlash
tartibi to‘g‘risida»gi maxsus qonunlar bilan mustahkamlangan. Budjetni
vakillik organlari tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash jarayonini
huquqiy tartibga solishga bo‘lgan bunday e’tibor
bir qancha obyektiv
omillar bilan bog‘liq. Birinchidan, bu – budjetning parlamentda
tezlashtirilgan o‘tish jarayonini belgilash yo‘li
bilan moliyaviy
resurslarning parlament tomonidan boshqarilishi tezkorligini ta’minlash
zarurati. Ikkinchidan, taqdim etilgan budjet loyihasini moddalar bo‘yicha
parlament qo‘mitalari va komissiyalarida ko‘rib
chiqish parlament
fraksiyalarining ushbu hujjatga bo‘lgan munosabatini oldindan aniqlash
hamda unga o‘z vaqtida tegishli tuzatishlar kiritish uchun imkoniyat
beradi va h.k.
Ammo bizning respublikamizda davlat budjetini ko‘rib chiqish va
tasdiqlash jarayonlarini belgilab beruvchi qonunchilikning yo‘qligi hali
bunday jarayon yo‘q degan gap emas. Chunki Oliy Majlisda Budjet, bank
va moliyaviy masalalar bo‘yicha qo‘mita tuzilgan bo‘lib, u parlamentning
boshqa qo‘mita va komissiyalari
bilan uzviy hamkorlikda, jumladan
davlat budjeti loyihasini ko‘rib chiqish va unga zarur tuzatishlarni kiritish
bo‘yicha takliflarni tayyorlash bilan bog‘liq masalalar
yuzasidan ish olib
boradi. Mustaqil O‘zbekistonning budjet qonunchiligi hozirgi vaqtda
shakllanish bosqichida bo‘lib, bu bosqich hali tugallanmagan.
Mamlakatimiz butun budjet tizimining samarali ishlashi ko‘p jihatdan
davlat budjetini ko‘rib chiqish va tasdiqlash jarayonini belgilab beruvchi
normalar unda qanchalik to‘liq va obyektiv aks ettirilishiga bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: