Kirish Moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning o’rni


- Har xil doiradagi ekspertlar xizmatidan foydalanish; -



Yüklə 415 Kb.
səhifə10/11
tarix01.04.2023
ölçüsü415 Kb.
#92059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ro\'ziyev Behzodbek Audit

- Har xil doiradagi ekspertlar xizmatidan foydalanish; - Yuqori malakali audit xodimlar xizmatidan foydalanish; - Audit resurslarni jalb qilishda tanlay olish.
Autsorsing va kosorsingdan foydalanish ko’pgina tashkilotlarga ma’qul keladi, chunki ko’pgina kichik tashkilotlar o’zining shaxsiy audit xizmati tizimini tashkil eta olmaydi, shuningdek yirik korxonalarda ham. Ichki audit tizimini tashkil etish qo’shimcha ishchilarni jalb etish ularga sharoitlar yaratishni talab etadi. Bu esa tashkilotga moliyaviy zarar keltiradi.


5. Ichki audit natijalarini umumlashtirish


Auditorlik faoliyati natijalari bo’yicha rahbariyatga davriy ravishda hisobotlar taqdim etiladi, unda bajarilgan ishlar audit bo’limi vazifalari va auditorlik tekshiruvining kalendar grafiklari bilan qiyoslanadi, xarajatlar smetasi ijrosi tahlil qilinadi, asosiy chetlashishlarning sabablari izohlanadi va qanday zaruriy choralar qo’llash lozimligi ko’rsatiladi.
Ichki audit xizmati hisobotiga odatda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

  • mazkur audit maqsadi va xarakteri;

  • u qamrab olgan davr;

  • ixtiyoriy cheklovlarni o’z ichiga olgan audit ko’lami;

  • ichki auditorlarning nasl-nomasi, lavozimlar, ish joylari, auditorning malakaviy seotifikati mavjudligi, ichki audit o’tkazish jarayonida majburiyatlar ko’rsatilgan holda ichki audit guruhlari tarkibi;

  • mazkur audit jarayonida qo’llanilgan professional standartlar, qarorlar, qoidalar va metodik ko’rsatmalar;

  • rahbarlar, mutaxassislar hamda boshqa tekshiruv sub’ektlarining mutanosib vazifa va majburiyatlari ko’rsatilgan holda tekshiruv ob’ektlari;

  • mazkur audit maqsadlari uchun foydalanilgan mezonlar va bu mezonlarning maqbulligiga taalluqli tekshiruv ob’ektining rahbariyat bilan ixtiyoriy kelishmovchiliklari;

  • audit yakunlari bo’yicha qilingan xulosalar;

  • aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar (ushbu xulosa audit yakuni bo’yicha tayyorlanadigan barcha qaydlar uchun majburiy hisoblanmaydi);

  • tekshiruv ob’ekti rahbarining mulohazalari (agar ular berilgan bo’lsa), jumladan tekshirish natijalarida aniqlangan kamchiliklarni va ixtiyoriy kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo’yicha rejalashtirilgan choralar;

  • mazkur audit erishishi ko’zlangan maqsadlarning har biriga aloqador natijalar bo’yicha chiqarilgan xulosalar.

Ichki audit uchun maxsus ishlab chiqilgan hisobot shakli mavjud emas va audit hamda taftishning mahalliy yoki xorij amaliyotida qo’llanilayotgan hisobot shakllaridan yuzaki foydalanish mumkin emas.
Ichki auditorlar ko’plab hisobotlarni audit dasturlari bajarilishi bo’yicha auditorlar hisobotlariga asoslangan holda hamda umumiy rejaga muvofiqlikda har bir auditorlik topshirig’i bo’yicha tuzadilar, masalan:

  • moliyaviy-xo’jalik faoliyati bo’yicha davriy nazorat doirasida filial tekshiruvi haqida ichki audit xizmati hisoboti. Tuzilishi va mazmuniga ko’ra

“audit o’tkazish natijalari bo’yicha iqtisodiy sub’ektlar rahbariyatiga auditorning yozma axboroti” qoidasi (standarti) da keltirilgan tashqi audit uchun hisobotga talablardan foydalanish mumkin;

  • tashkilot va filiallar moliyaviy va xo’jalik faoliyati bo’yicha umumiy yoki alohida masalalar bo’yicha ma’lumotnoma va tahliliy hisobotlar, masalan, alohida topshiriqlar: iqtisodiy va investitsion loyihalarni baholash, iqtisodiy xavfsizlikni baholash, buxgalteriya hisobi tizimi yoki umuman ichki nazorat tizimini baholash kabilar bo’yicha tahliliy hisobotlar;

  • xodimlarni o’qitish va malakasini oshirish, seminarlar o’tkazish, xodimlarni tanlash va testdan o’tkazish (attestatsiya) da nazorat vazifasini bajaruvchi kadrlar xizmatiga yordam ko’rsatish bo’yicha hisobotlar;

  • hisob, soliqqa tortish, tahlil, audit, xo’jalik qoidalari, axborot xizmati ko’rsatish va boshqa masalalar bo’yicha uslubiy tavsiyalar, qo’llanmalar va ilmiy ishlanmalar tayyorlash bo’yicha hisobotlar;

  • moliya, soliq, bank yoki boshqa xo’jalik qonunchiligi bo’yicha, investitsion faoliyat, menejment, marketing, soliqqa tortishni optimallashtirish, filiallarni ro’yxatga olish, qayta tashkil qilish va tugatish masalalari bo’yicha qonunchilik hujjatlari havola qilingan holda ma’lumotnoma-hisobotlar yoki yozma konsultatsiyalar;

  • buxgalteriya hisobi (uni takomillashtirish bo’yicha) va hisobotlar tuzishni kompyuterlashtirish bo’yicha hisobotlar;

  • ichki audit xizmatining tashqi auditorlar, taftish komissiyasi, soliq inspektsiyasi va boshqa tekshiruvchilar bilan o’zaro munosabatiga oid hisobot.

Tekshirish natijalari bo’yicha xulosalar: tekshiruv ob’ektlarining u yoki bu haqiqiy faoliyat natijalarining tasdiqlangan mezonlarga mosligini tavsiflashi; aniqlangan chetlanishlarning tasdiqlangan mezonlardan og’ish darajasi, tusi va ahamiyatini ko’rsatishi; mavjud muammolarning sabablarini va ular yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan oqibatlarni aniqlashi; aniqlangan muammo vakolati doirasiga kiradigan mas’ul mansabdor shaxslarni ko’rsatishi lozim.
Shuni ham hisobga olish lozimki, xulosalar salmog’i hisbot va xulosalarning ishonarliligi, shuningdek, ularni tayyorlashda qo’llanilgan mantiqqa bog’liq bo’ladi.
Umumiy rejalar va alohida topshiriqlarni bajarish bo’yicha hisobotlar asosida ichki audit xizmati ishining yillik hisoboti tuziladi va audit bo’yicha qo’mitaga taqdim etiladi. Bunday hisobot, shuningdek, menejerlar (nazorat sub’ektlari) dan olingan hisobotlar asosida ichki audit xizmati faoliyati samaradorligi va natijaliligi baholanadi.
Umumlashma ko’rinishdagi yillik hisobotda nafaqat kamchilik va ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar, tavsiyalarda taklif etilgan chora-tadbirlar haqqoniyligi, balki ichki audit xizmati ish smetasini bajarish bo’yicha hisobot, uning ishidagi cheklovlar va strategik reja hamda kelgusi yillik ish rejasi mazmuniga tuzatishlar kiritish bo’yicha takliflar ham keltiriladi.
Audit bo’yicha qo’mita aktsiyadorlarlar umumiy yig’ilishi va direktorlar kengashi ishi jarayonida ichki audit xizmati hamda turli darajali menejerlarning ichki audit xizmatining strategik ish rejasiga tuzatishlar kiritish bo’yicha takliflarini muhokama qiladi. Tasdiqlangan yangi maqsad va vazifalar ichki audit xizmatining strategik ish rejasiga kiritiladi, keyin ichki audit xizmati boshlig’i yangi qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlash bo’yicha xarajatlarga tuzatishlarni tasdiq uchun taqdim etadi, shuningdek, yangi strategik reja tuzadi.
Hisobotlarning shakli va mazmuni quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Sarlavha. Xulosa yoki hisobotga muayyan “nom” – sarlavha biriqtiriladi, shu bo’yicha uni boshqa axborotlardan farqlash mumkin (odatda hisobot nomi umumiy reja nomi bilan bir xil bo’ladi).
Imzo va sana. Hisobot (xulosa) ostiga mutanosib imzo qo’yiladi. Sana auditorga ushbu sanagacha davrda ma’lum bo’lgan harakatlar e’tiborga olinganligini anglatadi. Boshqacha aytganda, hisobot tuzish kuni emas, balki tekshiruv ob’ekti haqida dalillar olingan sana qo’yiladi.
Maqsad va ko’lam. Hisobot auditning maqsad va vazifalarini aks ettirishi lozim. Bu – nazorat chora-tadbirlari vazifalari va chegaralari haqida axborotlardir.
To’liqlik. Moliyaviy topshiriqlar bo’yicha audit natijalariga oid xulosalar ular asoslangan hujjatlarga ilova qilinishi lozim; mablag’lardan foydalanish samaradorligi auditi natijalari haqida hisobot bunday hujjatlarga ega bo’lmasligi ham mumkin. Hisobotlar tekshiruvchilar uchun tayyorlangan shaklda taqdim etilishi lozim.
Manzillilik. Hisobotda u kimga jo’natilayotganligi ko’rsatilishi lozim, bu auditni tashkil etish holati, alohida qoidalar yoki mavjud amaliyot bilan belgilanadi. Agar rasmiy tasdiqlangan materialni jo’natish protsedurasi mavjud bo’lsa, bu qoida majburiy emas.
Tekshiruv predmeti. Hisobotda ular aloqador bo’lgan moliyaviy hisobotlar (moliyaviy audit holatida) yoki sohalar (mablag’lardan foydalanish samaradorligi auditida) ko’rsatilishi talab qilinadi. Bu tekshirilayotgan tashkilot nomi, moliyaviy hisobotlar qamrab olgan sana va davr va shaxsan tekshiruv predmetini o’z ichiga oladi.
Yuridik asos. Hisobotlarda tekshiruv o’tkazish uchun asos bo’ladigan qonunchilikka yoki boshqa qonunga havola bo’lishi shart (masalan, direktorlar kengashi qarori, tasdiqlangan yillik yoki umumiy audit rejasi va b.).
Standart va yo’riqnomalarga mutanosiblik. Hisobot va xulosalarda foydalanuvchi nazorat chora-tadbirlari umumqabul qilingan protseduralarga mutanosiblikda o’tkazilganligini tushunishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar keltirilishi lozim.
O’z vaqtidalik. Audit haqida hisobot yoki ma’lumotnomalar
foydalanuvchilarga, xususan, tekshirish natijalari bo’yicha zaruriy choralarni ko’rishi lozim bo’lganlarga maksimal natija keltirishi uchun qisqa muddatlarda taqdim etilishi talab qilinadi.
Kamchiliklar aniqlangan holatda tekshiruv natijalari haqida hisobotga odatda ularni bartaraf etish bo’yicha zaruriy choralarni qabul qilishga taalluqli tavsiyalar kiritiladi.
Tavsiyalar quyidagi talablarga javob berishi lozim: mutanosib xulosalarga asoslanishi va ulardan kelib chiqishi; mazkur kamchilik yoki muammo mavjudligining asosiy sabablarini bartaraf etishga yo’naltirilgan bo’lishi; shaklan aniq, sodda va lo’nda, lekin alohida ko’rib chiqiladigan holatlarda tushunilishi uchun etarli darajada batafsil bo’lishi; aniq choralar qabul qilishga yo’naltirilishi (ular dinamik bo’lishi va mutanosib choralarni qabul qilish uchun javobgar va bunday choralar qo’llashga vakolatli tashkilot, filial yoki bo’linma manziliga jo’natilishi lozim); uyg’unlik va mazmun nuqtai nazaridan ijobiy bo’lishi; ongli muddatda amalda bajariladigan va huquqiy yoki boshqa cheklovlarni hisobga oluvchi; iqtisodiy samarali bo’lishi (ularni bajarish bilan bog’liq xarajatlar olinadigan foydadan ortib ketmasligi) lozim. Bunda imkoniyatga qarab tejalgan mablag’lar va potentsial foydaning miqdoriy bahosini keltirish, agar o’lchash mumkin bo’lsa, vaqt va mablag’larning qo’shimcha sarflarini keltirish talab etiladi. Shuningdek, natijalarga yo’naltirilgan bo’lishi (ular kutilgan natijalar haqida, agar mumkin bo’lsa, miqdoriy o’lchovlarda tasavvur berishi lozim); ularning bajarilishiga ishonch paydo bo’ladigan tarzda tuzilishi (masalan, qayd qilingan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qandaydir choralar qo’llanilgan yoki qo’llanilmaganligini aniqlash); qilingan ish haqida hisobotga kiritilgan boshqa tavsiyalarga mutanosiblik (zid kelmaslik) va shu nuqtai nazarda ketma-ket bo’lishi lozim.
Tavsiyalarni tayyorlashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qo’llanilishi talab etilgan choralarga nisbatan tekshiruv sub’ektlarining rahbarlari fikrini imkon qadar oldinroq oydinlashtirish zarur.
Keyin tavsiyalarni bajarishni tekshirishda taklif etilgan tavsiyalar samaradorligi yoki hatto maqbulligi haqida nazorat sub’ektlari fikri qayta aniqlanadi. Nazorat sub’ektlari fikri ayniqsa ichki auditorlar bilan kelishmovchiliklar ichki auditor ishchi hujjatlari va hisobotlarida majburiy ravishda aks ettirilishi darkor.
Tavsiyalar bajarilishini tekshirish ichki auditorlar nazorat sub’ektlari o’rtasida teskari aloqasi ta’minlanadi va quyidagi maqsadlarda olib boriladi: aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yo’naltirilgan tavsiyalarni bajarish bo’yicha nazorat sub’ektlari harakatlari o’z vaqtidaligi va tizimliligini kuzatish; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha qo’llanilgan choralarning haqiqiy samaradorligini baholash; tavsiyalarni bajarish mehnat sig’imi va “xarajatliligini” baholash; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga yo’naltirilgan qo’shimcha ishlar o’tkazish yoki tavsiyalarning amaliyligini qo’shimcha kelgusi tekshiruvini o’tkazish zaruratini aniqlash; ushbu holat yoki vaqt uchun tatbiq qilinayotgan tavsiyalar nomuvofiq yoki nomaqbulligiga oid dalillar olish; ichki auditorlar tavsiyalari bajarilishi tekshiruvi bo’yicha ish natijalarini mutanosib hisobotga kiritish.
Tekshiruvlar turli shakllarda o’tkazilishi mumkin: audit qilinayotgan ob’ekt joriy hisobotida ushbu bandni kiritish yoki maxsus joriy hisobot shaklida tavsiyalarni bajarish jarayoni haqida joriy axborotlar negizida; tekshirilgan tashkilotlardan olingan ularning bajarilishini tasdiqlovchi, mutanosib hujjatlar asosida, shuningdek, bevosita nazorat ob’ektlarida tavsiyalarning ayrim jihatlari bajarilishini tekshirish yo’li bilan. Bunda tashkilot, filiallar va bo’linmalardagi takroriy tekshiruvlar ularning faoliyatini chuqur tahlil qilishni talab qilmaydi, samara paydo bo’lishining kutilgan muddati asosida grafik bo’yicha rejali tartibda olib boriladi.
O’tgan auditorlik tekshiruvi tavsiyalari bajarilish jarayonini o’z ichiga olgan auditning to’liq dasturi bo’yicha qayta tekshirish o’tkazish jarayonida ko’pincha nazorat ob’ektini ichki auditorlar tomonidan yil davomida qayta tekshirilishi o’z maqsadiga ko’ra avvalgi dasturlardan farq qiluvchi audit dasturi yordamida amalga oshiriladi. Biroq hatto maqsadlar mos kelmaganda ham oldingi audit tavsiyalarini bajarishni tekshirish bandi joriy tekshiruv dasturiga kiritilishi lozim.
To’liq dasturda qayta tekshirishni kutilayotgan samara uni o’tkazish xarajatlaridan ortishi muqarrar holatda rejalashtirilishi va olib borilishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 415 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin