20
solinadi. Keyingi vaqtlarda bank kreditining keng qo‘llanilishi sababli,
kredit munosabatlarini tartibga solishda fuqarolik huquqining roli oshib
bormoqda.
Ba’zi hollarda fuqarolik-huquqiy va
moliyaviy-huquqiy munosa-
batlarni bir-biridan ajratish mushkuldir. Masalan, kredit-hisob-kitob
munosabatlari. Bunda kredit muassasalari bir vaqtning o‘zida
nazorat
organi (moliya huquqi) sifatida hamda xo‘jalik yurituvchi yuridik shaxs
(fuqarolik huquqi) sifatida harakat qiladi.
Moliya huquqi fuqarolik huquqidan, birinchi navbatda, tartibga solish
predmetiga
qarab farqlanadi, ya’ni moliya huquqi pul mablag‘larini
to‘plash va taqsimlash funksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy muno-
sabatlarni tartibga soladi; ikkinchidan, tartibga solish usuliga –
subyektlarning huquqiy holati, munosabatlarning yuzaga kelish va bekor
bo‘lish
asoslari, subyektlarning huquq va majburiyatlarini himoya qilish
va boshqa usullarga qarab farqlanadi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
shundaki, moliyaviy munosabatlarda ishtirok etuvchi tomonlarning biri
davlat nomidan harakat qiladi va hokimiyat vakolatiga ega bo‘ladi.
Moliyaviy munosabatlar davlat akti asosida,
bir tomonlama tartibda
yuzaga kelishi mumkin. Bu munosabatlarda ishtirok etuvchi tomonlar
teng huquqlarga ega emas hamda ular huquq va majburiyatlarning
hajmini o‘zlari belgilashga yoki o‘zgartirishga haqli emas. Moliyaviy
munosabatlar ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, ko‘pgina
hollarda, ma’muriy tartibda himoya qilinadi.
Lekin bu huquq va
majburiyatlarning sud tartibida himoya qilinishini inkor etmaydi.
Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan munosabatlarda ishtirok
etuvchi tomonlar teng huquqlarga ega. Bu munosabatlar ko‘pincha ikki
tomonning xohishi bilan yuzaga keladi. Tomonlarning huquq va
majburiyatlari esa, sudlarda yoki xo‘jalik sudlarida himoya qilinadi.
Moliya huquqi huquqning ayrim boshqa tarmoqlari (mehnat huquqi,
yer huquqi, jinoyat huquqi va h.k.) bilan muayyan o‘xshashlikka va
farqqa ega. Ammo barcha hollarda respublika huquq tizimining boshqa
tarmoqlaridan moliya huquqini ajratishning asosiy mezoni bo‘lib
uning
predmeti va u bilan belgilanadigan huquqiy tartibga solish uslubining
o‘ziga xos xususiyatlari xizmat qiladi.
Moliya huquqining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, uni huquq-
ning boshqa tarmoqlaridan ajrata bilish juda katta amaliy ahamiyatga
egadir, chunki bu, uning o‘ziga xosligi va mazkur faoliyatga xos bo‘lgan
21
umumiy tamoyillarini hisobga olgan holda, davlat moliyaviy
faoliyatini
aniq tashkil etishga imkon beradi, moliyaviy-huquqiy normalarni to‘g‘ri
tushunish va qo‘llashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: