92
Lekin bunday ta’rif, budjet huquqi predmetini tashkil
etgan ijtimoiy
munosabatlar doirasini aniq darajada belgilay olmaydi. Moliya
qonunchiligi ichida budjet huquqi normalari ajratiladi, ko‘pincha esa, ular
moliya huquqining davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini tartibga
soluvchi boshqa normalari bilan qo‘shilib ketadi. Masalan,
soliq huquqi
normalari budjet huquqining davlat budjeti daromadlari xususiyati, tarkibi
va hajmi, ularning kelib tushish tartibi (belgilangan soliqlarni to‘lash
tartibi va muddatlari)ni aks ettiruvchi qismi tomonidan qamrab olinadi.
Shu munosabat bilan «budjet huquqi» tushunchasiga ta’rif berishda uning
predmeti
nafaqat umumiy xususiyatlarini, ya’ni davlat pul mablag‘lari
markazlashtirilgan jamg‘armasini tashkil etish,
taqsimlash va undan
foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni, balki
munosabatlarning aniq turlarini ham nazarda tutish lozim.
Moliya huquqiga oid adabiyotlarda budjet huquqi predmetini tashkil
etuvchi, o‘zining mazmuni va maqsad yo‘nalishlari bilan yagona bo‘lgan
ijtimoiy munosabatlar, ya’ni quyidagilarni belgilash
yoki tartibga solish
bilan bog‘liq munosabatlar yoki normalar blokining aniq turlariga
birlashadi:
-
budjet qurilishi va davlat budjet tizimi;
-
budjet tizimi daromadlar
va xarajatlar tuzilmasi, ularni budjet
tizimi bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash tartibi;
-
davlat va uning subyektlari (ma’muriy-hududiy tuzilmalar)
vakolatlari (budjet huquqlari);
-
budjet jarayonini tashkil etish, ya’ni budjetni shakllantirish tartibi
hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobot;
-
budjet nazorati.
Qayd etilgan
holatlarni hisobga olib,
Dostları ilə paylaş: