O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Moliya vazirligi huzurida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161
Moliya huquqi

Moliya vazirligi huzurida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi 
mavjud 
bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh nazorat-taftish 
boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari to‘g‘risidagi 
nizomga asosan faoliyat yuritadi.
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy 
vazifasi budjet jarayonining barcha bosqichlarida budjet intizomiga rioya 
etilishini nazorat qilishdir. 


58
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshqa 
vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: 
-
moliya organlari va budjet muassasalari tomonidan budjet va 
moliya qonunchiligi hamda budjet majburiyatlarining ijrosi bilan bog‘liq 
bo‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash ustidan 
nazoratni amalga oshirish
-
respublika va mahalliy budjetlarning qat’iy ijro etilishi ustidan 
doimiy nazoratni ta’minlash; 
-
moliya organlari va tijorat banklari tomonidan birinchi nav-
batdagi xarajatlar navbatiga rioya etilishi, budjet tashkilotlari xodimlariga 
ish haqi to‘lash, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar berish muddatlari va 
to‘liqligi, shuningdek, budjet muassasalariga ko‘rsatilgan maqsadlar 
uchun naqd pul mablag‘larini berish bo‘yicha faoliyati ustidan nazorat va 
monitoringni amalga oshirish; 
-
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari orqali kam 
ta’minlangan oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlash va 
ularning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish; 
-
paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta 
mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bo‘yicha 
statistik va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi ustidan 
nazoratni amalga oshirish; 
-
paxta xom ashyosi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarning 
miqdori va sifatini baholash hamda ularning hisobotda aks ettirilishi 
bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va o‘tkazish metodologiyasini ishlab 
chiqish va takomillashtirish; 
-
investitsion dasturlarning amalga oshirilishi uchun ajratiladigan 
markazlashtirilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat 
etish; 
-
kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun budjet 
mablag‘larini sarflash limitlariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda 
tekshiruvlar o‘tkazib turish; 
-
budjet muassasalari tomonidan shtatlar jadvali-smeta intizomiga 
rioya etilishini nazorat qilish; 
-
hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining budjet jarayoniga 
noqonuniy ravishda aralashuvi faktlarini to‘xtatish; 
-
davlat valuta mablag‘larining to‘g‘ri va maqsadli sarflanishini 
nazorat qilish; 


59
-
fuqarolarning moliya va budjet intizomi buzilganligi faktlari 
to‘g‘risidagi xat, shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish va h.k. 
Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari o‘z ish-
faoliyatini Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejalariga 
asosan amalga oshiradi. Ular, zarur bo‘lgan hollarda, moliya organlari va 
budjet muassasalari faoliyatini rejadan tashqari taftish va tekshiruvdan 
o‘tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan esa, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish va nazorat qilishadi. 
Davlat moliyaviy nazoratni amalga oshirishda 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin