10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix25.04.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#102211
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
10-Mavzu. Mopoliyaning iqtisodiy asoslari



 
10

М A V Z U 
MONOPOLIYANING IQTISODIY 
ASOSLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mavzuning qisqacha tafsiloti. 
Bu mavzuda Iqtisodiyot 
nazariyasining asosiy 
muammolaridan biri bo’lgan 
monopoliyalar, ularning 
mohiyati va uning vujudga 
kelishi sabablari tahlil etamiz. 
Monopoliyaga tarif berib 
uning asosiy turlari va 
shakllari o’rganamiz. Monopol 
hokimiyatni aniqlash-ning 
Larner koeffisenti va 
Xerfindal-Xirshman 
indekslaridan foydalanish 
ko’nikmasini olamiz. 
Monopoliyalarning faoliyatini 
o’rganish asosida ularning 
afzalliklari, ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlari va narxlarning 
shakllanishi tahlil etiladi. 
erkinlashtirish bosqichlarini 
muhokama qilamiz. 
REJA 
 
1. Monopoliyaning mohiyati 
va uning vujudga kelishi 
2. Monopoliyaning turlari
3. Monopoliyaning 
afzalliklari va ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlari
4. Bozorda narxlarning 
shakllanish holati
5. Narx siyosati va uning 
O`zbekistonda amalga 
oshirilish xususiyatlari


Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 
169 
Monopoliyaning mohiyati va uning vujudga kelishi 
sabablari 
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat 
muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amal 
qilish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o‘quv adabiyotlarida turlicha ta’rif beriladi. 
Jumladan, ba’zi o‘rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning 
qandaydir xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»
1
sifatida qaralsa, 
boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida 
shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba’zi 
adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»
2
deb 
ta’riflanadi. Bu ta’riflardagi monopoliyaning «mutlaq 
huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» 
kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi 
sababli, 
uni 
quyidagicha 
ta’riflash o‘rinli deb 
hisoblaymiz: monopoliya – monopol yuqori narxlarni 
o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida 
tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan 
hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, 
korporatsiyalar)ning birlashmalari
3

«Monopoliya» 
atamasining 
kelib 
chiqishi 
bozorga 
oid 
tushunchalardan 
(ya’ni, 
grekcha 
«monoc» - yagona, bitta va «poleo» - 
cotaman) tarkib topsada, biroq uning 
iqtisodiy 
asoslari 
aslida 
ishlab 
chiqarishga borib taqaladi. 
Monopoliyalar bir qator yo‘llar 
orqali kelib chiqadi. Bular: 

Kapitalning to‘planishi va 
markazlashuvi. 

Fan texnika taraqqiyoti. 
1
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, 
А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 121-б.
2
Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. – М.: ТК Вебли, Изд-во Проспект, 2005, 191-б.; 
Тожибоева Д. Иқтисодиёт назарияси: Олий ўқув юртлари талабалари учун ўқув қўлланма. Т.: 
«Ўқитувчи», 2002, 246-б. 
3
Шишкин А.Ф. Экономическая теория: Учебное пособие для вузов. 2-е изд. Кн.1. – М.: Гуманит. 
изд. центр ВЛАДОС, 1996, 597-б.; Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и 
доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, 208-б.; Основы экономической теории. 
Политэкономия: Учебник /Под ред. д-ра экон. наук, проф. Д.Д.Москвина. Изд. 3-е, исправл. – М.: 
Едиториал УРСС, 2003, 499-б.
Мonopoliya – 
monopol yuqori 
narxlarni o‘rnatish 
hamda monopol yuqori 
foyda olish maqsadida 
tarmoqlar, bozorlar va 
yaxlit makroiqtisodiyot 
ustidan hukmronlikni 
amalga oshiruvchi yirik 
korxonalar (firma, 
korporatsiyalar)ning 
birlashmalari 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin