O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


moddiy va protsessual huquqiy munosabatlarga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161
Moliya huquqi

moddiy va protsessual huquqiy munosabatlarga 
ajratish 
qabul qilingan. 
Moddiy 
moliyaviy-huquqiy munosabatlar moliya huquqi subyekt-
larining moliyaviy-huquqiy normalar materiallarida mustahkamlangan 


35
huquq va majburiyatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Bu 
huquqiy munosabatlar moliyaviy rejalarda nazarda tutilgan muayyan 
miqdordagi pul mablag‘larini moliyaviy-huquqiy munosabatlar qatnash-
chilari ixtiyoriga berish va ulardan belgilangan maqsadda foydalanish 
bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy-hokimiyat vakolatlar orqali ham, mulkiy 
huquq va majburiyatlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin. 
O‘z mazmuniga ko‘ra, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyat va 
boshqaruv organlari, viloyatlar va Toshkent shahri o‘rtasida tegishli 
ma’muriy-hududiy birliklarga respublika budjetidan qat’iy aniq belgi-
langan maqsad bo‘yicha foydalanilishi lozim bo‘lgan budjet subvensiya-
larini ajratish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan moliyaviy-huquqiy 
munosabatlar moddiy hisoblanadi. Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar o‘rtasida moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha yuzaga 
keladigan huquqiy munosabatlar ham mazmuni bo‘yicha shunday 
munosabatlardir. Soliq to‘lashi lozim bo‘lgan soliq to‘lovchilar bilan soliq 
to‘lanishini talab qilish huquqi berilgan soliq organlari o‘rtasidagi 
huquqiy munosabatlar moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlarga yana 
bir misoldir va bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Bu o‘z 
xususiyati va maqsadli yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab turli moliya huquqi 
moddiy normalarining mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosida u yoki 
bu moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlar yuzaga keladi. 
Protsessual 
moliyaviy-huquqiy munosabatlar davlat pul jamg‘arma-
larini taqsimlash tartibi, ulardan foydalanishni nazorat qilish shakl va 
uslublarini belgilash munosabati bilan yuzaga keladi. Ushbu huquqiy 
munosabatlar asosan davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo‘lib, bu 
xususiyat ushbu huquqiy munosabatlar tomonlarining subyektiv protses-
sual huquq va majburiyatlarini qat’iy belgilash va tartibga solishda 
namoyon bo‘ladi. Protsessual moliyaviy-huquqiy munosabatlarga budjet 
jarayoni, soliq ishlarini olib borish va boshqa sohalarda yuzaga keladigan 
huquqiy munosabatlar kiradi. Ushbu huquqiy munosabatlarning eng 
muhim o‘ziga xos xususiyatlari davlat organlarining belgilangan shakl va 
turdagi hujjatlaridan foydalanish, u yoki bu harakatlarni amalga oshirish 
vaqtida muayyan izchillik va muddatlarga rioya etishdan iborat. 
Ko‘rsatilgan barcha xususiyatlarni o‘zida mujassamlantirgan protsessual 
moliyaviy-huquqiy munosabatlarga budjetnoma bo‘yicha huquqiy 
munosabatlar misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, «Budjet 
tizimi to‘g‘risida»gi qonunning 28-moddasiga muvofiq O‘zbekiston 


36
Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan ko‘rsatkichlar ro‘yxati 
bo‘yicha budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va uni 15-sentabrgacha 
Hukumatga taqdim etadi, keyin u joriy yilning 15-oktabridan kechik-
tirilmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomoni-
dan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin