Moliyaviy-huquqiy normalarning harakati. Moliyaviy-huquqiy
normalar boshqa huquq sohalarining normalaridan farq qilgan holda,
vaqt, hudud va shaxslar doirasi bo‘yicha harakat qiladi.
Moliyaviy-huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha harakati – bu
moliyaviy-huquqiy normalar o‘z ifodasini topgan qonun hujjatlarining
(qonunlar, qonunosti aktlari, moliyaviy rejali aktlarlarning) kuchga kirishi
vaqtidan boshlab harakatlanishidir. Masalan, moliyaviy-huquqiy norma-
larni o‘zida ifoda etgan qonunlar qabul qilingan kundan boshlab yoki
qonunda belgilangan muddat kelgandan so‘ng kuchga kirishi hamda
normalarni harakatga keltirishi mumkin. Misol tariqasida O‘zbekiston
Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonunni olib qarasak.
Ushbu qonun 2000-yil 14-dekabrda qabul qilinib, 2001-yil 1-yanvardan
kuchga kiritilgan. Demak, qonunda belgilangan normalarning harakati
2001-yil 1-yanvardan boshlanadi. Moliyaviy-huquqiy normalarning
harakatdan to‘xtashi ham bevosita qonun hujjatining o‘z kuchini
yo‘qotishiga bog‘liqdir.
Moliyaviy-huquqiy normalarning hudud bo‘yicha harakati –
moliyaviy-huquqiy normalarni o‘zida ifoda etgan qonun hujjatlarini qabul
qiluvchi davlat organining tutgan o‘rniga bog‘liq. Hudud bo‘yicha
moliyaviy-huquqiy normalar: respublika miqyosidagi yoki mahalliy
miqyosdagi normalarga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan chiqarilgan moliyaviy-huquqiy hujjatlar butun
respublika miqyosida amalda bo‘lib, umummajburiy xarakterga ega
bo‘ladi. Davlat mahalliy hokimiyati organlari tomonidan chiqariladigan
moliyaviy-huquqiy hujjatlar viloyat, tuman yoki shahar miqyosida amalda
bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy-huquqiy normalar hudud bo‘yicha harakatiga ko‘ra lokal
normalarga ham bo‘linishi mumkin. Lokal normalar – bu ma’lum bir
sohada yoki ma’lum bir tashkilot doirasida harakat qiluvchi normalardir.
Moliyaviy-huquqiy normalar shaxslar doirasi bo‘yicha ham
harakatda bo‘ladi. Moliyaviy-huquqiy normalar hammaga birday emas,
balki jamiyat-dagi fuqarolarning ma’lum bir guruhlari bo‘yicha harakatda
bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga binoan,
moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega bo‘lgan yuridik
shaxslar daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi. Demak, ushbu
28
norma hammaga nisbatan emas, balki daromad (foyda)ga ega bo‘lgan
yuridik shaxslarga nisbatan harakat qiladi va h.k.