O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161
Moliya huquqi

Moliya intizomi 
deganda, 
davlat va xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va 
ulardan foydalanish vaqtida belgilangan ko‘rsatmalar va tartibga qat’iy 
rioya etilishi 
tushuniladi. Moliya intizomi talablari yuridik va jismoniy 
shaxslar hamda davlat organlari uchun amal qiladi. Shunday qilib, 
moliyaviy nazorat davlat manfaatlarini ta’minlaydi va aniq jismoniy 
shaxslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquq va manfaatlariga 
rioya etilishi (masalan, budjetga to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berish 
to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etilishi, soliqlar to‘g‘ri olinishi kabilarni 
nazorat etish)ga yordam beradi.
Moliyaviy nazorat yalpi ijtimoiy va milliy daromadni tashkil etish, 
taqsimlash va ulardan foydalanish kabi moliyaga xos bo‘lgan sifatlarni 
nazorat etish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, 
moliyaning nazorat funksiyasi moliyaviy nazoratning asosiy qismi bo‘lib, 
moliyaga bo‘lgan ehtiyoj va moliya resurslari majudligi o‘rtasida 
muvozanat bo‘lishiga yordam beradi. Bunda moliyaviy nazoratning 
ishlashi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar nazorat faoliyati barcha 
jabhalarining, xususan, uning chegaralari, amalga oshirish uslub va 
shakllarining aniq tartibga solinishi, nazorat organlari huquqiy maqomi, 
ularning huquq va majburiyatlarini belgilashdan iboratdir.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni hisobga olib, aytish mumkinki, 
moliyaviy nazorat huquq normalari bilan tartibga solingan, davlat va 
nodavlat organlari hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya 
resurslarini boshqarish qonuniyligi va samaradorligini belgilash, moliya 
intizomini ta’minlash hamda aniqlangan tartibbuzarliklarni tugatish va 
ogohlantirish bo‘yicha o‘z vaqtida chora-tadbirlar qabul qilishga doir 
faoliyatidir
.


51
Yuridik adabiyotlarda moliyaviy nazoratning boshqa ta’riflari ham 
berilgan bo‘lib, ular moliyaviy nazorat huquqiy mohiyatining yuqorida 
qayd etilgan o‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidlab o‘tadi. Lekin bu ta’riflar 
nihoyatda katta bo‘lib, shu boisdan ularni tushunib olish qiyin, zeroki ular 
bir xil ma’noga egadir. 
Moliyaviy nazoratning maxsus o‘quv adabiyotlarida berilgan yana bir 
ta’rifi ustida alohida to‘xtalib o‘tish kerak. Xususan, moliyaviy nazorat 
deganda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida davlat pul 
mablag‘larini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha 
harakatlarning qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi ustidan 
o‘rnatiladigan nazorat tushuniladi. Mazkur ta’rif o‘zining qisqa, lo‘ndaligi 
bilan boshqa ta’riflardan ajralib turadi, ammo shu bilan birga, u o‘z 
mohiyati bilan unchalik to‘g‘ri emas. Bu qonuniylik va maqsadga 
muvofiqlikning o‘zaro munosabati to‘g‘risidagi masalaga tegishlidir. 
Adabiyotlarda haqqoniy ravishda qayd etilganidek, maqsadga 
muvofiqlik shaxsga, jamiyatga va davlatga faqat shundagina foyda 
keltirishi mumkinki, agar u qonuniylikka zid bo‘lmasa. Maqsadga 
muvofiqlikka faqat qonuniylik doirasidagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shu 
nuqtai nazardan qonuniylik va maqsadga muvofiqlikni bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yish emas, balki ularning birligi haqida gapirish mumkin. 
Amaliyotda an’anaviy ravishda tarkib topgan yondashuv nuqtai nazaridan 
maqsadga muvofiqlik haqiqatan ham jamiyat foydasi uchun qonunlardan 
har qanday chetga chiqish, hattoki eng kichik chetga chiqish uchun ham 
huquq bermaydi. Bu holda maqsadga muvofiqlik qonunda unga tegishli 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan mustahkamlanishi kerak. 
Moliyaviy nazorat bir qancha elementlardan tarkib topgan bo‘lib, 
ularning majmui murakkab bo‘lgan maqsad tizimida ifodalanadi. 
Moliyaviy nazorat tizimini quyidagi elementlar yoki tuzilmaviy 
darajalarga ajratish to‘g‘ridir: 
davlat nazorati, auditorlik nazorati 
(uni 
mustaqil nazorat deb ham atashadi), 
ichki nazorat 
(ya’ni xo‘jalik 
subyektlari, tashkilotlar va muassasalar darajasida amalga oshiriladigan 
nazorat).

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin