O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   161
Moliya huquqi

3. Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning 
obyektlari va subyektlari 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar o‘z obyektlariga egadir. Bu obyekt-
lar, eng avvalo, pul va pul majburiyatlaridir. Ko‘pchilik hollarda bunday 
obyektlar qatoriga pul yoki pul majburiyatlarining bevosita o‘zigina 
kirmasdan, pul mablag‘ining to‘planishi va sarflanishini ta’minlovchi 
tartib-qoidalar, moliyaviy munosabat ishtirokchilarining qonun doira-
sidagi xatti-harakati kiritilishi mumkin.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar ikki tomonlama munosabatlar 
bo‘lib, unda majburiyatlarning bajarilishini hammadan va har doim talab 
qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat (uning moliya, soliq, kredit 
muassasalari), ikkinchi tomondan esa moliyaviy-huquqiy normalar 
qaratilgan boshqa shaxslar (davlat va jamoat idoralari, yuridik va
jismoniy shaxslar) ishtirok etadilar. Ikkinchi tomon, ya’ni moliya 
idoralari bilan aloqaga kirishayottan shaxslar o‘z majburiyatlarini bir 
tomonlama, evaziga hech bir talabsiz so‘zsiz bajarishlari lozim bo‘ladi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarda davlat nomidan ish ko‘rish 
vakolatiga ega bo‘lgan idoralarning huquqiy holatlari ular haqidagi 
maxsus qonunchilik hujjatlariga binoan belgilab qo‘yiladi (masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi qonun).
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar 
– munosabat obyekti, munosabat 
subyekti, munosabat mazmunini tashkil etadi. 
Bu munosabatlarning ikkinchi tomoni bo‘lgan shaxslar faqat majbu-
riyatga ega bo‘ladilar va bu majburiyat mazmuni huquqiy munosabatni
yuzaga keltirgan muayyan huquqiy hujjat bilan belgilanadi. 
Moliya huquqi subyektlari tushunchasi va tizimi. 
Moliya huquqi 
normalari talablari moliyaviy-huquqiy munosabatlarning ko‘p turliligi 
orqali ro‘yobga chiqib, ushbu munosabatlarning tegishli subyektlarisiz 


39
yoki qatnashchilarisiz ularning mavjud bo‘lishi mumkin emas. Har 
qanday moliyaviy-huquqiy munosabat yuzaga kelishi uchun kamida ikki 
shaxsning mavjud bo‘lishi, buning ustiga ularning subyektlari bo‘lish 
uchun potensial qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Bunday shaxslar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin