Kirish Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni



Yüklə 415 Kb.
səhifə2/11
tarix01.04.2023
ölçüsü415 Kb.
#92059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ro\'ziyev Behzodbek Audit

Birinchidan, ichki audit faoliyati bilan bugungi kunda foydalanish imkoniyati belgilangan. Shuningdek, etarlicha baholanmagan manbalardan biri hisoblanib, uning to’g’ri ishlatilishi korxona samaradorligini oshirishi mumkin.
Ikkinchidan, AQSh va G’arbiy Evropadagi bir qator yirik korporativ boshqaruvdagi korxonalar tashqi audit faoliyati bo’yicha jiddiy kamchiliklarga ega ekanligi, uning natijasida hatto eng yirik firmalarning ham bankrotlik holatlari kuzatilgan.
Uchinchidan, kompaniyada yaxshi korporativ boshqaruvning, uning ajralmas bo’g’ini sifatida ichki auditning mavjudligi, investor va kreditor uchun ijobiy belgi bo’lib, kompaniyaning investitsiyasini o’ziga jalb etish imkoniyatini oshiradi.
Avvalambor, bunga xususiy mulk egalari va menejmentning kompaniyadagi aktivlarining salmoqli ravishda tejalishiga olib keladigan biznes jarayonning tizimini boshqarish va tashkil etishni tartibga solish hoxishi ham kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, ichki auditning mavjudligi xususiy mulk boshqaruvchilari uchun zarurdir. Sababi, ular firmadagi ish yurituvidan bevosita uzoqlashadilar, boshqaruv funtsiyalarini professional menejerlar qo’liga berishadi. Va oxir oqibat kapitalning xalqaro bozorlarga qisqa yoki o’rtacha muddatlarda chiqish rejalarini yaratish zarurligini uqtiradi. Xususan, eng katta fond birjalarining qonunqoidalari kompaniyada ichki auditning mavjudligi talab etiladi va ularni qimmatli qog’ozlar bozoriga chiqish uchun zarur bo’lib, ularga shart sharoit yaratib beradi.
Xususan, mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.09.2006 y. N PQ-475 son «Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 2007 yilning 1 yanvaridan boshlab aktivlarining balans qiymati 1 mlrd. so’mdan ko’proq bo’lgan korxonalarda kuzatuvchi kengashlar tomonidan tayinlanadigan va ularga hisobot beradigan ichki audit xizmatlari tashkil etildi. Bu esa o’z navbatida yirik korxonalar va aktsiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy xo’jalik faoliyatini, buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini o’z vaqtida va me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishida, ichki nazoratni kuchayishiga, korxonaning bankrotlik holatidan qutqarishga xizmat qiladi.
Korxonalarda ichki audit xizmatini tashkil etish yuzasidan O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215 sonli Qaroriga 2-ilova “Korxonalarda ichki audit xizmati to’g’risidagi Nizom” ishlab chiqilgan bo’lib, unda umumiy qoidalar, ichki audit xizmatining asosiy vazifalari va funktsiyalari, ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari, ichki audit xizmatiga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining mustaqilligi va uni o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan talablar, ichki audit xizmatining javobgarligi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra;
Ichki audit deb korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga; ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishni to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarining saqlanishi hamda korporativ boshqarish tamoyillari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining
(ichki audit xizmati) faoliyati. 1
Ichki audit xizmati - korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi.
Ichki audit faoliyati mamlakatimizga 2007 yildan boshlab joriy etilgan bo’lsada, uning mazmun mohiyati iqtisodchi olimlarimiz tomonidan ilgariroq o’rganilgan. Ya’ni ichki audit tushunchasi va mohiyati yuzasidan bir qancha iqtisodchi olimlar o’z fikr mulohazalarini ilmiy izlanishlarida bildirib o’tgan.
AQShdagi ichki auditorlar institutining ta’rifiga ko’ra ichki audit - iqtisodiy sub’ektda shakllantirilgan, uning mulkdorlari manfaatlarini himoya qiladigan va uning ichki hujjatlari tizimini tartibga soladigan, buxgalteriya hisobi yuritish o’rnatilgan tartibining bajarilishi ustidan nazorat tizimini yaratish va ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishining mustahkamlaydigan tizimdir.

Yüklə 415 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin