O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   161
Moliya huquqi

jamoa subyektlari 
davlat moliyaviy faoliyati 
sohasida tegishli yuridik majburiyatlar va huquqlar majmuini olish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan hamda ularning amalga oshirilishi uchun mas’ul 
hisoblangan odamlarning tashkiliy va alohida ajratilgan turli xil birik-
malaridir. Ular qatoriga, odatda, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan 
turli 
davlat organlari va tashkilotlari 
(
korxonalar, muassasalar
) kiradi.
Davlat organlari 
moliya huquqi subyektlari jumlasiga kiradi, chunki 
ularning ishtirokisiz huquqiy munosabatlar amalda yuzaga kelishi 
mumkin emas. Demak, davlat organlari moliyaviy-huquqiy munosabat-
larning majburiy qatnashchilari qatoriga kirib, bu moliyaviy faoliyatning 
davlat-hokimiyat xususiyati va uning huquqiy tartibga solish uslubining 
o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.


43
Moliyaviy faoliyat davlat hokimiyati yoki davlat boshqaruvini 
amalga oshirish ko‘rinishida kechar ekan, ko‘rib chiqilayotgan jamoa 
subyektlari doirasining o‘ziga xos xususiyati unda organlar, vakolat va 
ijroiya hokimiyatining mavjudligi hisoblanadi. Vakolatli hokimiyat 
organlari (Oliy Majlis, Xalq deputatlari kengashi) asosan budjet jarayoni 
(budjetlarni va ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish, 
tasdiqlash) bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarda moliya huquqining 
jamoa subyektlari sifatida ishtirok etadi. Ammo boshqa nuqtai nazar 
mavjud bo‘lib, unga asosan davlat vakolatli organlari ko‘rsatilgan 
munosabatlarda moliya huquqining jamoa subyektlari sifatida emas, balki 
davlat nomidan moliya huquqi subyektlari sifatida qatnashadi.
Masala bu tarzda qo‘yilganida, moliya huquqi jamoa subyektlari 
sifatida boshqa davlat organlarini, xususan, ijroiya hokimiyati organlarini 
ham tan olib bo‘lmaydi, ular budjet jarayoni bo‘yicha ushbu va boshqa 
ko‘pgina munosabatlarda xuddi shu tarzda, o‘z nomidan emas, balki 
davlat nomidan ishtirok etishadi. Mazkur holda davlat organlari (shu 
jumladan vakolatli organlar)ni moliya huquqining jamoa subyektlariga 
kiritish yoki kiritmaslik to‘g‘risidagi masala ular ishtirok etishi mumkin 
bo‘lgan huquqiy munosabatlarning xususiyatiga qarab emas, balki asosan 
bunday subyektlar tushunchasining o‘zini belgilaydigan malaka belgi-
laridan kelib chiqqan holda hal qilinishi zarur. 
Moliya huquqi jamoa subyektlarining eng ko‘p sonli guruhini ijroiya 
hokimiyati davlat organlari tashkil etadi. Ular orasida umumiy vakolatga 
ega bo‘lgan davlat organlari (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, davlat 
hokimiyati mahalliy organlari), shuningdek, maxsus vakolatli organlar 
(Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshq.) mavjud. 
Moliya huquqi jamoa subyektlarining mustaqil guruhiga adabiyot-
larda Markaziy bankni kiritadilar va bunday yondashuv o‘zini to‘la 
oqlaydi, bu uning huquqiy maqomining o‘ziga xos xususiyatlari bilan 
bog‘liqdir: u ayni vaqtda maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organi 
hamda tijorat tashkiloti huquqlariga ega bo‘lgan yuridik shaxs ham 
hisoblanadi.
Tashkilotlar (korxonalar, muassasalar)
moliya huquqining jamoa 
subyektlari sifatida, odatda, yuridik shaxs maqomiga ega. Ko‘p hollarda 
tashkilotning bunday maqomi uni moliya huquqi subyekti deb tan olish 
uchun asosiy belgi hisoblanadi. Masalan, respublika soliq qonunchiligi 
bo‘yicha belgilangan barcha soliqlarni to‘lash bo‘yicha yuridik 


44
majburiyat va huquqlar, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan 
soliqdan tashqari, ayni mana shu yuridik shaxslarning zimmasiga 
yuklanadi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitlarida moliya huquqining jamoa 
subyektlari sifatida tashkilotlarning doirasi anchagina kengaydi. Agar 
sobiq Ittifoq davlatida moliya huquqi subyektlari sifatida davlat va jamoa 
xo‘jaligi – kooperativ mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar mavjud 
bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda mulkchilikning boshqa shakllaridagi ko‘p 
sonli tashkilotlar, shu jumladan xususiy korxonalar ham yuzaga keldi. 
Turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi yuridik shaxslar: aksiyadorlik 
jamiyatlari, tijorat banklari, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, ishlab 
chiqarish kooperativlari, unitar korxonalar, fermerlik xo‘jaliklari, jamoat 
birlashmalari va jamg‘armalarning paydo bo‘lishi ham bu bilan bog‘liq. 
Moliya huquqi barcha subyektlarining farqlanib turuvchi xususiyati 
shundan iboratki, ularning moliyaviy-huquqiy subyektligi davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab yuzaga keladi.
Moliya huquqi jamoa subyektlari sifatida ijtimoiy-madaniy
ma’muriy-siyosiy va sud faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli davlat 
organlari tomonidan tuziladigan 
muassasalar 
ham mavjud. Bunda ular 
budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olish va ulardan foydalanish hamda 
shu munosabat bilan smeta jarayonida qatnashish bilan bog‘liq bo‘lgan 
huquqiy munosabatlarda moliya huquqi subyektlari bo‘ladilar. 
Moliya huquqining 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin