53
tarmoqlar va hududlar bo‘yicha davlat budjetining daromad qismi
shakllantirilishi va ijrosini moddama-modda, har tomonlama chuqur tahlil
etish, budjet daromadlarining asosiy moddalari bo‘yicha prognoz
ko‘rsatkichlarining realligi va tig‘izligiga
baho berish, bunda yoqilg‘i-
energetika kompleksi, qazib chiqarish sanoati, iste’mol tovarlari ishlab
chiqarish va savdo, iqtisodiyotning daromad hosil qiluvchi boshqa tarmoq
va sohalaridagi zaxiralarni aniqlashga alohida e’tibor qaratish;
agrosanoat kompleksidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy holati monitoringini amalga oshirish, qishloq va suv xo‘jaligini
rivojlantirishga ajratiladigan budjet mablag‘lari hamda budjetdan tashqari
jamg‘armalarning mablag‘laridan maqsadli,
oqilona va samarali foyda-
lanilishini nazorat qilish;
mahalliy budjetlar shakllantirilishi va amalga oshirilishini, ularning
balanslanishini muntazam tahlil etish va nazorat qilish,
mahalliy
boshqaruv va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga
yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish uchun ularga real
moliyaviy mablag‘lar ajratib berish vazifasini hal etish zarurligidan kelib
chiqqan holda respublika va mahalliy budjetlar o‘rtasidagi nisbatni
maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
respublika darajasida ham, mahalliy darajada ham davlat budjetining
ijrosi va davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil qilish
va ta’minlash, davlat xarajatlarini kamaytirish rezervlarini aniqlash,
shuningdek Markazda va joylarda budjet mablag‘laridan qonuniy, maq-
sadli va samarali foydalanilishini, ulardan foydalanishda qonunbuzarliklar
va suiiste’molchiliklarning oldini olish choralarini
amalga oshirish;
budjetdan tashqari jamg‘armalar – Respublika yo‘l jamg‘armasi,
Pensiya jamg‘armasi, Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi, Ish
bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi, Qishloq xo‘jaligini
avanslash jamg‘armasining davlat budjeti tarkibida yig‘iladigan mab-
lag‘lari to‘liq tushishi, ulardan maqsadli, oqilona va samarali foyda-
lanilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish;
o‘tkazilayotgan pul-kredit siyosatini, milliy valutani mustahkamlash,
uning xarid
qobiliyatini oshirish, pul massasi va pul agregatlarini maqbul
holga keltirish, bankdan tashqari pul aylanishini keskin qisqartirish
bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil qilish va baholash;
respublika tashqi savdo oborotining ahvolini chuqur tahlil qilish,
respublika to‘lov balansini shakllantirish
va undan foydalanishni baho-
lash. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) bajarilishi, mahsulot importi maqbul-
54
lashtirilishining ta’minlanishi, eksport tushumlari va xorijiy valutani
sotish to‘la-to‘kis va o‘z vaqtida bo‘lishi monitoringini amalga oshirish.
Ichki valuta bozorida valutaga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish,
ayirboshlash kursi dinamikasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, milliy
valutaning erkin almashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
tashqaridan olinadigan qarzlarning hajmlari va maqsadga muvofiq-
ligini tanqidiy baholash, olinadigan xorijiy kredit va grant mablag‘laridan
samarali
va oqilona foydalanilishini, shuningdek Hukumat tomonidan
yoki uning kafolati bilan olingan tashqi kreditlarga o‘z vaqtida xizmat
ko‘rsatilishini qattiq nazorat qilish;
oltin-valuta zahiralarining holati va uning harakati ustidan nazoratni
amalga oshirish, tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha
amalga oshiri-
layotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish va ularni xorijiy banklarda samarali
joylashtirish va qayta joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, oltin-
valuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho
toshlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlash.
Moliyaviy nazorat bo‘yicha muhim funksiyalarni
Dostları ilə paylaş: