O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Budjet tizimini boshqarish sohasida vakillik va ijro hokimiyati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   161
Moliya huquqi

Budjet tizimini boshqarish sohasida vakillik va ijro hokimiyati 
organlarining vakolatlari. 
Sovet davrida va ittifoq davlati parchalan-
ganidan keyin Rossiya Federatsiyasida nashr etilgan moliya huquqiga oid 


115
o‘quv adabiyotlarida alohida paragraflar yoki maxsus bob an’anaviy 
ravishda davlat va uning ma’muriy-huquqiy tuzilmalari (masalan, Rossiya 
Federatsiyasi, Rossiya Federatsiyasi subyektlari hamda mahalliy 
tuzilmalar) budjet huquqlariga bag‘ishlanadi. «Budjet huquqi» atamasi 
ittifoq va Rossiya qonunchiligida hamda yuridik adabiyotlarda davlat va 
ma’muriy-hududiy tuzilmalarning budjet huquqi subyektlari sifatidagi 
maqomini tavsiflash uchun qo‘llangan. «Budjet huquqi» atamasi bilan 
tegishli budjet (davlat budjeti, mahalliy budjetlar)ni tuzish va tasdiqlash, 
muayyan (biriktirilgan va tartibga solinadigan) budjet daromadlarini 
olish, u yoki bu darajadagi budjetni mustaqil ijro etish va ularda nazarda 
tutilgan mablag‘lardan foydalanish kabilar bilan bog‘liq vakolatlarning 
keng doirasi belgilanadi.
Respublikamiz budjet qonunchiligida «budjet huquqi» atamasi 
«Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi bilan muomaladan 
chiqarilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «O‘zbekiston 
Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunini amalga kiritish 
haqida» 2000-yil 14-dekabrdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublika-
sining «O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 
O‘zbekiston Respublikasi mehnatkashlar deputatlari mahalliy Kengash-
larining budjet huquqlari to‘g‘risida» 1961-yil 6-yanvardagi qonuni o‘z 
kuchini yo‘qotdi. «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda O‘zbekiston 
Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa ma’muriyhu-
dudiy tuzilmalar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar)ning budjet huquqlari 
emas, balki mamlakat vakillik va ijroiya hokimiyati markaziy va mahalliy 
organlarning budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolati mustahkam-
langan. 
O‘zbekiston budjet qonunchiligida bunday yondashuv o‘zini to‘la 
oqlay olmasa kerak deb o‘ylaymiz. Gap shundaki, asosiy budjet 
huquqlari, garchi umuman davlatga va uning ayrim ma’muriy-huquqiy 
tuzilmalariga tegishli bo‘lsa-da, ular barcha darajadagi davlat hokimiyat 
va boshqaruv organlarining turlicha vakolatlarida aniqlashtiriladi, ular, 
ilgari ko‘rsatib o‘tilganidek, amalda O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi, viloyat, tuman, shahar budjet huquqini namoyon 
etadi. 
Shu bilan birga, «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda davlat oliy 
vakillik organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolati o‘z 
aksini topmagan, u O‘zbekiston Respublikasi budjet huquqini amalga 
oshiruvchi davlat hokimiyat va boshqaruv markaziy organlari tizimida 


116
alohida o‘rin tutadi, chunki unga budjet huquqiy munosabatlarini tartibga 
solish sohasida bir qancha alohida vakolatlar berilgan. Ushbu holda, 
ehtimol, qonun chiqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakolat-
larining asoslari mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlab berilganligi-
dan kelib chiqqan bo‘lsa kerak. Bu vakolatlarga: davlat budjetini qabul 
qilish; barcha budjetlar daromadlarini tashkil etish uchun kelib tushadigan 
soliqlarni belgilash; budjet munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik 
hujjatlarini qabul qilish va boshqalar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi budjet huquqlari O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan ham amalga oshiriladi. «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunda 
ushbu ijroiya hokimiyati markaziy davlat organlarining budjet 
munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolati mustahkamlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga 
davlat budjeti loyihasini ishlab chiqishni tashkil etish va uni O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish, davlat budjeti ijrosini tashkil 
etish, Moliya vazirligi va Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha davlatning boshqa 
boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish 
vazifalari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimma-
siga davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va 
ulardan foydalanish tartibini belgilash, Davlat budjetini ijro etish 
to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash uchun Oliy Majlisga kiritish vazifalari 
ham yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolatiga davlat 
budjeti loyihasini tayyorlash, davlat budjeti mablag‘larining kelib tushishi 
va xarajat qilinishi tartibini belgilash va nazorat etish kiradi. Shuningdek, 
budjet tashkilotlari xarajatlar smetalari va shtatlar jadvallarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish, budjet mablag‘larini oluvchilar tomonidan Davlat budjeti 
mablag‘laridan foydalanishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy 
hujjatlarni qabul qilish hamda qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlar 
ham shular jumlasidandir. 
Ma’muriy-hududiy tuzilmalarning budjet huquqlari joylardagi davlat 
hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi. «Budjet tizimi to‘g‘risi-
da»gi qonunda vakillik hamda ijroiya organlarining vakolatlari belgilab 
berilgan. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va 
barcha darajadagi xalq deputatlari Kengashi muvofiq ravishda Qoraqal-
pog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni qabul qiladi hamda 
ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi. Ushbu organlar 


117
mahalliy soliqlar va yig‘imlar hamda qonunchilikka muvofiq mahalliy 
budjetlarga kelib tushuvchi boshqa to‘lovlar miqdori va ular bo‘yicha 
imtiyozlarni belgilaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi 
va tegishli hokimiyatlar vakolatiga mahalliy budjetlar loyihalarini tegishli 
ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va barcha 
darajadagi xalq deputatlari Kengashi tomonidan qabul qilish uchun 
taqdim etish, budjetga tushumlarning to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishi 
va budjet mablag‘larini maqsadli xarajat qilish ustidan nazoratni tashkil 
etish vazifalari kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin