100
bir yuqori budjetga tartibga soluvchilik roli mustahkamlab beriladi.
Bizning mamlakatimizda budjet tuzilishining aynan
shu modeli nazarda
tutilgan.
Budjet tizimi
bir necha darajalardan iborat bo‘lishi mumkin, ushbu
darajalar soni u yoki bu mamlakatning budjet tuzilishi bilan belgilanadi.
Unitar (yagona) davlatlarda budjet tizimi ikki darajadan iborat.
Ularga
markaziy budjet (davlat budjeti) va mahalliy budjetlar kiradi (Fransiya,
Italiya, Yaponiya). Federativ (ittifoq) davlatlarda
budjet tizimi uch
darajaga ega bo‘lib,
federal budjet, federatsiya
subyektlari budjetlari va
mahalliy budjetlarni o‘z ichiga oladi (Rossiya, AQSH, Germaniya va
boshq.).
Mamlakatimiz budjet tizimi quyidagicha:
1) Respublika budjeti (markaziy budjet);
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar.
Bu budjetlar davlat iqtisodiy siyosatini hayotga
tatbiq etishning bosh
dastak (instrument)laridan biri bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi davlat
budjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston
davlat budjeti yagona budjet tizimidan iborat bo‘lib, respublika budjeti,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti
va mahalliy budjetlarni
birlashtiradi. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari
to‘planadi.
Dostları ilə paylaş: