O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161
Moliya huquqi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Huquq tizimida moliya huquqining tutgan o‘rni va ahamiyatini izohlang. 
2. Bozor islohotlari va iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishi 
sharoitida moliya huquqining rolini aniqlang.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy faoliyatning ahamiyati. 
4. Davlatning moliyaviy faoliyatni amalga oshirish usullari qanday? 
2-MAVZU: MOLIYAVIY-HUQUQIY NORMALAR VA 
MUNOSABATLAR 
1. «Moliyaviy-huquqiy normalar» tushunchasi va turlari. 
2. «Moliyaviy-huquqiy munosabatlar» tushunchasi, ularning xusu-
siyatlari va turlari. 
3. Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning obyektlari va subyektlari. 
4. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarining huquqini himoya 
qilish. 
1. «Moliyaviy-huquqiy normalar» tushunchasi va turlari 
Moliyaviy-huquqiy normalar mazmuni va tuzilishi.
Har qanday 
huquq tarmog‘ining mazmun-mohiyati va ijtimoiy yo‘nalishi huquq 
normalari xususiyati bilan belgilanib, ularning majmui davlat huquq 
tizimi u yoki bu tarmog‘ining mazmunini tashkil etadi. Huquqning har bir 
tarmog‘i, shu jumladan moliya huquqining normalari har qanday huquq 
normasi uchun xos bo‘lgan umumiy belgilarga, shuningdek, o‘ziga xos 
xususiyatlarga ham egadir.
Moliya huquqi murakkab va ko‘p qirrali tizim bo‘lib, moliyaviy-
huquqiy normalar yig‘indisidan iborat. 
Moliyaviy-huquqiy normalar moliya huquqining boshlang‘ich 
elementlari hisoblanadi. 
Moliyaviy-huquqiy normalarning umumiy belgilariga shu narsa 
kiradiki, ular muayyan xatti-harakat qoidalaridan iborat bo‘lib, davlat 
tomonidan belgilanadi.


22
Boshqa huquq tarmoqlarining normalari kabi, moliyaviy-huquqiy 
normalar ushbu munosabatlar subyektlarining yuridik majburiyatlari va 
huquqlarini aniqlash, shuningdek, huquqlar buzilgan va majburiyatlar 
bajarilmagan hollarda ularning javobgarligini belgilash yo‘li bilan 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Moliyaviy-huquqiy normalar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 
birinchidan,
vakolatli davlat organlari (mansabdor shaxslari) tomo-
nidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy aktlarda va boshqa manbalarda 
aks etilgan; 
ikkinchidan, 
umummajburiy xarakterga ega; 
uchinchidan,
davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlangan. 
Moliyaviy-huquqiy normalar boshqa huquq sohasining normalari 
singari ijtimoiy munosabatlarda ishtirok etuvchi tomonlarning xulqini 
(yurish-turishini) tartibga soladi. Ular davlat tomonidan o‘rnatiladi yoki 
tasdiqlanadi va muhofaza etiladi.
Moliyaviy-huquqiy normalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri 
shundan iboratki, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldida 
turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda zarur bo‘lgan moliyaviy 
mablag‘larni rejali tashkil etish, taqsimlash va foydalanish jarayonida 
yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu: 
– moliyaviy-huquqiy normalarning mazmunida, unda ko‘rsatilgan 
ko‘rsatmalarda; 
– belgilangan qoidalar buzilgan taqdirda qo‘llaniladigan javobgarlik 
choralarida; 
– moliyaviy-huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquqlarini hi-
moya qilish uslublarida o‘z ifodasini topadi. 
Moliyaviy-huquqiy normalarning mazmunini davlatning moliyaviy 
faoliyati jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlardagi yurish-
turish qoidalari tashkil etadi. Mazkur qoidalar moliyaviy-huquqiy 
munosabatlarda ishtirok etuvchi tomonlarni yuridik huquq va yuridik 
majburiyatlar bilan ta’minlashda o‘z ifodasini topib, davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqadi. Moliyaviy - huquqiy normalar 
moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turli-tumanligiga, moliyaviy 
tizimning ko‘p bo‘g‘inligiga asoslangan bo‘lib, jismoniy va yuridik 
shaxslardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, budjet 
mablag‘larini tashkil etish va ularni xarajat qilish, kredit resurslarini va 
sug‘urta jamg‘armalarini tashkil etish va taqsimlash qoidalarini va 
boshqalarni o‘z ichiga oladi. 


23
Moliyaviy-huquqiy normalarning alohida xususiyatlariga 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin