O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Moliyaviy-huquqiy normalarning tasnifi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161
Moliya huquqi

Moliyaviy-huquqiy normalarning tasnifi. 
Moliyaviy - huquqiy 
normalarni bir necha asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin. Moliyaviy-
huquq munosabat ishtirokchilariga ta’sir etish uslubiga ko‘ra, 
moliyaviy-
huquqiy normalar 
quyidagilarga bo‘linadi: 
a) 
majburlovchi moliyaviy-huquqiy normalar 
bu normalar 
moliyaviy-huquqiy munosabat ishtirokchilaridan ma’lum bir harakatlarni 


26
amalga oshirishlarini talab etadi va bu sohadagi ularning majburiyatlarini 
belgilab beradi. Masalan: majburlovchi normalar soliq organlariga soliq 
to‘lovchilarni soliq summasi va muddati to‘g‘risida xabar berishlarini 
yoki fuqarolarga bu to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashlarini ko‘rsatib 
beradi; 
b) 
taqiqlovchi moliyaviy-huquqiy normalar 
– bu normalar ma’lum bir 
harakatlarni sodir etilishini taqiqlab qo‘yadi. Masalan: banklarga soliq 
to‘lovchilarning to‘lovlarini budjetga o‘tkazishni keyinga qoldirishi 
taqiqlangandir yoki qonunchilik tomonidan individual xarakterdagi soliq 
imtiyozlarini berish taqiqlangan.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, taqiqlovchi normalarga qara-
ganda majburiyat yuklovchi xarakterdagi moliyaviy-huquqiy normalar 
ko‘proq uchraydi
d) 
vakolat beruvchi moliyaviy-huquqiy normalar 
– bu normalar 
moliyaviy munosabat ishtirokchilarining belgilangan doirada ma’lum bir 
mustaqil harakatlarni amalga oshirish huquqini belgilaydi, qat’iy 
belgilangan doirada mustaqil qarorlarni qabul qilish imkoniyatini beradi. 
Vakolat beruvchi normalarga ham imperativlik xususiyati xos bo‘lib, 
belgilangan doira chegarasidan chetga chiqish mumkin emas. Masalan: 
mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun asosida mahalliy yig‘imlarni 
joriy etish huquqiga ega. Tashkilotlar esa belgilangan budjet to‘lovlarini 
to‘lagandan so‘ng, daromadga mustaqil ravishda egalik qilishadi. 
Hozirgi bozor munosabatlarini rivojlantirish davrida vakolat beruvchi 
moliyaviy-huquqiy normalar keng qo‘llanilmoqda. 
Moliyaviy-huquqiy normalar mazmuniga ko‘ra,
moddiy 
va 
protses-
suallarga 
bo‘linadi. 
Moddiy moliyaviy-huquqiy normalar 
tashkilotlar va 
fuqarolarning davlat oldidagi pul majburiyatlarining turi va hajmini, bank 
kreditlarini tashkil etish manbalarini, budjet, budjetdan tashqari jamg‘ar-
malardan xarajat qilish turlarini, ya’ni moliyaviy-huquqiy munosabat 
ishtirokchilari yuridik huquq va majburiyatlarining moddiy mazmunini 
mustahkamlaydi. 
Protsessual moliyaviy-huquqiy normalar 
davlat pul jamg‘armalarini 
yig‘ish, taqsimlash va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyat tartibini 
belgilab beradi. 
Moddiy moliyaviy-huquqiy normalar orqali moliyaviy-huquqiy 
munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilab berilsa, 
protsessual moliyaviy-huquqiy normalar orqali bu huquq va majbu-


27
riyatlarni amalga oshirish tartibi belgilanadi, ya’ni moddiy normalar 
protsessual normalar orqali amalga oshiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin