Mopoliyaning iqtisodiy asoslari 177
Kartel – bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi
bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z
mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni
mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish
narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga
oshiriladi.
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning
birlashmasi.
Bunda
ishlab
chiqarish
vositalariga
mulkchilik birlashma
ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga
oshiriladi.
Trest – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi
birlashmasi.
Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).
Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar
(sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z
ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish
faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli
soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan
ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy
monopoliyalarning sanab o‘tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.
Monopoliyalarning afzalliklari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi
ijobiy va salbiy tomoni mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat
orqali namoyon bo‘ladi. Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum
tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib
keladi. Ikkinchidan, monopolist bo‘lmagan, mayda,
raqobatlashuvchi
soha
korxonalariga
nisbatan
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-