O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161
Moliya huquqi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi 
va ularning quyi 
tashkilotlari alohida o‘rin tutadi. Moliya-kredit tizimi muassasalari 
tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va maqsadi 
belgilangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi. 


57
Moliya organlarining ko‘p qirrali nazorat faoliyati budjetni 
rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko‘rib chiqish, 
budjet barcha daromadlarini to‘plash, davlat budjeti bilan tegishli moliya 
yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida 
amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat 
moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi asosiy vazifalar 
va funksiyalar yuklangan: 
respublika vazirliklari, qo‘mitalari, idoralari va korxonalari 
tomonidan respublika budjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa 
banklar tomonidan budjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda 
banklar tomonidan kapital qo‘yilmalar va budjetdan ajratilgan mablag‘lar 
hisobidan amalga oshiriladigan boshqa chora-tadbirlarning moliyalanishi 
ustidan nazoratni amalga oshirish
– qimmatli qog‘ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog‘ozlar 
emissiyasi va harakatini nazorat etish, moliya bozorini shakllantirishga 
doir ishlarni muvofiqlashtirish; 
– respublika va mahalliy budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadigan 
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xo‘jalik 
faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi, respublika budjetini tuzish va ijro 
etish bo‘yicha moliya idoralari ishini yaxlit taftish qiladi, zarurat 
bo‘lganda vazirliklar idoralar, birlashmalar, konsernlar, uyushmalar, 
mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi. 
Hukumatning «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik 
tekshiruvlari rolini oshirish to‘g‘risida» 2000-yil 22-sentabrdagi qarori 
bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yangi 
vazifalar yuklandi. Xususan, endi auditorlik tashkilotlarida litsenziya 
shartnomalarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya 
etilishini tekshirishni amalga oshirish ham uning vazifasiga kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin