O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   161
Moliya huquqi

yuridik xatti-harakatlar 
ham kiradi. Bunday 
harakatlarga yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan soliq solinadigan 
mulkka, shuningdek, jismoniy shaxs tomonidan yerga qonunchilikda 
belgilangan tartibda ega bo‘lish misol bo‘la oladi. Bu harakatlar o‘zining 
asosiy mazmuniga ko‘ra fuqarolik huquqiy munosabatlari hisoblanib, 
moliya huquqi nuqtai nazaridan tegishli moliyaviy munosabatlarni, masalan, 
soliq huquqiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi 
yuridik xatti-
harakatlardir
.
Noqonuniy harakatlar 
moliyaviy-huquqiy normalar talabla-
riga muvofiq kelmaydi, ularni buzadi. Bu, avvalambor, qoidabuzarliklar 
bo‘lib, ular moliya huquqi normasida nazarda tutilgan yuridik javob-
garlikning tegishli choralarini aybdorga nisbatan qo‘llash bilan bog‘liq 
bo‘lgan moliyaviy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishiga sabab 
bo‘ladi. Masalan, litsenziyasiz faoliyat turlari bilan shug‘ullanganlik uchun 
ushbu faoliyatdan olingan barcha daromad yoki foyda hamda shu 
miqdordagi jarima undirib olinadi. Aniq moliyaviy-huquqiy munosabatlarni 
yuzaga keltiruvchi harakatsizlik ham noqonuniy bo‘lishi mumkin. Misol 


33
uchun, soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash uchun zarur bo‘lgan 
deklaratsiya, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmagani uchun 
to‘lovchidan muddati o‘tgan har bir kun uchun bir foiz miqdorida, ammo 
tegishli to‘lov summasining o‘n foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima 
undirib olinib, belgilangan to‘lov muddatida tegishli hisobot davri uchun 
ilgari hisoblangan to‘lovlar olib tashlanadi. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi va 
tugallanishiga asos bo‘lgan 
hodisalar 
odamlarning xohish-irodasiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda sodir bo‘ladigan voqyea-hodisalardir (bolaning 
yoshi, o‘lim, tabiiy ofat va boshq.). Masalan, o‘n olti yoshgacha ikki nafar 
va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz onalar jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar olish huquqiga ega bo‘lib, 
mazkur soliq to‘lashdan qisman, har bir to‘liq oy uchun eng kam ish 
haqining to‘rt barobari miqdorida ozod etiladi. Jismoniy shaxslarning 
vafot etgan oila a’zolariga yoki oila a’zolarining vafoti bilan bog‘liq 
ravishda eng kam ish haqining o‘n barobari miqdorida yil davomida 
ko‘rsatiladigan moddiy yordam shaklidagi daromadlariga soliq solin-
maydi. Tabiiy ofatlar yuz bergan hollarda ularning oqibatlarini tugatish 
uchun zahira jamg‘armalardan moliyaviy mablag‘lar ajratiladi, ular ushbu 
mablag‘larni belgilangan maqsadlarda ishlatish bo‘yicha tegishli mo-
liyaviy munosabatlarni yuzaga keltiradi. 
Moliya huquqiga oid adabiyotlarda shunday fikr mavjudki, unga 
asosan moliyaviy-huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi yuridik 
faktlar –hodisalarga muddatlar ham kiritilishi kerak. Bu fikr real 
vaziyatlarga to‘liq muvofiq kelavermaydi, deb tasavvur qilinadi. Gap 
shundaki, muddatlar moliya huquqida yuridik faktlar sifatida anchagina 
katta rol o‘ynaydi, ular oxir-oqibatda hisobga olinadi, obyektiv emas, 
balki subyektiv omillar bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, moliya 
huquqida muddatlar odamlarning xohish-irodasiga va, xususan, hamma 
vaqt subyektiv xususiyatga ega bo‘lgan qonun chiqaruvchining xohish-
irodasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Yuqorida keltirilgan va ko‘pincha maxsus manbalarda uchraydigan 
yuridik faktlar tasnifidan tashqari, boshqa tasniflar ham mavjud. 
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi va 
tugallanishi uchun asos bo‘lgan yuridik faktlar birlamchi va hosila yuridik 
faktlarga, tuzilmaviy murakkabligi mezoni bo‘yicha, ular harakatining 
xususiyati bo‘yicha, tarkiblarining aniqlik darajasi va hokazo bo‘yicha 
tasnif qilinadi. 


34

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin