O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161
Moliya huquqi

individual subyektlari 
O‘zbekiston Respublikasi 
fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar 
bo‘lib, ular teng moliyaviy-huquqiy subyektlikka ega va shu munosabat 
bilan qonunchilikda «jismoniy shaxslar» sifatida belgilanadi. Moliya 
huquqi subyektlarining ushbu toifasi asosan soliqlar va yig‘imlarni 
to‘lashga doir munosabatlarda ishtirok etadilar. Shu tariqa jismoniy 
shaxslar daromad solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer osti 
boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug‘ullanish huquqini olish uchun ro‘yxatdan o‘tish yig‘imi va h.k.ni 
to‘lovchilar hisoblanadi.
Tuzilgan (ijtimoiy-hududiy tuzilmalar) yoki davlat ro‘yxatidan o‘tgan 
kunidan boshlab (jamoa subyektlari) huquqiy va yuridik salohiyati bir 
vaqtda boshlanadigan moliya huquqi boshqa subyektlaridan farqli 
ravishda, jismoniy shaxsning moliyaviy-huquqiy qobiliyati uning 
tug‘ilgan kunidan, yuridik salohiyati esa muayyan yoshga yetgan vaqtidan 
boshlanadi. Avval ko‘rsatilganidek, moliya huquqi subyekti deb faqat 


45
huquqiy subyektlikka, ya’ni ayni bir vaqtda ham huquqiy qobiliyatga, 
ham yuridik salohiyatga ega bo‘lgan shaxsgina tan olinishi mumkinligi 
munosabati bilan barcha jismoniy shaxslar ham bu sifatda ishtirok eta 
olmaydilar. Qonunchilikda jismoniy shaxsning moliyaviy-xuquqiy 
qobiliyati to‘g‘risidagi masala bir xilda hal etilgan. Moliya huquqida 
(xususan, Soliq kodeksida) O‘zbekiston huquq tizimining boshqa ayrim 
tarmoqlaridan farqli ravishda, jismoniy shaxsning moliyaviy yuridik 
salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus normalar yo‘q. 
Jismoniy shaxsning moliyaviy (soliqqa oid) yuridik salohiyati 
ko‘pincha fuqarolik va mehnat bo‘yicha yuridik salohiyatlardan kelib 
chiqadi. Masalan, Fuqarolik kodeksi 27-moddasiga muvofiq o‘n to‘rt 
yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan o‘smirlar ota-
onalari, ularni farzandlikka oluvchilar va homiylarning roziligisiz 
mustaqil ravishda:
1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish; 
2) fan, adabiyot yoki san’at asarlari, ixtiro yoki qonun bilan muhofaza 
etiladigan o‘z intellektual faoliyati natijalariga mualliflik huquqini amalga 
oshirish; 
3) qonunchilikka muvofiq kredit muassasalariga qo‘yilmalar qo‘yish 
va ularni tasarruf etish huquqiga ega. Ushbu shaxslar mustaqil ravishda 
ko‘rsatilgan bitimlar bo‘yicha mulkiy javobgar hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasiga muvofiq shaxsni o‘n olti 
yoshdan ishga qabul qilishga ruxsat beriladi. Bunda ota-onalardan biri 
yoki ularning o‘rnini o‘taydigan shaxsning yozma roziligi mazkur holda 
talab qilinmaydi.
Shunday qilib, jismoniy shaxslarning amaldagi soliq bo‘yicha yuridik 
salohiyati 14 yoshda, mehnat huquqi normalari bo‘yicha esa, 16 yoshda 
boshlanadi, chunki shu yoshdan boshlab ular tegishli soliq to‘lovlari 
obyekti bo‘lgan daromadlar va mulkning egalari bo‘lishi mumkin. 
Moliya huquqi individual subyektlari qatoriga mansabdor shaxslar 
ham kiradi. Bu moliya sohasidagi ma’muriy qoidabuzarliklar bilan 
bog‘liq bo‘lgan huquqiy munosabatlar uchun xosdir. Masalan, mansabdor 
shaxslar daromad yoki foyda yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni 
yashirgani, kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va to‘lov intizomini 
buzganligi, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonalar inkasso 
topshiriqnomalarini o‘z vaqtida bermagani uchun ma’muriy javobgar 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksning 15-moddasiga muvofiq mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 


46
korxona, muassasa, tashkilotda lavozim egallab, uning zimmasiga 
rahbarlik qilish, tashkil etish, farmoyish berish, tekshirish-nazorat qilish 
kabi vazifalar yoki moddiy boyliklar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan 
majburiyatlar yuklangan bo‘lsa, mansabdor shaxs deb tan olinadi. 
Ba’zan moliya huquqining individual subyektlari sifatida mansabdor 
shaxslarning aniq bir toifalari ham (misol uchun boj undirib olish 
bo‘yicha munosabatlarda davlat notarial idoralarining notariuslari) ko‘rib 
chiqiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin