16
3) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning kredit sohasidagi
faoliyati;
4) davlat va mahalliy korxonalarning
moliyaviy faoliyati;
5) majburiy sug‘urta sohasidagi davlat faoliyati;
6) davlat va mahalliy organlarning budjetdan tashqari jamg‘armalar
sohasidagi faoliyati.
Davlatning moliyaviy faoliyati
– bu davlat zimmasidagi funksiya-
larning bajarilishini ta’min etish yo‘lida pul mablag‘larini to‘plash,
taqsimlash (qayta taqsimlash) sohasidagi tadbirlardan iborat.
Davlatning moliyaviy faoliyati quyidagi moliyaviy mablag‘larni
to‘plash va moliyaviy mablag‘larni sarflash usullarda amalga oshiriladi.
Moliyaviy mablag‘larni to‘plash usuli o‘z navbatida ixtiyoriy usul
bilan (davlatning chiqargan turli qimmatli qog‘ozlarini sotib olish,
banklarga qo‘yiladigan omonatlar) va majburiy (soliqqa tortish, turli
majburiy yig‘imlar) usullar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy mablag‘larni sarflash usuli ham o‘z navbatida
moliyalashtirish, (ya’ni, rejali,
maqsadli, tekinga va qaytarib bermaslik
sharti bilan davlat mablag‘larini budjet hisobidan berish va kreditlashtirish
(ya’ni, rejali, maqsadli, haq evaziga va qaytarib berish sharti bilan
mablag‘larni berish) quyidagi ikki usullari orqali amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish va kreditlashtirish – moliyaviy mablag‘larni taqsim-
lashning asosiy usullari hisoblanadi.
Moliyalashtirish asosida pul mablag‘i ajratilganda asosan budjet
tashkilotlariga davlat budjetidan pul mablag‘i qaytarmaslik asosida
ajratiladi.
Kreditlashtirish asosida pul mablag‘i ajratilganda korxona, tashkilot va
fuqarolarga ajratilgan pul mablag‘i vaqti tugashi bilan qaytarilishi lozim.
Bularga ajratilgan pul mablag‘i ma’lum muddatga, ma’lum summada
qaytarish sharti bilan ajratiladi.
Biz yuqorida markazlashgan va markazlashmagan fondlar to‘g‘risida
gapirib o‘tgan edik.
Dostları ilə paylaş: