O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   161
Moliya huquqi

majburiy va tashabbusli 
bo‘lishi mumkin. Agar 
tashabbusli 
tekshiruv iqtisodiy subyektning qarori bo‘yicha amalga oshiriladigan 
bo‘lsa, 
majburiy audit 
uning xohish-irodasi va istagiga bog‘liq bo‘lmagan 
va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda o‘tkaziladi. Har 
yili majburiy audit tekshiruvi:
-
aksiyadorlik jamiyatlari; 


63
-
banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug‘urta tashkilotlari; 
investitsion va boshqa jamg‘armalar, yuridik va jismoniy shaxslarning 
mablag‘lari, ularning boshqaruvchi kompaniyalari; 
-
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratma mablag‘lari 
ularning asosiy manbalari bo‘lgan xayriya va boshqa ijtimoiy 
jamg‘armalar; 
-
hosil bo‘lish manbalari qonunchilikda nazarda tutilgan, yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan majburiy ajratma-
lardan iborat bo‘lgan budjetdan tashqari jamg‘armalar; ustav jamg‘ar-
masida davlatga tegishli ulushi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda 
o‘tkazilishi shart. 
Majburiy auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi sifatida xo‘jalik 
yurituvchi subyekt ishtirok etadi. Auditorlik tashkilotini tanlash mulk 
egasi, xo‘jalik yurituvchi subyekt qatnashchilari (aksiyadorlari) umumiy 
majlisi bilan kelishiladi. Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan 
bosh tortish xo‘jalik yurituvchi subyektdan eng kam ish haqining ellik 
barobari miqdoridagi jarima undirib olinishi hamda uning rahbarining 
qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab 
bo‘ladi. Jarima to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik 
tekshiruvi o‘tkazilishidan ozod etmaydi. 
Auditning asosiy prinsipi uning mustaqilligi bo‘lib, bunda asosan 
tekshirilayotgan subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risidagi kasbiy 
fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida bo‘lishdan uning ozod 
ekanligini tushunish lozim. Shu bilan birga, yana shuni hisobga olish 
kerakki, audit barcha mamlakatlarda yetarli darajada qattiq tartibga 
solinadi. 
Ayrim davlatlarda (masalan, Fransiyada) bu jarayonga davlat 
aralashib, u audit normasi va normativlarini belgilaydi, auditorlarni va 
auditorlik firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda ularning faoliyati 
ustidan nazorat o‘rnatadi. O‘zbekistonda ham xuddi shunday ahvol tarkib 
topgan bo‘lib, bu yerda davlat auditorlik faoliyatini tartibga solishni faol 
amalga oshiradi. U moliyaviy qiyinchiliklari iqtisodiyotga ta’sir etishi 
mumkin bo‘lgan muhim korxonalarni ajratib, ularda audit o‘tkazish 
majburiy ekanligini belgilaydi, auditorlarga (ma’lumoti, malakasi
imtihonlarni topshirish tartibi, mas’uliyati, javobgarligi va boshqalar 
bo‘yicha) talablar qo‘yadi.
Auditni davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish qonunchilik 
va boshqa normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi, bunda auditorlar 


64
jamoatchilik tashkilotlari tomonidan auditning o‘zini o‘zi boshqarishiga 
katta imkoniyat beriladi. Qayd etish lozimki, har bir mamlakatda jamoat 
tashkilotlarining rivojlanishi va ta’siri turlicha amalga oshiriladi. Masalan, 
AQSH va Angliyada auditorlik faoliyati asosan ixtisoslashtirilgan 
professional jamoat auditorlik tashkilotlari tomonidan tartibga solinadi. 
Ko‘pgina mamlakatlarda mustaqil Auditorlar palatalari ishlab turibdi. 
Ularning asosiy vazifalari auditorlik faoliyati va auditorlar axloq 
normalari bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish, auditorlar ish-faoliya-
tining sifatini nazorat qilish, auditorlik faoliyati bo‘yicha bilimlarini 
attestatsiya qilish va hujjatlar berish hamda auditorlik normalarini buzgan 
shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash (bu davlatga xos 
xususiyat bo‘lmagan mamlakatlarda) kabilardan iboratdir.
Ammo ayrim mamlakatlarda, masalan, Shvetsiyada, garchi Vakolatli 
auditorlar uyushmasi va Tasdiqlangan auditorlar uyushmasi ishlab turgan 
bo‘lishiga qaramasdan, umuman auditorlik faoliyatini tartibga solish 
davlat tomonidan amalga oshirilib, bu bizning Respublikamizga ham xos 
bo‘lgan xususiyatdir. O‘zbekiston Auditorlar palatasi tuzilish jihatidan 
davlat organlari bilan o‘zaro birgalikda harakat qiladi, ammo uning 
auditorlik faoliyatini tartibga solish bo‘yicha asosiy funksiyalari davlat 
tomonidan mustahkamlab qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi 
qonunini amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini 
oshirish, soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik 
xulosalari hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida so‘nggi vaqtlarda 
bizning mamlakatimizda auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibiga 
jiddiy o‘zgartirishlar kiritildi. 
Xususan, belgilab qo‘yildiki, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot 
tuzish ishlari auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan 
mikrofirmalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa 
nazorat organlari tomonidan majburiy tarzda tegishli auditorlik 
tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning 
to‘g‘riligi uchun auditorlik tashkiloti javobgar hisoblanadi. 
Tartiblar to‘g‘risida bir necha nizomlar tasdiqlangan: 
a) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishdan bosh tortganligi 
uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirib olish; 
b) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashki-
lotlariga litsenziyalar berish. 


65
«Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishdan bosh tortganligi 
uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan jarima undirib olish tartibi 
to‘g‘risida»gi nizom qonunchilikka muvofiq majburiy auditorlik 
tekshiruvi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 
nisbatan amal qiladi. 
Jarima solish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy 
auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishdan bosh tortishi asos bo‘ladi. Bunda 
yillik moliyaviy hisobotning auditorlik tekshiruvini hisobot yilidan 
keyingi yilning 1 mayiga qadar o‘tkazilishi hamda auditorlik xulosasining 
yo‘qligi qoidabuzarlik fakti deb topiladi. 
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xo‘jalik 
yurituvchi subyekt o‘zining yillik moliyaviy yil uchun auditorlik 
tekshiruvini hisobot yilining 1 mayiga qadar o‘tkazadi va auditorlik 
tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kunlik muddat ichida tegishli soliq 
organiga auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan 
nusxasini taqdim etadi. 
Auditorlik xulosasining nusxasi belgilangan muddatda soliq organiga 
topshirilmagan holda, xo‘jalik yurituvchi subyekt ushbu organga yozma 
ravishda auditorlik xulosasi yo‘qligi sababini aks ettiruvchi tushuntirishni 
taqdim etishi shart. 
Majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bosh tortilganligi 
sababli auditorlik xulosasi yo‘q bo‘lgan taqdirda, soliq organi xo‘jalik 
yurituvchi subyektga belgilangan tartibda jarima soladi.
Boshqa nazorat organi tomonidan majburiy auditorlik tekshiruvini 
o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan soliq organi 
tomonidan jarima solish chorasi qo‘llanilmaganligi aniqlangan taqdirda, 
tegishli soliq organining mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan 
tartibda javobgar hisoblanadi.
Auditorlik faoliyati (auditorlik tashkilotlarining professional xizmat-
laridan tashqari) yangi qonunchilik bo‘yicha auditorlik teshiruvini 
o‘tkazish uchun faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lgan 
taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Auditorlik faoliyatini litsen-
ziyalash 
– «Auditorlik tashkilotlariga auditorlik faoliyatini amalga 
oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq
olib boriladi. 
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi (litsenziyalovchi organ) tomonidan amalga oshiriladi. 
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizenziya berish, uni 
berishdan bosh tortish, muddatini uzaytirish, tugatish, bekor qilish, 


66
to‘xtatib qo‘yish yoki tiklash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. 
Ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi. Auditorlik 
tashkilotidan qonunchilikda ko‘rsatilmagan hujjatlarning talab etilishiga 
yo‘l qo‘yilmaydi. Auditorlik tashkilotining hujjatlarini ko‘rib chiqish va 
unga litsenziya berish yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish 
muddati litsenziya olish uchun berilgan ariza kelib tushgan va zarur 
hujjatlar olingan kundan boshlab 15 kalendar kunni tashkil etadi.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya u beriladigan 
kundan boshlab besh yil muddatga beriladi. Litsenziya besh yildan kam bo‘l-
gan muddatga faqat auditorlik tashkiloti arizasi bo‘yicha berilishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ auditorlik tashkilotidan ariza olingan kundan 
boshlab uch kun muddat ichida litsenziya berish yoki bermaslik 
to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida uni yozma ravishda xabardor 
qilishi shart. Litsenziya berish to‘g‘risidagi xabarnoma litsenzion bitim 
loyihasi bilan birga bank hisobvarag‘i rekvizitlari ko‘rsatilgan holda (bu 
hisobvaraqqa davlat boji va davlat bojini to‘lash muddati kiritiladi) 
auditorlik tashkilotiga jo‘natiladi. 
Auditorlik tashkiloti davlat bojini to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatni 
taqdim etib, litsenzion bitim imzolanganidan keyin litsenziya beriladi. 
Litsenziya berilganligi uchun eng kam ish haqining to‘rt barobari 
miqdorida davlat boji undirib olinadi.
Litsenziyalovchi organ hujjatlar tegishli ravishda rasmiylashtiril-
maganligi, hujjatlarda noto‘g‘ri va buzilgan ma’lumotlar borligi hamda 
auditorlik tashkilotining litsenziya talablari va shartlariga javob 
bermasligi sababli auditorlik tashkilotiga litsenziya berishni rad etishga 
haqlidir. Boshqa sabablarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga nomuvofiqlik 
uchun litsenziya berishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror asoslab berilgan 
bo‘lib, rad etish sababi va muddati (ushbu muddat davomida auditorlik 
tashkiloti ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib 
chiqish uchun taqdim etishi mumkin) ko‘rsatilgan holda auditorlik 
tashkilotiga yozma ravishda jo‘natiladi. 
Litsenziya berilishini rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni tugatish 
uchun auditorlik tashkilotiga 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddat beriladi. 
Hujjatlar auditorlik tashkilotidan ariza va barcha zarur hujjatlar olingan 
kundan boshlab 10 kun davomida qayta ko‘rib chiqiladi. Auditorlik 
tashkilotining arizasini qayta ko‘rib chiqish uchun yig‘im olinmaydi.


67
Litsenziya berilishini rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni tugatish 
uchun berilgan muddat tugaganidan keyin auditorlik tashkiloti tomonidan 
taqdim etilgan litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza yangidan berilgan ariza 
hisoblanadi.
Litsenziyalovchi organning qarori ustidan auditorlik tashkiloti 
belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin