Kirish Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni



Yüklə 415 Kb.
səhifə1/11
tarix01.04.2023
ölçüsü415 Kb.
#92059
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ro\'ziyev Behzodbek Audit




Ichki audit asoslari


Reja:

Kirish

1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni

2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish


3. Ichki nazorat va audit tizimiga qo’yilgan talablar

4. Ichki nazoratning turlari

5. Ichki audit natijalarini umumlashtirish

Foydalanilgan adabiyot



1. Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni


Auditorlik faoliyati va ichki audit xizmati to’g’risida so’z yuritishdan avval, «audit» so’zining lug’aviy ma’nosini iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodchi olimlarning bergan fikr va mulohazalarini keltirib o’tsak. Umuman olganda audit atamasi lotin tilidan olingan bo’lib, «eshituvchi», «eshitmoq» degan ma’noni anglatadi.
Ma’lumki, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditning maqsadi va vazifalari, majburiyatlari va ob’ektlari xar xil ekanligini inobatga olgan holda, ular tashqi va ichki audit xizmatiga bo’lingan. Tashqi va ichki audit xizmati tashkil etilishi uslubiyatiga ko’ra o’xshash bo’lsada, ular o’rtasidagi farq, ularning amalga oshirishning huquqiy, tashkiliy shakllarida namoyon bo’ladi. Ammo auditorlar o’z faoliyatida ko’p jihatdan ichki audit natijalariga tayanadi. Tashqi audit bilan ichki auditning tavsif jihatdan farqli jihatlarini mazkur jadvalda ko’rishimiz mumkin.
Tashqi va ichki auditning tavsif jihatdan farqlanishi



Farq qiluvchi belgilar

Ichki audit

Tashqi audit

1.

Maqsadi bo’yicha

Korxona rahbariyati tomonidan belgilanadi

Moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini baholash va amaldagi qonunchilikka rioya etilayotganligini tasdiqlash

2.

Qo’yilgan vazifalariga ko’ra

Korxona bo’limlari yoki umuman korxonaning talabiga ko’ra korxona kengashi va boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi

Mustaqil tomonlar o’rtasidagi shartnomaga asosan: korxona va auditorlik firmasi

3.

Javobgarligi bo’yicha

Majburiyatni bajarganligi uchun rahbariyat oldida

Mijoz va huquqiy – me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan uchunchi shaxslar oldida

4.

Obe’kti bo’yicha

Boshqaruvning alohida funktsional masalalarini echish, korxonaning axborot tizimini ishlab chiqish va tekshirish

Korxonaning hisob tizimini va moliyaviy hisobotlarini tekshirish

5.

Sub’ekti bo’yicha

Korxona rahbariyatiga bo’ysunuvchi va shtat tarkibidagi xodimlar

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxs

6.

Huquqiy
jihatlari bo’yicha

Mustaqil belgilanadi (yoki korxonalarda ichki audit o’tkazish to’g’risidagi Nizom)

Umumqabul qilingan auditorlik
standartlari bilan belgilanadi

7.

Faoliyat turi bo’yicha

Ijro faoliyati

Tadbirkorlik faoliyati

8.

O’zaro munosabat bo’yicha

Korxona rahbariyatiga bo’ysunishi va undan mustaqilligi

Teng huquqli sherikchilik, mustaqillik

9.

Xizmatlar
uchun haq
to’lash tamoyillariga ko’ra

Shtatjadvaliga asosan ish haqi

Haqni mijoz – korxona yoki uning roziligiga ko’ra auditorlik xulosasini olishga ehtiyoji bo’lgan organ to’laydi

10.

Hisobot taqdim etilishi bo’yicha

Korxona egasi va boshqaruv organiga

Auditorlik tashkilotining yakuniy qismi nashr ettirilishi mumkin, tahliliy qismi mijozga topshiriladi

11.

Uslubiy jihatdan

Uslubiy jihatdan bir xil, ammo qo’yilgan maqsadlar xilma – xilligidan kelib chiqib har xil nisbatlarda qo’llaniladi

Ichki audit xizmati ham auditorlik faoliyatining bir qismi bo’lib, uning faoliyat yuritishi tashqi auditorlik faoliyatidan bir qancha farq qiladi. Ichki audit xizmati aynan aktsiyadorlik jamiyatlarida faoliyat yuritishi qimmatli qog’ozlar bozorining ham rivojlanishiga asos bo’ladi. Umuman olganda ichki auditorlar o’zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ular qoidaga ko’ra, korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga kiradilar.

Amaliy faoliyatda ichki auditorlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, shuningdek, ta’sis hujjatlari, korxonalar bo’yicha buyruqlar va lavozim yo’riqnomalariga amal qilishi lozim. Ichki auditni tashkil qilishga ta’sir qiluvchi omillar quyidagi rasmda keltirilgan.
Ichki auditning samarali tizimini tashkil qilish ancha murakkab vazifa. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
— moliyaviy-xo’jalik tsiklining nazorat talab qiladigan tarkibiy qismlarining ulkan miqdori (xarid, sotish, ishlab chiqarish va boshqalar);
— auditorlarga yuqori kasbiy va axloqiy talablar (ularning malakasi kamida faoliyati tekshirilayotgan shaxslar malakasiga mutanosib bo’lishi lozim).
Yirik va o’rta korxonalarda ichki auditni tashkil qilishga turtki sifatida quyidagilar xizmat qiladi:
— qonunchilik tizimi murakkablashuvi;
— moliyaviy vaziyatlarni boshqarishga intilish;
— korxonaning o’zi va uning tuzilmaviy bo’linmalari faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish;
— resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazorat;
— majburiyatlarni bajarish;
— hisob tizimini optimallashtirish.
Ichki ishlab chiqarish auditini tashkil qilish davlat tomonidan qonunchilik asosida tartibga solinadigan masalalar sirasiga kiritilmaydi. Bu korxonaning o’ziga taalluqli huquq hisoblanadi. Shunga qaramay, uning faoliyati samaradorligiga nafaqat iqtisodiy sub’ekt aktivlari saqlanganligi, balki korxonaning ish qobiliyati ham bog’liq bo’ladi. Ichki audit boshqaruv tizimini takomillashtirish yo’llarini ko’rsatadi.
Dunyoda ichki auditga bo’lgan qiziqish bir qator omillar bilan asoslanadi.

Yüklə 415 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin