O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Budjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish va qabul qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161
Moliya huquqi

Budjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish va qabul qilish. 
O‘zbekiston 
Respublikasi davlat budjeti loyihasini tuzishga doir ishlar O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va amalga 
oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli 
hokimiyatlar moliya boshqarmalari (bo‘limlari) Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar loyihalarini tuzishga oid 
ishlarni muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasi daromadlar va 
xarajatlar bo‘yicha mamlakat hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahri iqtisodiyoti rivojlanishining makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlari prognoziga muvofiq tuziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasini tuzish jarayonida 
budjet daromadlarining ularni tashkil etish manbalari bo‘yicha kelib 
tushishi prognozi hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti makroiq-
tisodiy rivojlanish parametrlari loyihasida nazarda tutilgan xalq xo‘jaligi 
tarmoqlarini rivojlantirishda nisbatlarga rioya etish uchun xarajatlar 
prognozini belgilash ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasida xarajatlar nazarda 
tutilgan daromadlardan kelib chiqib, taqchillikning chegara miqdori 
hisobga olingan va uni qoplash manbai aniqlangan holda belgilanadi. 
Keyingi yil uchun mo‘ljallangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjet 
loyihalari, mahalliy budjetlar loyihalarida nazarda tutilgan xarajatlarni 
qoplash uchun o‘tgan moliya yilida tegishli budjetlar natijalari bo‘yicha 
hosil bo‘lgan budjet mablag‘larining bo‘sh turgan qoldiqlar summasi ham 
ishlatilishi mumkin. 
Muayyan davr uchun mo‘ljallangan budjet xarajatlarining uning 
daromadlaridan rejali ortishi – defitsit 
faqat respublika budjeti 
parametrlarida nazarda tutilishi mumkin. Uni qoplash manbalari ichki va 
tashqi qarzlar natijasida jalb etiladigan mablag‘lar, moliya yili boshidagi 
respublika budjeti mablag‘lari qoldig‘i hamda qonunchilik hujjatlariga 
muvofiq boshqa manbalar bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasini tuzish jarayonida 
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy 
budjetlar o‘rtasida mablag‘larni budjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash 
bo‘yicha yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar, shu jumladan tartibga 
soluvchi umumdavlat soliqlaridan respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga ajratiladigan mablag‘lar 
miqdori belgilanadi.


122
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari va xarajatlari 
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy 
budjetlar o‘rtasida chegaralanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi 
makroiqtisodiy rivojlanish parametrlari loyihasi bilan nazarda tutilgan 
tadbirlarni moliyalashtirishni ta’minlash vazifalari, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining umumdavlat ahamiyati-
dagi tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish darajasidan kelib 
chiqiladi. Davlat budjeti loyihasini tuzish jarayoni O‘zbekistonning 
amaldagi budjet qonunchiligi normalarida aniq-ravshan belgilab berilgan 
bir necha ketma-ket bosqichlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ularga:
budjet so‘rovini jo‘natish;
tegishli hududlar budjetlari hamda maqsadli davlat jamg‘armalari 
so‘rovlari va loyihalarini berish; 
davlat budjeti va budjetnomalari loyihasini tayyorlash. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda 
keyingi moliya yili uchun 
budjet so‘rovini 
quyidagilarga jo‘natadi: 
a) respublika budjetidan moliyalanadigan budjet mablag‘larini 
oluvchilarga – ular uch kun davomida budjet buyurtmalarini tuzish 
bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida buyruq chiqaradi; 
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar 
hokimiyatlari va Toshkent shahar hokimiyatiga – ular tomonidan tegishli 
hududlar budjetlari loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligiga taqdim etish uchun. 
Ayni vaqtda budjet so‘rovi davlat maqsadli jamg‘armalarini 
taqsimlovchi organlarga ham davlat maqsadli jamg‘armalari tegishli 
budjetlari loyihalarini tayyorlash uchun jo‘natiladi.
Budjet so‘rovini olgach, respublika budjetidan budjet mablag‘larini 
oluvchilar 
budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish uchun ariza 
(buyurtma) 
tuzadilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar hokimiyatlari va Toshkent shahar hokimiyati esa, O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan shakl bo‘yicha 
tegishli hududlar budjetlari loyihalarini 
tuzadilar. Bu loyihalar 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1) 
daromadlar bo‘yicha 
– soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar kontingenti hamda Davlat budjetiga boshqa 
daromadlar bo‘yicha hisob-kitoblar tegishli mintaqalar va daromadlarning 
har bir turi bo‘yicha alohida tuziladi. 


123
2) 
xarajatlar bo‘yicha 
– ko‘rsatkichlar ro‘yxati, uning asosida budjet 
mablag‘larini oluvchilar budjetdan ajratilgan mablag‘larni olish uchun 
buyurtmalar tuzishi kerak, yana tarmoqlar, shtatlar va kontingentlar 
bo‘yicha ko‘rsatkichlar tuziladi. 
Budjetdan ajratiladigan mablag‘larni oluvchilar budjetdan malag‘lar 
ajratilishi uchun buyurtmalarni belgilangan muddatlarda tegishli moliya 
organlariga taqdim etadilar. Demak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 
mahalliy budjetlardan moliyalanadigan budjet mablag‘larini oluvchilar 
buyurtmalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar hokimiyatlari va Toshkent shahar hokimiyati moliya 
boshqarmalariga joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirilmagan holda, 
respublika budjetidan moliyalanadiganlar esa, O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligiga joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirilmagan holda 
jo‘natadilar. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hoki-
miyatlari va Toshkent shahar hokimiyati, davlat maqsadli jamg‘armalarini 
taqsimlovi organlar keyingi moliya yili uchun mo‘ljallangan tegishli 
budjetlar loyihalarini tuzadilar va ularni O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartib va muddatlarda, ammo joriy yilning birinchi iyulidan 
kechiktirilmagan holda taqdim etadilar. 
Respublika budjetidan mablag‘lar oluvchilarning arizalariga asosan 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjeti loyihasini 
tayyorlaydi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va 
Toshkent shahar budjetlari loyihalari hamda davlat maqsadli jamg‘ar-
malari budjetlari loyihalari ko‘rib chiqilishini hisobga olib, keyingi 
moliya yili uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasini 
tuzadi. Bu loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1) budjet tasnifiga muvofiq ravishda aks ettiriladigan Davlat 
budjetining daromadlari va xarajatlari; 
2) tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga 
ajratiladigan mablag‘lar normativlari hamda ko‘rsatilgan budjetlar 
daromadlari (budjet dotatsiyalari, subvensiyalar bilan birga) va xarajatlar 
miqdori; 
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahar budjetlarining aylanma kassa miqdorlari; 


124
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zahira jamg‘arma-
lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
budjetlari zahira jamg‘armalari miqdorlari (tegishli budjetlar mablag‘lari 
nazarda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun yo‘naltirilishi mumkin 
bo‘lgan doirada); 
5) davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori va uni 
moliyalashtirish manbalari; 
6) davlat ichki va tashqi qarzlari, davlat tomonidan beriladigan 
kreditlar, kafolat jamg‘armasining cheklangan miqdori. 
Davlat budjeti loyihasini tuzgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi vakolatli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda 
tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin