moliya huquqi subyektlari bo‘lib, ular moliyaviy-huquqiy normalarga amal
qilgan holda, davlat tomonidan belgilangan va muhofaza etiladigan,
moliyaviy-huquqiy majburiyatlar va huquqlarni olish
imkoniyatiga ega
bo‘lgan va ularning amalga oshirilishi uchun yuridik jihatdan javobgar
bo‘lgan shaxslardir. Muvofiq ravishda
moliya huquqi normalari bilan davlat moliyaviy faoliyati sohasida majburiyatlar va huquqlar berilgan har bir shaxs moliya huquqi subyekti sifatida ko‘rib chiqiladi yoki, boshqacha aytganda, bu shunday majburiyatlar va huquqlar egalaridir .
Yuridik huquq va majburiyatlar moliya huquqi subyektlariga,
ularning aniq bir huquqiy munosabatlarda ishtirok etish- etmasligidan
qat’i nazar, tegishlidir. Shu sababli aniq bir moliyaviy-huquqiy
munosabatlarda ishtirok etishning o‘zi emas, balki ishtirok etish
imkoniyati ularga xosdir. Moliya huquqi subyektlari moliyaviy-huquqiy
normalar bilan belgilangan muayyan shartlarga rioya etgan holda,
moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlari, ya’ni ularning aniq
qatnashchilari bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan «
moliya huquqi subyekti» va «
moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyekti» tushunchalari
nisbati to‘g‘risidagi masala qonuniydir. Birinchi qarashda ular bir xil
tartibli tushunchalardir, chunki unisining ham, bunisining ham ro‘yxati
aynan bittadir. Agar ushbu holat e’tiborga olinmasdan, moliyaviy huquq
va majburiyatlarning ko‘pgina egalari aniq moliyaviy-huquqiy munosa-
batlarda turlicha sabablarga ko‘ra o‘zlarining potensial imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqara olmasligidan kelib chiqilsa, tabiiyki, ular moliya
huquqining subyekti bo‘lib qolib, ushbu munosabatlarning subyektlari
bo‘lmaydi. Moliya huquqi subyekti aniq bir moliyaviy-huquqiy
munosabatlarga kirishayotgan vaqtda, mazkur munosabatlarda yangi
maqom olayotganida – qatnashchi bo‘lganida ham o‘zining sifatlarini
saqlab qoladi. Demak, «
moliya huquqi subyekti» tushunchasi «
moliyaviy- huquqiy munosabatlar subyekti» tushunchasiga nisbatan kengroq ekan.
Moliya huquqi subyektlari, agar ular