O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   161
Moliya huquqi

(lot. dotatio – hadya, xayr-ehson) budjetni tartibga solish 
uslubi sifatida – o‘z daromadlari va budjetni tartibga solishning boshqa 
mablag‘lari, 
xususan, tartibga soluvchi daromadlaridan ajratmalar 
yetishmagan taqdirda xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi farqni 
qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga qat’iy summada beg‘araz 
va qaytarilmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘laridir. 
Budjetni tartibga solishning ushbu uslubi bir qancha kamchiliklarga 
ega bo‘lib, bunga budjetlarda nazarda tutilgan tadbirlarni mablag‘ bilan 
uzluksiz ta’minlab turish uchun joylarda budjetlardan qo‘shimcha daro-
madlarni yo‘naltirishda davlat hokimiyati mahalliy organlari manfaat-
dorligi va moliya organlari javobgarligi pasayishini kiritish mumkin. 
Bundan tashqari, dotatsiya quyi budjetning ijrosini yuqori budjetga – 
daromadlarning to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishiga qaram qilib qo‘yadi, 
mana shu daromadlar hisobidan dotatsiya summalari o‘tkaziladi. Shu 
boisdan budjetni tartibga solish uslubi sifatida dotatsiya faqat shundagina 
qo‘llaniladiki, uning hududida yo‘naltiriladigan barcha tartibga soluvchi 
daromadlar quyi budjetga berilayotganida biriktirilgan va tartibga 
soluvchi daromadlar umumiy summasi rejalashtirilgan barcha xarajatlarni 
qoplamagan, ya’ni budjetni defitsitsiz muvozanatlashtirish-ning boshqa 
barcha uslublari tugagan bo‘lsa.
Subvensiya (lot. subvenire – yordamga kelish) 
yuqori budjetdan quyi 
budjetga muayyan maqsadlarda foydalanish sharti bilan beg‘araz 
ajratiladigan pul mablag‘laridan iborat. Dotatsiyadan farqli ravishda 
subvensiya muayyan bir tadbirni moliyalashtirish uchun ajratiladi va 
undan maqsadli foydalanish tartibi buzilgan holda, u qaytarilishi lozim. 
Bir qancha mamlakatlarda, masalan: AQSH, Italiya, Germaniya, 
Yaponiyada subvensiya mahalliy boshqaruv organlariga markazdan 
tasdiqlangan, o‘z tashabbusi bo‘yicha amalga oshiriladigan muayyan 
dasturlar yoki loyihalarni moliyalashtirish uchun beriladi.
Budjet ssudasi 
yuqori budjetdan quyi budjetga yoki respublika 
budjetidan yuridik shaxs-rezident yoxud chet davlatga qaytarib berishga 
asoslangan holda ajratiladigan mablag‘lardir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, mahalliy budjetlarga budjet 
ssudalarini berish va olingan budjet ssudalarini to‘lash tartibi maxsus 
normativ-huquqiy hujjat bilan belgilangan.
Yuqori budjetdan ssudalar barcha budjet manbalaridan eng ko‘p 
(maksimal) yo‘naltirilgan ssudalar kechiktirib bo‘lmaydigan birinchi 
navbatdagi tadbirlarni moliyalashtirishni ta’minlamagan taqdirda beriladi. 


114
Ular: a) daromadlar tushumlari bilan xarajatlarni amalga oshirish 
o‘rtasidagi rejali vaqtincha kassa uzilishlarini qoplash uchun; b) daro-
madlar tushumlari bilan xarajatlarni amalga oshirish o‘rtasidagi amaldagi 
vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun; d) Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar rejali xarajatlarini maqsadli 
moliyalashtirish sxemalarini amalga oshirish uchun ajratiladi.
Yuqori budjet mablag‘laridan ssudalar quyi budjetga rejali va 
amaldagi vaqtincha kassa uzilishlarini qoplash uchun uch kalendar 
oygacha hamda maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga oshirish 
uchun bir kalendar oygacha muddat bilan berilishi mumkin.
Ssudalar yuqori budjetdan quyi budjetga ajratiladi. Masalan, 
respublika budjetidan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar 
va Toshkent shahar budjetlariga; viloyat budjetidan esa, viloyatga qarashli 
shaharlar budjetlariga va viloyat tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlariga 
ajratiladi va h.k. 
Ssudalar joylardagi hokimiyat ijroiya organlari rahbarlari (ularning 
o‘rinbosarlari)ning yozma arizasi bo‘yicha beriladi. Ular Qoraqalpo-
g‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari va Toshkent 
shahar hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 
jo‘natiladi, tumanlar va shaharlar hokimlari (o‘rinbosarlari) esa, yuqori 
hokimiyatlar organlariga yuboradi. Budjetga daromadlar kelib tushmagan 
yoki budjet xarajatlarini oldindan moliyalashtirish zarurati tug‘ilgan 
hollar hamda qabul qilingan choralar tegishli budjet daromadlari va 
xarajatlari muvozanatini ta’minlamagan sharoitlar ssuda berilishi uchun 
arizaga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 
Ssudalarni qaytarish ssuda berish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsa-
tilgan qat’iy belgilangan muddatlarda, odatda, pul mablag‘lari bilan 
amalga oshiriladi. 
Bizning respublikamiz budjet qonunchiligida budjetni tartibga 
solishning subsidiya (lot. 
subsidium – yordam, qo‘llab-quvvatlash) 
degan 
uslubi qo‘llanmaydi. Budjetni tartibga solishning mazkur uslubi jahon 
amaliyotida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda va uning mohiyati 
shundan iboratki, muayyan tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘lar 
yuqori budjetdan quyi budjetlarning ulushlari bilan ishtirok etishi sharti 
bilan ajratiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin